Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarbaning birinchi bosqichi
Odatdagi sharoit. Yerning magnit maydoni quyoshdan keladigan zaryadlangan
zarrachalarni burib, magnitosferani tomchi shaklini eslatadigan sohaga aylantiradi. Bu – magnitopauza sohasi deyiladi va uning chegarasi bizning sayyoramizdan 60 ming. km masofa uzoqlikda joylashgan. 113 2-rasmdan ko‘rinadiki, qutb yaqinidagi sohalarda magnit kuch chiziqlari vertikal yo‘nalgan. Yerning quyoshga qaragan kunduz tomonida ikkita soha mavjudki, u yerga yerning magnit himoya qatlami bo‘lishiga qaramasdan, quyosh shamoli atmosferaning yuqori qatlamidan yorib o‘tadi. Shuningdek, ko‘rinib turibdiki, qutb sohalari kunduzgi magnit kuch chiziqlari bilan himoyalangan. 3-rasmdan quyosh shamoli yerning magnit maydonini naqadar buzib yuborishini ko‘rish mumkin. 2-rasm. Quyosh shamolini yerning magnit maydoniga ta’siri. Zarbaning birinchi bosqichi. Quyosh tojidan otilib chiqadigan plazma buluti magnitosferani kuchli buzib, o‘zgartirib tashlaydi. Kuchli quyosh bo‘ronlarida bu plazma nurlanishi yerning radiatsion mintaqasi magnitopauzasiga kirib, hattoki, uni yo‘qotib yuborishi mumkin. Yerning kechasi tomonida 70 0 shimoliy va janubiy kengliklarida magnit kuch chiziqlari yer sirtiga deyarli vertikal tayanadi. Shu sababli u shu hududlarda atmosferaga quyosh nurlanishi plazmasini kirishiga to‘sqinlik qilmaydi. Shunday qilib, yerning magnit maydoni uning qutb sohalarini quyosh shamolidan yaxshi himoya qila olmaydi degan xulosaga kelamiz. Kuzatish va tadqiqotlardan ma’lumki, yerdagi magnit bo‘ronlari quyoshdagi portlashlarlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, o‘ziga xos davriy xarakterga ega. Bu haqda quyidagi ma’lumot e’tiborga loyiq. “1859 yilda sodir bo‘lgan quyosh bo‘roni, shu paytgacha qayd qilingan barcha quyosh bo‘ronlari ichida eng kuchlisi bo‘ldi. Uning ta’sirida Amerika qit’asida kechasi sodir bo‘lgan qutb yog‘dusining o‘zgarib turadigan yorug‘ shu’lasi osmonni yoritib yubordi. Kuba aholisi kechasi osmonda qizil shafaqni kuzatdilar. Kompaslarning strelkalari tartibsiz buralib dunyo tomonlarini aniq ko‘rsata olmadi. Telegraf tizimlari izdan chiqdi. Tadqiqotlarga asosan quyoshdan otilib chiqadigan zaryadlangan zarralar ta’sirida yuz beradigan bunday kuchli quyosh va magnit bo‘ronlari faqat 500 yilda bir marta sodir bo‘lar ekan. Shunday bo‘lsada, hattoki 50 yilda bir marta kuzatiladigan unchalik katta bo‘lmagan quyosh bo‘roni ulkan elektr ta’minotini uzib qo‘yishi va sun’iy yo‘ldoshlarni kuydirishi mumkin hamda radioeshittirish tizimida katta xalaqitlarni keltirib chiqaradi”. 114 3-rasm. Magnit bo‘ronlari aktivlik indeksi(darajasi). G1 Zaif bo‘ron, K=3 bo‘lsa magnitosfera tinch bo‘ladi G2 O‘rta bo‘ron K=4 bo‘lsa magnitosfera ko‘zg‘algan bo‘ladi G3 Kuchli bo‘ron, K=5 va undan bo‘lsa magnitosferada bo‘ron yuz beradi. G4 Juda kuchli bo‘ron G5 Nihoyatda kuchli bo‘ron Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling