Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Ishning bajarish tartibi 1. Ishning nazariy qismi bilan tanishing 2. Internet ma’lumotlari asosida quyosh faolligini va yerdagi magnit bo‘ronlari aktivlik darajasi(indeksi)ni aniqlang 3. Teleskop yo‘riqnomasidan foydalanib uni ishlatishni o‘rganing 4. Teleskop yordamida quyoshdagi dog‘larni kuzating va uni holatini aniqlang 5. Qilingan ishlar bo‘yicha hisobot yozing Nazorat savollari 1. Quyosh shamoli haqida ma’lumot bering 2. Yer atmosferasi va yer magnit maydoni haqida tushuncha bering 3. Quyosh faolligi nima? 118 4. Quyosh shamolining biosferaga ta’siri qanday namoyon bo‘ladi? 5. Magnit bo‘ronlarining inson salomatligiga ta’siri qanday? LABORATORIYA ISHI № 5. MAVZU: SHAMOL VA UNING TEZLIGINI O‘LCHASH Ishning maqsadi: Shamolning tabiati va uning tezligini o‘lchash o’rganish. Kerakli asboblar: Flyuger, animometr ASO-3, sekundomer Nazariy qism Shamol - bu quyosh nurining intensivligi hisobiga, bosimning o‘zgarib turishi natijasida havo massasining harakatidir. Shamol elektrogenerator-lari an’anaviy generatorlardan 2 - 4 barobar qimmatdir. Ammo shamol energiyasi doimiy bo‘lgan ba’zi bir regionlarda u muxim energiya manbalaridan hisoblanadi. Odatda shamol energiyasi shamolga perpendikulyar joylashgan ma’lum yuza orqali o‘tgan havo oqimi energiyasidan aniqlanadi ya’ni N sh.jqimi = 0,0049·ρ∙v∙S (1) Bu yerda ρ- havoning zichligi, kg/m 3 ; v-havo oqimining tezligi, m/s; S– maydon yuzasi, m 2 ; Shamol energiyasi kadastri, shamolning miqdoriy xarakteristikalari bo‘lib, ular asosida shamol agregati ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan energiya hamda uning ishlash davriyligi to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi. Shamol energiyasi kadastriga shamolning quyidagi xarakteristikalari kiradi. 1. Uzoq vaqt oralig‘ida shamolning o‘rtacha tezligi. 2. Shamol o‘rtacha tezligining takrorlanishi. 3. Shamol tezligini kunlik va yillik silijish xarakteristikalari. 4. Shamolli va shamolsiz davrlarning davomiyligi. 5. Bofort shkalasi bo‘yicha shamolning tezlik oraliqlari hamda yerdagi predmetlarga shamolning ta’siriga mos bo‘lgan o‘rtacha oylik va yillik shamol tezligi. 6. Shamolni kuchayishidagi maksimal tezligi. 7. Shamolning yo‘nalishi («shamol atirguli»). 8. Shamolning turbulentligi (havo oqimining ichki strukturasi). 9. Shamolni kuchayishi, susayishi va ko‘tarilishi (birlik vaqt oralig‘ida shamol tezligining o‘zgarishi). 10. Shamol oqimining zichligi (atmosfera bosimi, temperatura va namlikka bog‘liqligi). 11. Shamol oqimi tarkibining fazasi (bir fazali, toza shamol oqimi, ikki fazali-yomg‘ir tomchilari aralash shamol oqimi, uch fazali-yomg‘ir tomchilari va boshqa predmetlar aralashgan havo oqimi). Shamolning o‘rtacha tezligi, ma’lum vaqt oralig‘idagi teng vaqtlar ichida o‘lchangan shamol oniy tezliklarining o‘rta arifmetik miqdor sifatida aniqlanadi. 119 Vaqtning uzoq davri (oy, yil) uchun shamolning tezligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, joylardagi meteostansiyalarning kuzatuvlari asosida olinadi. Bir kunda bir necha bor o‘lchangan shamolning tezligiga asosan o‘rtacha bir kunlik, o‘rtacha oylik hamda ko‘p yillik davr uchun shamolning o‘rtacha yillik tezliklari jadvallari tuziladi. Yer yuzasi va (okean, dengiz va daryolar) suv yuzasidagi shamolning tezligini aniqlash uchun odatda Bofort shkalasidan foydalaniladi (1-jadval). Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling