133
chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshash
bo‘lgan ba’zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa
chiqarish shakliga aytiladi. Analogik
usulda chiqarilgan xulosa chin,
taxminiy hamda yolg‘on bo‘lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday
shakli ko‘pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz'iy ikki
yakka hukmlarga asoslanib, juz'iy
yoki yakka hukm keltirib
chiqaramiz. Masalan, bog‘cha yoshidagi bola mana bunday mulohaza
yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular
sovg‘a olib kelgan bo‘lsalar kerak. Bu bolaning mulohazasini tahlil
qilib ko‘rsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda taraqqiy
etganligini shohidi bo‘lamiz. O‘tgan galda adam ismini aytib chaqirib
kelgan edilar, yana chaqirayotirlar. Albatta, adam menga sovg‘a olib
kelganlar, deb xulosa chiqaradi.
Shunday qilib, analogik yo‘l bilan
xulosa chiqarganda murakkab
qonuniyatlar
to‘g‘risidagi
bilimlar
o‘zlashtirilmasa-da, lekin
turmushning turli jabhalarida undan foydalanib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: