Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
Kerakli asboblar: Elektrofor mashinasi, elektroskop, internet ma’lumotlari
Ishning nazariyasi Atmosferadagi elektr hodisalar nazariyasini buyuk rus olimi M.V, Lomonosov ishlab chiqqan. Bu nazariya hozirgi vaqtgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bu nazariyaga asosan yuqoriga ko‘tariladigan va pastga tushadigan vertikal havo oqimlarining o‘z harakati davomida ishqalanishi tufayli elektrlanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Atmosferaning elektr tabiati 18-asrning o‘rtalarida M.V.Lomonosov va G.Rixman tomonidan batafsil o‘rganildi. M.V.Lomonosov o‘z do‘sti G. Rixman bilan birgalikda bu hodisani o‘rganish uchun «chaqmoq mashinasi»ni ishlab chiqdi. «Chaqmoq mashinasi» yordamida ular elektr uchqunlarini olishga muvoffaq bo‘ldilar. Bu tajribalar kishi hayoti uchun nihoyatda xavfli edi. Rixman 1753 yilining yoz faslida chaqmoq mashinasidan foydalanib yashinlarni tekshirayotganda, uni shar chaqmoq urib halok qiladi. O‘tkazilgan tajribalardan M.V. Lomonosov va V. Franklin shunday xulosaga keldilarki, chaqmoq bu elektr tabiatiga ega bo‘lib, zaryadlangan bulutlar orasida va bulut bilan yer orasida yuz beradigan ulkan uchqunli elektr razryadi ekan. Zaryadlangan bulutlarni katta elektrostansiyaga o‘xshatish mumkin. Bulutlar qanday elektrlanadi? Bu hodisani quyidagicha tushuntirish mumkin: Yer atmosferasi katta elektr energiya zaxirasiga ega. Lekin bu energiya yer atmosferasida sochilgan holatda bo‘ladi. Atmosfera bir nechta qatlamlarga ega. Atmosferaning ionosfera deb atalmish qatlami yer sirtidan taxminan 40 km balandlikda joylashgan bo‘lib, 120 km balandlikgacha cho‘zilgan. Ionosfera qatlami zaryadlangan (ionlashgan) gaz molekulalaridan tashkil topgan. Yer shari va zaryadlangan ionosfera orasida 108 elektr maydoni mavjud. Uning elektr maydon kuchlanganligi 130 V/m ga teng. Maydon kuchlanganligi yuqoridan pastga tomon yo‘nalgan(1-rasmga qarang). Faraz qilaylik, bu elektr maydonda bulut va suv tomchilari turibdi deylik. Suv tomchilari bu maydonda shunday qutblanadiki, uning yuqori qismi manfiy, past qismi esa musbat zaryadlanadi. Bunday tomchi og‘irlik kuchi ta’sirida tusha boshlaydi. U o‘z yo‘lida uncha harakatchan bo‘lmagan musbat va manfiy ionlarni uchratadi. Tomchining oldingi qismi(harakat yo‘nalishi bo‘yicha) musbat zaryadlangan. Shuning uchun tomchi yo‘lida uchraydigan mubat ionlar chetga qochadi, manfiylari esa aksincha tomchiga tortiladi. Tomchining orqasida qolgan musbat ionlar uning yuqori qismiga tortilishi mumkin. Biroq tomchi tez pastga tusha boshlaganda, uncha harakatchan bo‘lmagan musbat ionlar o‘zidan uzoqlashadigan tomchini quvib yeta olmaydi. Natijada tomchi tushish jarayonida u katta manfiy zaryadga ega bo‘ladi. Shuning uchun bulutlarning pastki qismida manfiy zaryad to‘planadi. Shu vaqtning o‘zida chetda qolgan musbat ionlar bulutning yuqori qismida qolib, uning musbat zaryadini oshiradi. Bulutlarda turli ishorali elektr zaryadlari ko‘p miqdorda ajralganda, ular elektr maydoni hosil qilib, razryadlanishida chaqmoq yuzaga keladi. Chaqmoqni ko‘pincha yashin deb ataydilar. 1-rasm. Yerning elektr maydoni. Yashindan keyin bir necha soniyadan keyin momoqaldiroq ovozi eshitiladi. Buning sababi yorug‘lik tezligi (yorug‘likning vakuumdagi tezligi sekundiga 300 ming km) tovushning tarqalish tezligiga nisbatan juda kattaligi bilan tushuntiriladi. Chaqmoq paytida havo teshilib (30 ming volt kuchlanishda havo tok o‘tkazadigan bo‘lib qoladi, ya’ni havo teshiladi.) undan juda katta tok o‘tadi. Havoning tok o‘tkazadigan kanali tarmoqlangan yorug‘ ipdek bo‘lib ko‘rinadi. Bunda chaqmoq uzunligi(kanal uzunligi) 2 km dan 20 km gacha yetadi. Kengligi esa 0,5-2 metr atrofida bo‘ladi. Tok o‘tkazadigan kanalda havo temperaturasi 25 ming gradusgacha qiziydi va bu havo tezda kengayadi. Natijada kanalda siyrak havo, ya’ni vakuum hosil bo‘ldi. Bu vakuumni qisqa vaqt ichida tashqaridan keladigan havo oqimi to‘ldirganda, gumbirlagan ovoz eshitiladi. Chaqmoq chaqqanda hosil bo‘ladigan tok kuchi 60 ming amper, ba’zida esa 200 ming amperga yetadi. Bunda kuchlanish million voltgacha yetishi mumkin. Chaqmoq tabiatning dashhatli hodisasi bo‘lib, u qudratli vayron etuvchi kuchga ega. U insonga juda ko‘p ofat keltiradi. Chaqmoq zarbidan juda ko‘p insonlar nobud bo‘lganlar. 109 1940 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida kuchli momoqaldiroq ro‘y berib, chaqmoq zarbidan bir vaqtning o‘zida shaharning turli nuqtalarida yong‘in kelib chiqqan ko‘p joylar vayron bo‘lgan. O‘tgan asrning 80-yillaridagi ma’lumotlarga qaraganda, chaqmoq tufayli yer yuzida 6000 yong‘in yuz beradi. Yevropada har yili chaqmoq ta’sirida 40 ta, AQShda esa 230 odam halok bo‘ladi. Chaqmoqning halokatli zarbasidan saqlanish mumkinmi? Ha, mumkin ekan. Asrlar davomida insonlar chaqmoqdan himoyalanish yo‘llarini izlab shunday xulosaga keldilarki, chaqmoq yakka turgan baland predmetlarga kelib urilar ekan. Masalan, minora, yakka daraxt, antenna, matcha va x.k. Shuning uchun uy-joy va binolarni chaqmoqdan himoya qilish uchun yerga ulangan antennaga o‘xshash baland sim o‘tkazgichdan foydalanish mumkin. Uy va binolar tomiga o‘rnatilgan bu sim o‘tkazgich yashin qaytargich deb ataladi. Rus olimi M.V. Lomonosov birinchi bo‘lib, chaqmoqdan himoyalanish-ning ishonchli usuli sifatida yashin (chaqmoq) qaytargichdan foydalanishni taklif etgan. Rossiyada birinchi yashin qaytargich 18- asrda Petropovlovskiy bosh cherkovi binosida o‘rnatilgan. Keyinchalik bunday himoya qurilmasi ko‘p bino va inshootlarga qo‘yilgan. Odam qanday qilib chaqmoqdan o‘zini asrashi mumkin? Odam eng oddiy ehtiyot qoidalariga rioya qilib, yashindan himoyalanishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishidan oldin eshik va derezalarni yopish, radio, televizor, telefon va shunga o‘xshash elektr qurilmalarni o‘chirish kerak. Televizor antennalari yerga ulangan bo‘lishi, dereza va massiv buyumlardan uzoqda turish lozim. Agar momaqaldiroq dala joylarda yuz bersa, yakka turgan daraxtlar ostida turish mumkin emas. Ayniqsa, dub daraxti, chunki uning tarmoqlangan ildizi uzun bo‘lganligi uchun yashin shunday daraxtlarga uradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bino va uy- joylarni yashindan himoya qilish uchun ularga yashin qaytargich o‘rnatiladi. Qadim paytlarda kishilar yashindan qanday himoyalanganlar? Qadimda Yaponiyada odamlar momoqaldiroq yaqinlashganda, g‘orlarga bekinishgan. Yashindan saqlanish uchun yaponlar uylarining tomiga katta idishlarga suv solib qo‘yganlar, ular suv osmondan keladigan yashin olovni o‘chiradi deb o‘ylashgan. Fransiyada 18-asrda momoqaldiroqqa qarshi kurashning original usuli qo‘llanilgan. Yaqinlashadigan momoqaldiroq va yashindan kishilarni himoya qilish uchun cherkovlarda juda katta qo‘ng‘iroqlarni chalganlar. Qo‘ng‘iroq tovushidan momoqaldiroqni «qo‘rqitib» haydab yuborish mumkin deb hisoblaganlar. Biroq 33 yil ichida qo‘ng‘iroqqa 386 marta yashin urib, 121 ta qo‘ng‘iroq chaluvchi halok bo‘lgan. Chaqmoq hamma vaqt ham zararlimi? Yo‘q, hamma vaqt emas. O‘tgan asrda olimlarning tadqiqotlari natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, chaqmoq paytida juda ko‘p miqdorda azotli o‘g‘itlar hosil bo‘lar ekan. Har bir chaqmoq chaqnashi 1,5-2 tonna azot oksidi hosil bo‘ladi. Yil davomida yer yuzasiga yomg‘ir bilan bir vaqtda millionlab tonna azotli o‘g‘it tushishi oqibatida cho‘llarda, yam-yashil maysalar, lolaqizg‘aldoqlar va shuningdek, barcha o‘simliklarni gurkirab o‘sishiga imkoniyat yaratiladi. Chaqmoq paytida 110 havo tozalanib, kislorod va ozon gazlari hosil bo‘ladi. Bu gazlar insonlar salomatligi uchun ancha foydali. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling