Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
I.S.Yakimanskaya
tomonidan kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va hodisalarning fazoda rasional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog‘lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish jarayoni tushuniladi, tasavvurlar, xotira va xayol tasavvurlari bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki bir-biri bilan almashinishi tarzida voqe bo‘lmasdan, balki alohida aqliy operatsiyalar — biz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan narsalar (obyektlar) ustida, biz umumiylashgan va abstrakt tushunchalarga ega bo‘lgan obyektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo‘ladi. Tafakkur qilish — operativ jarayondir. Taqqoslash, analiz va sintez, abstraksiya va um um iylashtirish, aniqlashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. Bizda yangi hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo‘ladi, real olamdagi narsalar va hodisalar to‘g‘risidagi tushunchalar vujudga keladi. Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil obyektlari amalda ajratib bo‘lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo‘lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, maymunning yong‘oqni chaqishining o‘ziyoq boshlang‘ich, oddiy analizdir. O‘quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko‘pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o‘zlashtirib olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko‘rish mumkin. Muammoli vaziyatlarni yechish usullari dars jarayoni vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o‘rin tutadi. Chunonchi, savodga o‘rgatish nutqni tahlil qilishdan, gapni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematik masalani yechish tahlil qilishdan, dastlab bir qancha 125 ma’lum sonlarni topishdan boshlanadi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo‘yilsa, u holda bu topshiriqni hal qilish u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o‘z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo‘ladi va hokazo. Analiz va sintez jarayonlarining yuzaga kelishini quyidagicha izohlash mumkin. Yuqorida aytib o‘tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini tushunish uchun yolg‘iz analizning o‘zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qismlarni birlashtirgan holda bir-biriga ta’sir qilib turgan motor va mashinaning butunligicha olib tekshirgandagina uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin. Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo‘laklarini bir butun qilib qo‘shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ko‘rinib turibdi. Analiz aqliy bo‘lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o‘z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo‘g‘in, bo‘g‘inlardan so‘z, so‘zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi. Analiz va sintez o‘zaro bevosita mustahkam bog‘langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo‘lsa, uni sintez qilib bo‘lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling