Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi
Download 1.96 Mb.
|
UP SirtQI 12 s(3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- 2- topshiriq
- 3-topshiriq
- Giperbolizasiya
3- seminar mashg‘ulot:
3- Mavzu: Bilish jarayonlari: xotira,xayol. tafakkur. Hissiyot va iroda. Reja: 1.Shaxsning bilish jarayonlari.Xotira haqida umumiy tushuncha. Xotira jarayonlari va turlari. 2.Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari. 3.Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur jarayonlari. 4.Tafakkur turlari. Tafakkur jarayonlari. 5.Hissiyot yoki tuyg‘u - emotsiya haqida tushuncha. Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari. Tayanch tushunchalar: opertiv xotira, fenomena xotira, agglyutinatsiya, giperbolizatsiya, intellect, kreativlik, emotsiya, hukm,xulosa, tushuncha. 1-topshiriq: Quyidagilar bo'yicha ma'lumotlar bering. 1. Xotira haqida umumiy tushuncha 2. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari 3.Xotira jarayonlari 4. Xotira turlari 5.Xotira nazariyalari 2- topshiriq: Mavzuning o‘quv reja savollarini Ivanov P.I., Zufarova M. muallifligidagi “Umumiy psixologiya” darsligidan mazmunlashtirish. 1.Tafakkur haqida tushunchabering. 2. Tafakkurningnerv-fiziologikjarayonlari? 3. Tafakkur turlari.Tafakkur jarayonlari? 4.Tafakkurning mantiqiy shakllari? 5.Intellekt va kreativlik haqida tushuncha? 3-topshiriq:Quyida keltirilgan atamalarni tahlil qiling: Agglutinasiya - kundalik hayotimizda birlashtirib bo`lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni "yopishtirib" birlashtirishdan iborat xayol jarayoni. Agglutinasiya yo`li bilan ko`proq ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi, tovuq oyog`ida turgan uy, pegas, kentavr va shu kabilar). Agglutinasiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi (tank amfibiya, gidrosamolyot). Giperbolizasiya narsalarni kattalashtirish, kichraytirish, ularning ma`lum qismlarining sonini ko`paytirish, ularning o`rnini almashtirish orqali yangi obrazlar yaratish. Bunga misol qilib ko`p qo`lli xudolarning obrazi (hind afsonalarida), tog`dek katta odam, no`xatdek kichik polvon, etti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizasiya yo`li bilan yaratilgan obrazlarni keltirish mumkin. Fantaziya obrazlarini yaratishning yana bir yo`li narsalarning qandaydir sifatlarini, belgilarga urgu berish, ularga diqqatni turli yo`llar bilan jalb qilishdir. Bu usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko`p qo`llaniladi. Bu usul bilan o’rtoqlik hazillari va turli karikaturalar yaratiladi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling