Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2023.Darslik N.T.Tosheva
Bolalarning javobi: sharcha
Tarbiyachi: barakalla (kubik va sharni solishtiradi). Kubikning qirralari bo‘ladi, sharda esa qirra bo‘lmaydi. (Mushukcha bolalar bilan xayrlashib, o‘z uyingni top o‘yinini o‘ynashni taklif etadi) O‘z uyingni top (didaktik o‘yin) Tarbiyachi turli rangdagi uylarni ko‘rsatadi. Bu uyda to‘plar yashaydi, bu uyda kublar yashaydi. (tarbiyachi bolalarga kubik va sharchalar berib chiqadi). Kimning qo‘lida to‘p bo‘lsa, u to‘plar yashaydigan uyga, kub kimda bo‘lsa, u kublar yashaydigan uyga yuguradi. Bolalar shu tariqa uychalarini topadilar. Tarbiyachi: endi esa, mushukvoy bilan xayrlashamiz. E’tiborga molik jihati: texnika xavfsizligiga rioya qilish, bolalarning mayda motorikasini rivojlantirish, idrok bilan birga nutqni rivojlantirish. 119 VII. 4. Axloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari (tamoyillari) va metodlari Axloq so‘zi - lotincha «myeros», ya’ni moral, mantiq so‘zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat’iy yozib qo‘yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo‘ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo‘ladi. Bu motivlar esa o‘sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag‘batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladig;an murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina o‘quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan ma’lum xatti-harakat qoidalari yig‘indisidir. Axloq odamlarning bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo‘Iadi. Axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa, odob shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling