Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Tushunchalar. Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. 
Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng 
asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar 
hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini 
ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga to‘g‘ri keladi. Masalan, 
odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo‘lsak, bu yerda 
odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti. 
Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi 
jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi 
o‘qish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida 
tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga 
nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz bo‘ladi. 
Odatda tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt 
tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador 
tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan, stol, divan, 
qayrag‘och, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran 
ajratib olingan ba’zi xususiyat, sifat, holatlarga, shuningdek narsalar 
o‘rtasidagi 
ichki 
munosabatlarga, 
qonuniyatlarga 
qaratilgan 
tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, og‘lik, uzunlik, 
balandlik, kenglik, harakat, yorug‘lik, qiymati haqidagi tushunchalar 
va hokazo. 


134 
Tushunchalar ko‘lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, 
umumiy tushunchalar va to‘planma tushunchalarga bo‘linadi. Yakka 
tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday 
tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Sirdaryo 
tushunchalarini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Yakka tushunchalarning 
xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud 
bo‘ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo‘lgan ko‘p narsa va 
hodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va 
boshqalar. 
To‘planma tushunchalar bir jinsda bo‘lgan narsa va hodisalar 
to‘plami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, 
paxtazor, 
kutubxona, 
yig‘ilish 
va 
hokazolar. 
To‘planma 
tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy 
to‘planma tushunchalar bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi 
Davlat Muzeyi tushunchasi, yakka to‘planma tushunchaga oiddir. 
Guruh, jamoa, xalq, millat va boshqalar, umumiy to‘planma 
tushunchasiga misol bo‘la oladi. Yetti og‘ayni yulduzlar to‘plami, 
Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar yakka 
to‘planma tushunchalar jumlasiga kiradi. 
Fikr yuritishda tushuncha bilan so‘z o‘zaro bog‘liq ravishda 
namoyon bo‘ladi. Bir tomondan so‘z yordamisiz tushuncha vujudga 
kelmaydi, ikkinchi tomondan so‘z tushunchaning moddiy asosi va 
funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortiq so‘zlardan 
tashkil topishi mumkin. Masalan, xalq degan tushuncha bir so‘zdan, 
o‘zbek xalqi ikki so‘zdan qahramon o‘zbek xalqi uch so‘zdan, ozodlik 
uchun kurashayotgan xalqlar, degan tushuncha to‘rt so‘zdan tashkil 
topgan. 
Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya’ni 
klassifikasiyalash, umumlashtirish va abstraksiyalash yordami bilan 
vujudga keladi. So‘zlar, belgilar, simvollar, atamalar tafakkur 
jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi. I.P.Pavlov 
ta’biri bilan aytganda, so‘z ikkinchi signal tizimining, barcha 
signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini 
ifodalaydi, shu signallarning hammasini umumlashtiradi. 
Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, 
mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil 
qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada 


135 
boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro 
qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar 
yuzaga kelaveradi, iste’moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. 
Determinizm 
tamoyiliga 
binoan 
so‘zlar 
yangi 
tushunchalar 
yaratilishiga vosita bo‘lib xizmat qilaveradi, shuning bilan birga 
tushunchalar zamirida yangi so‘zlar va iboralar vujudga keladi, yoinki 
yangicha talqin qilish kuchayadi. So‘z bilan tushunchalarning 
chambarchas bog‘lanishi va munosabati filogenezda ham ontogenezda 
ham operasional va funksional xususiyatlarni yo‘qotmaydi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling