Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Quyosh va undagi yuz beradigan jarayonlar
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
Quyosh va undagi yuz beradigan jarayonlar.
Quyosh aktivligi oshgan (faollashgan) paytlarda, undan qanday qilib quyosh shamoli otilib chiqadi? U nimalarga bog‘liq va mazkur hodisalarni oldindan bashorat qilish mumkinmi? Bunday savollarga javob berish uchun quyosh va uning tuzilishi hamda quyosh plazmasining otilib chiqish shart-sharoitlari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rish lozim. Quyoshdagi chaqnash(portlashlar)larni oldindan bashorat qilish uchun shu hodisa bilan birga (hamroh, yo‘ldosh) sodir bo‘ladigan hodisalar haqida ma’lumotlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday hodisalarga quyosh faolligi paytida undan tarqaladigan turli chastotali radionurlanishlar misol bo‘ladi. Bu nurlanishlarni quyosh shamoli yerga yetib kelishidan 1-1,5 sutka oldin qayd qilish mumkin. Ana shunday masalalarni batafsil o‘rganish uchun, dastlab quyoshning tuzilishi va unda yuz beradigan hodisalar bilan tanishaylik. Quyosh bir necha qatlamdan tashkil topgan. Har bir qatlam o‘zining xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Quyoshning ichida ya’ni uning markazida harorat 20 million gradusga yetadi. Quyoshning o‘rtacha zichligi 1,42 g/sm 3 . Biroq uning ichki qatlami(yadrosi)ning zichligi kuchli siqilganligi sababli 130 g/sm 3 ga teng. Quyosh markazidan taxminan 700000 km masofada yer sirtidan biz ko‘ra oladigan soha boshlanadi. Bu soha siyrak gazdan tashkil topgan bo‘lib, fotosfera qatlami deyiladi. Bu qatlam shaffof bo‘lib, uning sirtidagi harorat 6000 0 S ga teng. Fotosfera qatlami nisbatan yupqa bo‘lib, taxminan 100-200 km ni tashkil etadi. Aynan shu fotosferada qobig‘ida davriy (portlashlar) quyosh dog‘lari hosil bo‘ladi. Quyosh dog‘larining soni va o‘lchami quyosh aktivligi haqida ma’lumot beradi. Quyosh bo‘ronlari quyosh dog‘lari bilan chambarchas bog‘liq. Fotosferadan keyin xromosfera qatlami 116 joylashgan. Uning g‘ildirak ko‘rinishdagi qizil rangini quyosh tutilishi vaqtida ko‘rish mumkin. U quyosh diskini o‘rab olgan. Xromosfera tarkibi asosan vodorod gazidan tashkil topgan. Bu sohada vodorod asosan 6563 A 0 to‘lqin uzunlikdagi qizil nurlanishlarni chiqaradi. Xromosferada harorat fotosferaga qaraganda 5 marta yuqori bo‘lib, 30000 0 S ga yaqin bo‘ladi. Bu qatlamda chaqnashlar sodir sodir bo‘ladi. Xromosferadan yana yuqoriroqda quyosh toji joylashgan. U oq rangda bo‘lib, xromosferani chegaralab, galo singari gardishdek ko‘rinadi. Quyosh tojida harorat bir necha million gradusga yetadi. Quyoshda dog‘ bo‘lmaganda uning sirti xuddi guruch donalarga o‘xshash donador tuzilishga ega. Donalar quyosh sirti bo‘ylab siljishi mumkin. Donalar taxminan doiraviy shaklga ega. Ularning ko‘ngdalang o‘lchami 1500 km ga yaqin. Quyosh yuzasi uzluksiz harakatda, har bir dona bir necha minut davomida doimiy qoladi. Keyin u yo‘qoladi va uning o‘rniga yangisi paydo bo‘ladi. Quyosh yuzasi go‘yoki qaynaydi. Ba’zida bir qancha donalar uzoqlashib, ular orasida g‘ovak deb ataladigan qoramtir sohalar hosil bo‘ladi. Bir qancha g‘ovaklar o‘zaro birlashib, quyosh dog‘larini hosil qiladi. Quyosh dog‘i donalardan farqlanadi va u bir necha oygacha mavjud bo‘ladi. To‘g‘ri, ba’zida bir necha soat mavjud bo‘ladigan dog‘lar ham bo‘ladi. Quyosh dog‘i – bu asosiy magnit va quyosh bo‘ronlarini keltirib chiqaradigan dastlabki nuqta hisoblanadi. Shuning uchun uning asosiy xossalarini ko‘raylik. Alohida olingan quyosh dog‘i quyidagicha tuzilgan. U yadrodan va uni o‘rab olgan yorug‘ yarim soyadan iborat. Dog‘ yadrosining o‘zi deyarli hech qanday strukturaga ega emas. Biroq yarim soya nihoyatda murakkab nozik strukturaga ega. A B 4-rasm. a) real vaqtdagi quyosh tasviri va b) quyoshdagi chaqnash. Katta dog‘ – bu fotosferadagi keng ko‘lamli o‘yilgan chuqurlikdir. Quyosh dog‘lari quyosh sirtida, turli yillarda, turlicha sonda paydo bo‘ladi. Quyosh dog‘larining soni 11 yil davr bilan o‘zgaradi. Ularning soni davrning birinchi yarmi davomida oshib boradi, keyin maksimumga yetib, asta-sekinlik bilan minimumgacha kamayadi. So‘ng yangi 11 yillik davr bilan qayta boshlanadi va bu sikl takrorlanib turadi. 5-rasmda real vaqtdagi quyosh tasviri va quyoshdagi chaqnash jarayoni ko‘rsatilgan. 117 5-rasm. 1860 yildan 1980 yillargacha sodir bo‘lgan quyosh aktivligi va dog‘lari sonining o‘zgarishi. 5-rasmda 1860 yildan boshlab 1980 yillargacha quyosh dog‘lari sonining o‘rtacha yillik o‘zgarishi keltirilgan. Agar qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rinadigan(dog‘ni ko‘rishda quyosh ko‘zni qamishtirmasligi uchun qoraytirilgan shisha orqali qarash kerak) dog‘lar kuzatilsa, unda ham ularni paydo bo‘lish davriyligi 11 yil ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Dog‘ quyosh sirtining istalgan joyida hosil bo‘lmaydi. Quyosh aktivligi minimumga erishgan yillarda, ko‘pincha quyosh ekvatoridan boshlab hisoblaganda, 30 0 ga uzoqlashgan kengliklardagi joylarda hosil bo‘ladi. So‘ng quyosh aktivligi oshib borishi bilan dog‘lar ekvator yaqinlarida ham paydo bo‘ladi. Aktiv sohada bir dog‘ yo‘qolgandan keyin boshqasi paydo bo‘ladi. Quyosh dog‘lari intensiv magnit maydonga ega bo‘lib, u quyosh sirtiga tik yo‘nalgan. Dog‘ning magnit maydon kuch chiziqlari shakli maysazorlarni sug‘orishga mo‘ljallangan qurilmaga o‘xshash suv sachratadigan suv sharralarini eslatadi. Quyosh dog‘laridagi kuchli magnit maydoni bu sohada quyosh moddasini go‘yoki muzlatilgandek ushlab turadi. Quyosh dog‘ining magnit maydoni radial yo‘nalgan bo‘lib, dog‘dan quyosh nurlanishini chiqishiga imkoniyat yaratadi. Katta quyosh dog‘larida magnit maydon kuchlanganligi 2500-3000 Gs (Gaus)ga yetadi. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling