Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- HISSIYOT VA IRODA.
- Tayanch tushunchalar
- Emotsiya haqida tushuncha
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
1. Xotira haqida tushuncha. 2. Xotira turlari. 3. Xotira jarayonlari. 4. Xotira tiplari. 5. Xotira tasavvurlari. 6. Xotira borasidagi tadqiqotlar. 7. Tafakkur haqida tushuncha 8. Tafakkur operasiyalari. 9. Tafakkur shakllari. 10. Tafakkur sifatlari 11. Tafakkurning turlari. 12. Tafakkur va masala yechish. Nazorat savollari 1. Xotira tushunchasining mazmuni nimalarda ko‘rinadi? 2. Xotiraning nerv-fiziologik asosini nimalar tashkil qiladi? 3. Xotira turlarining mohiyatini ko‘rsating? 4. Xotira jarayonlari mohiyatini izo?lang? 5. Xotira tasavvurlarining o‘rnini qanday izohlaysiz? 6. Xotira borasidagi tadqiqotlarga misol keltiring. 7. Tafakkur tushunchasining mazmunini izohlang? 8. Tafakkur operasiyalarini ajratib ko‘rsating? 138 HISSIYOT VA IRODA. Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari. Emotsiya nazariyalari. Hissiy holatlar. Iroda haqida umumiy tushuncha. Irodaviy harakatlarning sifatlari. Irodaviy harakatlarning qonuniyatlari. Tayanch tushunchalar: emotsiya, hissiy ton, kayfiyat, stress, affekt, ehtiros, praksik hislar, intellektual hislar, axloqiy hislar, estetik hislar, informatsion stress, psixologik stress, emotsional stress, hissiyotning kuchi, barqarorligi, chuqurligi, iroda, irodaviy harakat, irodaning mustaqilligi, irodaning axloqiyligi, emotsiya nazariyalari. Emotsiya haqida tushuncha. Kishi biror narsani idrok va tasawur qilganida, eslab qolganida va esga tushirganida, fikr qilganida va gapirganida hamda harakat qilganida biror yoqimli (xush) yoki yoqimsiz (noxush) holatni kechiradi, bu holat huzur qilish yoki ranjishdan, maza qilish yoki qiynalishdan iborat bo‘ladi. Bu kechirmalarda odamning o‘z tevarak-atrofidagi narsalarga (hodisalarga), odamlarga va o‘ziga nisbatan subyektiv munosabati ifodalanadi. Yoqimli yoki yoqimsiz kechinma hissiyotimizning (emotsiyalarim izning) birinchi belgisi va elementidir. Voqelikning ayrim hodisalari kishini quvontiradi, ayrim hodisalar xafa qiladi, ba’zi hodisalarga kishi qoyil qoladi, ba’zi hodisalardan g‘azablanadi, odam ba’zi hodisalami ko‘rib jahli chiqadi, ba’zilaridan qo‘rqadi. Xursandlik, xafalik, qoyil bo‘lish, g‘azablanish, qahr, qo‘rquv va shu kabilarning hammasi emotsional kechinmalarning xilma-xil turlaridir, odamning voqelikka bo‘lgan turli subyektiv munosabatidir, odamning o‘ziga ta’sir qilayotgan va uning o‘zi ta’sir qilayotgan narsalardan tug‘iladigan kechinmalardir. Yoqimli kechinmalarda odamning voqelikdagi ayrim narsalarga, hodisalarga va o‘ziga nisbatan ijobiy munosabati ifodalanadi, yoqimsiz kechinmalarda esa bunga odamning salbiy munosabati ifodalanadi. Shuning uchun ham subyektiv kechinmalardan iborat bo‘lgan hissiyotlar ijobiy va salbiy hissiyotlar deb ajratiladi. Lekin hissiyotlar yoqimli yoki yoqimsiz subyektiv kechinmalar bo‘lish jihatidangina emas, shu bilan birga obyektiv, ijtimoiy ahamiyatlari jihatidan ham ijobiy va salbiy 139 hissiyotlar deb farq qilinadi. Hissiyotlarga shaxsiy nuqtayi nazardan beriladigan baho bilan ijtimoiy nuqtayi nazardan beriladigan baho hamisha bir-biriga muvofiq bo‘lavermaydi. Subyektiv ravishda noxush, kishini ranjitadigan kechinmalar tariqasidagi ko‘pgina hissiyotlar, ijtimoiy nuqtayi nazaridan qaraganda, ijobiy hissiyotlar hisoblanadi. Masalan, kishidagi uyalish vijdon azobi yoqimsiz va hatto qattiq azob hissi bilan kechiriladi. Lekin ijtimoiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu hislar yuksak, ijobiy axloqiy hislardir. Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir- birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari 140 organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Cunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, hattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi. Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi. Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi, hislarni qaysi birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik, axloqiy, intellektual, estetik turlari ajratiladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling