Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular 
1. 
Xotira haqida tushuncha. 
2. 
Xotira turlari. 
3. 
Xotira jarayonlari. 
4. 
Xotira tiplari. 
5. 
Xotira tasavvurlari. 
6. 
Xotira borasidagi tadqiqotlar. 
7. 
Tafakkur haqida tushuncha 
8. 
Tafakkur operasiyalari. 
9. 
Tafakkur shakllari. 
10. 
Tafakkur sifatlari 
11. 
Tafakkurning turlari. 
12. 
Tafakkur va masala yechish. 
Nazorat savollari 
1. 
Xotira tushunchasining mazmuni nimalarda ko‘rinadi? 
2. 
Xotiraning nerv-fiziologik asosini nimalar tashkil qiladi? 
3. 
Xotira turlarining mohiyatini ko‘rsating? 
4. 
Xotira jarayonlari mohiyatini izo?lang? 
5. 
Xotira tasavvurlarining o‘rnini qanday izohlaysiz? 
6. 
Xotira borasidagi tadqiqotlarga misol keltiring. 
7. 
Tafakkur tushunchasining mazmunini izohlang? 
8. 
Tafakkur operasiyalarini ajratib ko‘rsating? 


138 
HISSIYOT VA IRODA. 
Emotsiya haqida tushuncha
Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari.
Emotsiya nazariyalari.
Hissiy holatlar.
Iroda haqida umumiy tushuncha.
Irodaviy harakatlarning sifatlari.
Irodaviy harakatlarning qonuniyatlari. 
Tayanch tushunchalar: emotsiya, hissiy ton, kayfiyat, stress, 
affekt, ehtiros, praksik hislar, intellektual hislar, axloqiy hislar, estetik 
hislar, informatsion stress, psixologik stress, emotsional stress, 
hissiyotning kuchi, barqarorligi, chuqurligi, iroda, irodaviy harakat, 
irodaning mustaqilligi, irodaning axloqiyligi, emotsiya nazariyalari. 
Emotsiya haqida tushuncha. Kishi biror narsani idrok va tasawur 
qilganida, eslab qolganida va esga tushirganida, fikr qilganida va 
gapirganida hamda harakat qilganida biror yoqimli (xush) yoki yoqimsiz 
(noxush) holatni kechiradi, bu holat huzur qilish yoki ranjishdan, maza 
qilish yoki qiynalishdan iborat bo‘ladi. Bu kechirmalarda odamning o‘z 
tevarak-atrofidagi narsalarga (hodisalarga), odamlarga va o‘ziga nisbatan 
subyektiv munosabati ifodalanadi. Yoqimli yoki yoqimsiz kechinma 
hissiyotimizning (emotsiyalarim izning) birinchi belgisi va elementidir. 
Voqelikning ayrim hodisalari kishini quvontiradi, ayrim hodisalar 
xafa qiladi, ba’zi hodisalarga kishi qoyil qoladi, ba’zi hodisalardan 
g‘azablanadi, odam ba’zi hodisalami ko‘rib jahli chiqadi, ba’zilaridan 
qo‘rqadi. Xursandlik, xafalik, qoyil bo‘lish, g‘azablanish, qahr, qo‘rquv 
va shu kabilarning hammasi emotsional kechinmalarning xilma-xil 
turlaridir, odamning voqelikka bo‘lgan turli subyektiv munosabatidir, 
odamning o‘ziga ta’sir qilayotgan va uning o‘zi ta’sir qilayotgan 
narsalardan tug‘iladigan kechinmalardir. 
Yoqimli kechinmalarda odamning voqelikdagi ayrim narsalarga, 
hodisalarga va o‘ziga nisbatan ijobiy munosabati ifodalanadi, yoqimsiz 
kechinmalarda esa bunga odamning salbiy munosabati ifodalanadi. 
Shuning uchun ham subyektiv kechinmalardan iborat bo‘lgan hissiyotlar 
ijobiy va salbiy hissiyotlar deb ajratiladi. Lekin hissiyotlar yoqimli yoki 
yoqimsiz subyektiv kechinmalar bo‘lish jihatidangina emas, shu bilan 
birga obyektiv, ijtimoiy ahamiyatlari jihatidan ham ijobiy va salbiy 


139 
hissiyotlar deb farq qilinadi. Hissiyotlarga shaxsiy nuqtayi nazardan 
beriladigan baho bilan ijtimoiy nuqtayi nazardan beriladigan baho 
hamisha bir-biriga muvofiq bo‘lavermaydi. Subyektiv ravishda noxush, 
kishini ranjitadigan kechinmalar tariqasidagi ko‘pgina hissiyotlar, 
ijtimoiy nuqtayi nazaridan qaraganda, ijobiy hissiyotlar hisoblanadi. 
Masalan, kishidagi uyalish vijdon azobi yoqimsiz va hatto qattiq azob 
hissi bilan kechiriladi. Lekin ijtimoiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu 
hislar yuksak, ijobiy axloqiy hislardir. 
Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan 
kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan 
ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha 
bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni 
qamrab oladi. 
Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning 
ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 
odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. 
Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, 
kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. 
Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs 
sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi 
signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi 
cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-
birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib 
ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan 
xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan 
shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar 
uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar 
esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini 
mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak 
beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb 
ataladi. 
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti 
qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini
va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish 
jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari 


140 
organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha 
qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham 
bog‘liqdir. Cunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq 
qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, hattoki odamning 
ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz 
bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham 
tezlashadi. 
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda 
uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki 
sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi 
bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga 
nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish 
paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi 
iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining 
ishtirok etishidan dalolat beradi. 
Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti 
qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb 
ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning 
markazi hisoblanadi. 
Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi, hislarni qaysi 
birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: 
praksik, axloqiy, intellektual, estetik turlari ajratiladi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling