Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


-mashq. “Munchoqlarni teramiz” (2-5 yosh bolalar uchun)


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/117
Sana26.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1688373
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117
Bog'liq
2023.Darslik N.T.Tosheva

3-mashq. “Munchoqlarni teramiz” (2-5 yosh bolalar uchun). 
Mashq maqsadi: bolalarda mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish va 
mustahkamlash. Koordinatsiya va qo‘llarni yozishga tayyorlash. 
Kerakli jihozlar: patnosda munchoq solish uchun bir necha katakchali 
quticha (sovun qutisidan ham foydalanish mumkin), pinset va turli 
rangdagi munchoq solingan stakan. Munchoqlar qutichada to‘la 
bo‘lishi uchun bir xil miqdorda bo‘lishi kerak. 
Mashqning borishi: bola o‘ng yoki chap qo‘li bilan (agar 
chapaqay bo‘lsa) pinset yordamida stakandagi munchoqlarni 
qutichaga soladi. Agar qutichalar to‘lsa, munchoqlarni olib yana 
stakanga 
qaytarib 
solishni 
taklif 
etish 
mumkin. 


116 
Izoh: mashq barmoqlar harakatini shunday rivojlantiradiki, bola 
keyinchalik qiynalmasdan mayda harflarni yoza oladi. Mashqni 
bajarish jarayonida bolada diqqat barqaror bo‘ladi hamda o‘z ichki 
hissiyotlarini nazorat qila olish ko‘nikmasi rivojlanadi. Agar munchoq 
qo‘lidan tushib ketsa, u mustaqil ravishda o‘z xatosini o‘zi tuzatishi 
kerak. Mashq boladan aniq va to‘g‘ri harakat bajarishni talab etadi. 
4-mashq. “Qaychi bilan qanday qirqamiz” (2-5 yosh bolalar 
uchun). 
Mashq maqsadi: kichkintoylarda qo‘l harakatlarini boshqarish 
malakalarini rivojlantirish. Qo‘l muskullarini mashq qildirish. 
Diqqatni jamlashga o‘rgatish va yozishga tayyorlash. 
Kerakli jihozlar: stol ustida bolalar qaychisi, bir nechta qalin 
rangli karton. Ayrim kartonlarda qirqish chizig‘i chizib qo‘yiladi. 
Mashqning borishi: stol ustiga qaychi va rangli kartonlar 
qo‘yiladi. 
Bola o‘ng qo‘li bilan qaychini ushlaydi va kartondan mayda bo‘lak-
chalar qirqadi. Keyinroq chiziq bo‘ylab qirqadi va asta-sekin turli 
shakllarni ham qirqa boshlaydi. 
Izoh: bu mashq orqali unda yozish malakasi emas, balki qaychini 
ushlash hamda chiziqlar bo‘ylab to‘g‘ri qirqish ko‘nikmasi 
shakllanadi. Shuningdek, bola qaychini ushlash va qog‘ozda aniq 
chiziqlarni qirqishga tayyorlanadi. Mo‘ljalni to‘g‘ri olish malakasi 
shakllanadi. 

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling