Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


XIV. MODUL. TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/117
Sana26.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1688373
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   117
Bog'liq
2023.Darslik N.T.Tosheva

XIV. MODUL. TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI 
MAKTABGA O‘QISHGA TAYYORLASH 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: intellektual, shaxsga 
yo‘naltirilgan yondashuv, bolaga yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuv, 
pedagogning ilmiy-pedagogik-psixologik strategiyasi, rivojlantiruvchi 
yondashuv, ta’1imning rivojlantiruvchi muhiti, o‘yin faoliyati, 
inklyuziv ta’lim, pedagogik diagnostika ta’limi, ota-onalar bilan 
hamkorlikning istiqbolli shakllari 
XIV.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlashning shakl va usullari 
Maktabgacha ta’1im tizimida amalga oshirilayotgan tub 
islohotlar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning shakl va 
usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratadi. Ta’lim sohasidagi 
asosiy natija bola tomonidan bilimlarni qay darajada o‘zlashtirib 
olinganligi uning rivojlanishiga, shaxsda integrativ xislatlarning 
shakllanishga qanchalik xizmat qilgani bilan belgilanadi. 
Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda pedagog tomonidan 
tanlab olingan ta’lim uslublari intellektual jarayonlarning shakl-
lanishiga muammolar yechimiga ijodiy yondashishga, tashab-
buskorlikka, mustaqillikka va mas’u1iyatga, o‘z faoli- yatini boshqara 
olishga o‘rgatishi lozim. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'1imiga tayyorlashda 
quyidagi tamoyillar ustuvor hisoblanadi: 
 Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv. 
 Bolaga yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuv. 
 Pedagogning ilmiy-pedagogik- psixologik strategiyasi. 
 Rivojlantiruvchi yondashuv. 
 Ta’1imning rivojlantiruvchi muhiti. 
 O‘yin faoliyati. 
 Inklyuziv ta’lim. 
 Pedagogik diagnostika ta’limi. 
 Ota-onalar bilan hamkorlikning istiqbolli shakllari. 
I. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvta’1im jarayonini tashkil 
etishning asosi sifatida shaxsning jamoa oldidagi ustuvorlikni nazarda 
tutgan holda unda insonpar varlik munosabatlarining shakllan-
tirilishini taqozo etadi. Bunda bola o‘zini shaxs sifatida his etadi, 
boshqa kishilarda shaxsga xos xislatlarni ko‘rishni (kattalarda va 
atrofdagilarda) o‘rganadi. Har bir bola imkoniyatlarini ro‘yobga 


255 
chiqarish esa pedagogning qadriyatlar yo‘nalishlari xatti-harakatida 
namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga munosabati, 
mo‘lja1lar tizimi, xohish-istaklari bilan belgilanadi. 
11. Bolaga yo‘naltiri1gan ta’1imiy yondashuv bu bolaning yosh 
xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, uning ta'lim 
maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan maktabgacha ta’lim 
muassasasiga kelgunga qadar to‘plangan tajribasi e’tiborga olingan 
ta’lim shaklidir. 
Bunda: 
 Ta’lim jarayoni bolaning eng odatiy tarzda rivojlanishi va ta’1im 
olishiga doir bilimlarga asoslanishi lozim. 
 Ta’lim muvaffaqqiyatli pedagog tomonidan bolani rivojlantirish va 
o‘qitish uchun va yo‘l-yo‘riqlarigaoid bilimlarni qay darajada 
egallaganiga bog‘liq. 
 Pedagogning asosiy vazifasi bolaning rivojlanishiga ko‘mak-
1ashishidir. 
 Maktabgacha ta’limning o‘ziga xos xususiyati – bolaning qadrini 
tushunish va vaqtidan oldin ulg‘ayishiga undamaslik. 
Pedagogdan quyidagilar talab etiladi: 
– Bolalar qanday bo‘1sa shunday qabul qilish. 
– Bolaning o‘z maqsadiga erishishiga yordam berish. 
– Bolalarning qanday qobiliyatga ega ekani va o‘z guruhida 
qanday ta’1im olayotganini bilish tarbiyachi ta’lim jarayonini 
rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang‘ich asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 
– Agar pedagog barcha bolalarga bir xil tarzda yondashadigan 
bo‘lsa, ular muvaffaqiyatga erisha olmaydi. 
– Pedagog bolalar faoliyatining barcha yo‘nalish1ari turli 
mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishini muntazam kuzatib borish, 
ularning qobiliyati, qiziqishlari talab-istaklari haqida bilishga intilishi 
kerak. 
– Pedagog ana shu ma’lumotlarga tayangan holda bola 
rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlarga erishishi uchun shu 
faoliyatini rejalashtiradi va qo‘l1ayotgan usullarini ta'1im 
jarayoniga moslashtiradi. 
Materiallar va maslıg‘ulotlar bolalar biladigan va qilishni 
o‘rgangan narsalargagina emas, balki yangi ko‘nikma va tushunchalar 
hosil qilish uchun ulardan muayyan harakat, intilish talab qiladigan 


256 
mashg‘ulotlarga Ta’1im maqsadlari bolalarni ushbu yoshdan guruhi 
uchun tushunarli va amalga oshirishi mumkin bo‘lishi kerak. Yangi 
ko‘nikmalarni amaliyotda takomillashtirish uchun bolalarga keng 
imkoniyatlar vujudga keltirilishi zarur. Bolaga yo‘naltirilgan 
yondashuv. 
– Pedagoglar ayni paytda ijobiy o‘zgarishlar darajasini 
belgilayotganda va navbatdagi qadamlarni rejalashtirilayotganda 
dasturning maqsadini xayoldan chiqarmaydi. 
Maqsadlarga qay darajada erishish mumkinligi bolaning 
individual rivojlanishining avvalgi tajribasi, bilimi va ko‘nikma1ari 
hamda ta’lim qanday sharoitda olib borilayotganligiga ham 
bog‘1iqdir. 
Pedagog tomonidan qabul qilinadigan qarorlar. 
Pedagog har kuni ko‘plab qarorlar qabul qiladi, bu bevosita 
ta’lim-tarbiyaviy jarayonga bog‘1iq bo‘ladi. 
Boshqa qarorlar – bu pedagog tomonidan o‘qitish muhiti, 
materiallarni joylashtirish, bolalarni kichik guruhlarga ajratishga doir 
qarorlar. 
Har bir vaziyatda qabul qilinayotgan qaror jiddiy o‘rganish va 
rejalashtirish natijasi bo‘lishi shart. 
Pedagoglar tomonidan ma’luinot asosida qaror qabul qilish bu 
qabul qilinayotgan katta va kichik qarorlarning barchasi pedagogning 
kuzatuvlari asosida qabul qilinishi lozim (bolalarni kuzatish va 
ularning ota-onalari bilan suhbat natijasida tarbiyachi har bir bolaning 
kuchi va zaif tomoni hamda uning qiziqishlari haqida bilib oladi). 
Bolaga ta’lim berish bo‘yicha quyidagi uch omil mavjud: 
 Bolaning ushbu yosh guruhiga oid ma’lum bo‘lgan bilimlarni 
e’tiborga olish. 
 Har bir bolaning shaxsiga oid ma’1umotlarni e’tiborga olish. 
 Bolalarni qurshab turgan ijtimoiy muhit va madaniy qadriyatlar 
haqidagi ma’1umotlarni e’tiborga olish. 
Bolaning uydagi va o‘zini jamoadagi hayotini takomillash-
tirishdagi qadriyatlar, orzu-umidlar, xatti-harakat va xususiyatlarini 
o‘rganish pedagogga bolalar uchun muayyan mazmun kasb etadigan, 
ularni madaniyatga mos keladigan, bolalar va ularning oilasiga hurmat 
bilan munosabatda bo‘Iishiga yordam beradigan ta’1im muhiti va 
mashg‘ulot1arni tashkil etish imkoniyatini yaratadi. 


257 
Rivojlantiruvchi yondashuv — bolaning tabiiy ravishda ulg‘a-
yishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yara-
tadigan rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuv. 
Bu yondashuvga muvofiq bolalar: 
 O‘yin jarayonida atrof-muhit 
haqidagi ma’1umotlarni 
o‘zlashtirib, faol ta’lim oladi. 
 Rivojlanishning qonuniy bosqichlai ini bosib o‘tadi. 
 Hissiy va kognitiv (aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o‘zaro 
munosabatlarga ehtiyoj sezadi. 
 Har biri o‘ziga xos sur’atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi. 
łV. Individuallashuv o‘ta 
muhim masala, chunki yondashuv 
qay darajada individual bo‘1sa, har bir bola shu darajada mo‘ljaldagi 
ta’1im natijalariga erishishning ehtimoli ortadi va shu tufayli 
dasturningamalga oshirilishi oson kechadi. Muayyan fan bilan bog‘liq 
muammolar kamayadi, o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar oshadi. 
Individuallashtirishning ta’lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari, 
qobiliyati va talab-ehtiyojlari bilan moslashtirish imkoniyatini beradi. 
Bu jarayonda bolalarning bilim doirasi kengayib, o‘ziga nisbatan 
hurmat oshadi. Ularda yanada murakkabroq masalalarni hal etishga 
tayyorgarlik hissi paydo bo‘ladi. Pedagog o‘zgaruvchan vazifalar va 
faoliyatning qiziqarli turlarini rejalashtirishni, bolalarni diqqat bilan 
kuzatishi, zarur hollarda material va vazifalarni almashtirishi va 
moslashtirishi lozim. Bolalarni kuzatish va ota-onalar bilan suhbat 
natijasida pedagoglar har bir bolaning kuchi va zaif jihatlari va 
qiziqishlarini o‘rganadi. 
Pedagogik strategiya – bu bolalarni qo‘yilgan maqsadlarga 
erishishiga yordam beradigan pedagog qo‘llaydigan muayyan uslublar 
yig‘indisidir. Uning asosini bolaning qiziqishlari, uning kuchli va zaif 
jihatlari, ta'lim uslubi, yosh xususiyatlari va shaxsiy sifatlarni 
e’tiborga olish tashkil etadi. 
Ta’limning rivojlantiruvchi muhiti – bu faollikning turli 
shakllaridan iborat ta’lim jarayonini amalga oshirish funksionallik, 
jihozlarning yetarliligi, ko‘p darajaliligi (rivojlanishi turlicha bo‘lgan 
bolalarning o‘z maqsadlariga erishishni ta'min1aydigan) va 
funksionalligi (bolalarni faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini 
ta’minlaydigan) bir-biridan ajralib turadigan rivojlantiruvchi oqilona 
muhitni tashkil etishni talab etadi. Bu tayyorlov guruhi bolalarning 
mazmunli, mustaqil faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega. 


258 
Guruh xonasida: 
 Bolalarning qiziqishlari bo‘yicha erkin mustaqil faoliyat uchun joy 
ajratiladi; 
 Stullar bilan ajratilgan syujetli o‘yin1ar, sinov va tajriba, stol ustida 
o‘yna1adigan o‘yinlar va didaktik mashg‘u1ot, qo‘l mehnati va 
tasviriy faoliyat uchun joy; 
 Kitob burchagi (rasmli albomlar, jurnallar); 
 O‘zbekiston xaritasi, globusi, rasmlar stendi; 
 Harakatlanadigan ikki tomonlama doska (bolalar bo‘yi baravar 
o‘rnati1ishi lozim). 
 Yaratiladigan bu muhit bolada mustaqil tanlay olish ko‘nik-
malarining shakllanishini ta’minlaydi. 
 Har bir guruh zonalari bir necha markazga bo‘linib, o‘yin va 
o‘rganish, sinov va tajriba, tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro 
aloqalari uchun yetarli darajada material mavjud bo‘ladi. 
Turli guruhlarda markazlar to‘plami bolalarning yoshi, qizi-
qishlari, ehtiyojlariga ko‘ra o‘zgacha bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan 
boshqasiga aylantirilishi mumkin. Maktabga tayyorlov guruhlarida 
kamida 5 ta turli faoliyat markazlarini tashkil etish tavsiya etiladi. 
Shuningdek, muzey, istirohat bog‘i, tarixiy joylarga sayohat uyush-
tirilishi kerak. Shuni unutmaslik kerakki, maktabgacha ta’lim 
muassasasi hududini ham talab darajasida jihozlash ham rivoj-
lantiruvchi muhit sifatida ijobiy ta’sirni yanada oshiradi. 
O‘yin faoliyati. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning 
asosiy faoliyat turi hisoblangan o‘yin jarayoni bolani shaxs sifatida 
to‘liq shakllanishida yetakchilik qiladi. Bunda dastur asosida 
o‘ynaladigan syujetli-rolli, didaktik, stol bosma, sport, ko‘ngil ochish, 
o‘zbek xalqining milliy, ertak o‘yinlaridan foydalaniladi. Bola 
tarbiyasida o‘yin texnologiyalari (L.S.Vigotskiy, G.K.Selevko) kay-
fiyatni ko‘taruvchi, hamkorlik, o‘zini namoyon etuvchi, millatlararo 
o‘yin turlari, interfaol o‘yinlardan foydalanish maqsad qilib olinadi. 
Inklyuziv ta’lim tamoyillari. 
Inklyuziv ta’lim – ta’lim-tarbiyaning mutlaqo yangi tizimi. Bu 
ho1 pedagog tomonidan ta’lim jarayonini tashkil etishda har bir 
bolaning fiziologik va ruhiy rivojlanishi, ayniqsa, o‘ziga xos 
bolalarninig individual xususiyatlarini e’tiborga olishni anglatadi. Bu 
jarayonda bolalarning zaif toifasiga alohida e’tibor talab etiladi. 
Jamoada bolalar bir-biri bilan o‘zaro aloqa bog‘lashi, jinsi, irqi, 


259 
milleti, madaniyati, yili, e’tiqodi, yoshi, alohida talab-ehtiyojlari, 
oilaning tuzilishi va uning ijtimoiy- iqtisodiy holatidan qat’iy nazar, 
boshqa kishilar bilan o‘zaro do‘stona munosabatlar o‘rnatishga 
o‘rganadi. Shu munosabat bilan aynan pedagog har bir bolaning ichki 
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish huquqini ta’minlashi lozim degan 
g‘oya ilgari surilib, bu quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
 Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va erishilgan yutuqlari 
bilan belgilanmaydi. 
 Har bir inson his etish va fikr yuritishga qodir. 
 Har bir inson muloqot yuritishga va uning fikrlari e’tirof etilishiga 
haqlidir. 
 Barcha kishilar bir-biriga ehtiyoj sezadi. 
 Chinakam ta’lim muayyan o‘zaro munosabatlar doirasida amalga 
oshirilishi mumkin. 
 Barcha insonlar qo‘llab-quvvatlashga va tengdoshlar bilan do‘st 
bo‘lishga ehtiyoj sezadi. 
 Ta’lim olayotganlar uchun ijobiy yutuqlarga erishish qo‘lidan 
kelmaydigan ishdan ko‘ra, uddalay oladigan ishda ko‘proq 
namoyon bo‘ladi. 
 Rang-baranglik inson hayotiga bog‘liq. 
 Bir-birimizdan farq qilishimiz va har birimiz individual shaxs 
ekanimizni tan olish. 
 Rivojlantiruvchi dasturlarning individuallashuvini ta’minlash, 
ya’ni dasturning har bir bolaning birgalikdagi faoliyat doirasidagi 
talab-ehtiyojlari hamda maktabgacha ta’lim muassasasi va unda 
tashkil etilgan qisqa guruhlarning umumiy maqsadlarini e’tiborga 
olgan holda tuzish. 
 Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning o‘kishini, ularning 
rivojlanishi va maktabgacha ta’lim muassasasi hayotida faol 
ishtirokni qo‘llab-quvvatlash borasida qimmatli uslubiy tajriba 
to‘plash. 
 Bir guruhga mos bo‘1gan umumiy o‘quv rejasidan foydalana olish 
imkoniyatini 
yaratadigan 
ta’limning 
differensiallashgan 
strategiyalariga tayanish. 
 Maktabgacha ta’lim muassasasi va qisqa guruhlarda bolaning 
talab-ehtiyojlarga uzluksiz moslashuvini ta’minlash. 
Ta’lim jarayonida differensiallashtirilgan va individuallashtirilgan 
yondashuv. Bu quyidagi yo‘nalishlar asosida: 


260 
– Mashg‘u1otlarda ko‘rgazmali vositalardan (predmetlarni, 
namunalarni, harakat uskunalarini ko‘rsatish) nutq usullaridan 
(savollar, ko‘rsatmalar, izohlar) keng foydalaniladi. Bu yoshdagi 
bolalarning qabul qilish xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘yin 
usul va uslublari, kutilmagan natijalar, pedagog himoyasi onda-sonda 
qo‘llaniladi. 
– Ota-onalarning pedagogik jarayondagi ishtiroki darajasining 
o‘zgarishi quyidagicha amalga oshiriladi: ota- onalar bilan bir vaqtda 
maktabgacha ta'1im muassasasi mutaxassislari ma’rifiy ishlarni 
amalga oshiradi. Ularni qiziqtirayotgan barcha masalalar yuzasidan 
amaliy seminar, maslahatlar, yakkama-yakka suhbatlar olib boriladi. 
– Ta’lim-tarbiya ishining tarkibiy qismi – bolalar rivojlanishini 
nazorat qilish va tahlil etish pedagogik-psixologik ta’sirning shaxsga 
yo‘na1gan1igini aniqlashda namoyon bo‘ladi. 
– Har bir bolaning xatti-harakati va rivojlanishini kuzatish. 
– Tarbiyaviy ta’sirga o‘z vaqtida o‘zgartirish kiritish haqida qaror 
qabul qilish. 
Pedagogik diagnostikani tashkil etish. Maktabgacha ta’lim 
muassasalarida bolalar bilimini baholash va tahlil qilish maqsadida 
Maktabgacha ta'1iın vazirligi tomonidan tasdiqlangan hamda Adliya 
vazirligi tomonidan qayd etilgan pedagogik diagnostika amalga 
oshiriladi. 
“Diagnostika” yunoncha so‘z bo‘lib, “bilish”, “aniqlash” ma’nosi-
ni anglatadi. 
Pedagogik diagnostika - bu bolaning individual xususiyatlari va 
rivojlanish istiqbollarini aniqlash imkonini beradigan mexanizm. 
Diagnostika pedagogga o‘z faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirayotganini 
tushunish imkonini beradi. 
Diagnostika: 
– Individual ta’lim jarayonini. 
– Ta’1im jarayonini to‘g‘ri belgilash. 
– Tanlab olingan mezonlar asosida bolalar bilimini baholashda 
kamchliklarning oldini olishga xizmat qiladi. 
Diagnostika maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talab-
lariga muvofiq, o‘quv yilining o‘rtasida va oxirida amalga oshiriladi. 
Tarbiyachi-pedagoglar dasturning barcha bo‘lim va yo‘nalishlarida 
olib borilgan ishlarni muvaffaqiyatli bajarilishini baholaydi. 


261 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 
musiqa xodimlari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, defektolog, psixolog 
va boshqa mutaxassislar o‘z yo‘nalish1ari bo‘yicha diagnostik 
tadqiqot olib boradilar. Diagnostika tavsiya etiladigan materiallar bola 
faoliyatini 3 ballik shkala bo‘yicha umumiy baholash tizimini nazarda 
tutadi. 
Dasturiy materiallarni o‘zlashtirish 3 ballik tizim orqali aniq-
lanadi: 
3 ball (Y) – faoliyat me’yorga mos keladi, ya’ni bunda bola 
topshiriqni mustaqil bajara oladi
2 ball (O‘) – me’yordan biroz pastroq, bunda bola topshiriqni 
kattalarning biroz yordami bilan bajara oladi; 
2 ball (P) – me’yordan sezilarlî darajada past – bunda kattalarning 
qo‘shimcha savol berganiga qaramasdan topshiriqni bajarishga qiy-
naladi. 
Diagnostika natijalari bo‘yicha xulosa chiqarishda ularni bolalar 
tomonidan dasturiy talablarni o‘zlashtirish darajasi bilan bog‘1ash 
mumkin (yuqori, o‘rtacha, past). 
Shartli belgilar: 
Y – yuqori; 
O‘ – o‘rtacha daraja; 
P – past daraja; 
1 – yilning o‘rtasida;
2 – yilning oxirida;
D – daraja. 
Diagnostik tahlilni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun aksariyat 
hollarda bolalarning yakuniy mashg‘ulot1ari, jamoaviy (kichik 
guruhdagi) ishlaridan iborat tekshiruv topshiriqlari taqdim etiladi. 
Diagnostikaning bunday shakli pedagog vaqtini tejaydi. Dastur 
talablarini muvaffaqiyatli o‘z1ashtirish tarbiyalanuvchilarni mashg‘u-
1ot va erkin faoliyati mobaynida kuzatish Jarayonida amalga oshiri-
ladi. 
Olingan ma’lumot1ar to‘rtta yo‘na1ish bo‘yicha jadvalga 
kiritiladi. Bunda guruhdagi har bir bolaning yutuqlari ifoda etiladi. 
Pedagoglar ta’lim-tarbiya jarayonini, bolalar bilan individual ishni 
yo‘lga qo‘yishda nimalarga e’tibor berish lozimligini ko‘rish 
imkoniga ega bo‘ladi. Har bir bo‘lim ma’1umotIar jadvaliga kiritib 


262 
boriladi. Bu esa ushbu guruh bo‘yicha Davlat talablari bajarilishining 
miqdor va sifat jihatdan tahlilidir. 
Xulosa qilib, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni baholash 
tizimi: 
– Har bir bola rivojlanishining dinamikasini kuzatib borish. 
– Ushbu ta’1im dasturining o‘zlashtirish darajasi muvaffaqiyatliligini 
baholash. 
– Har bir bola bilan ishlash istiqbollari va yo‘nalish1arini belgilash 
imkoniyatini yaratadi. 
Bunday diagnostiki bola rivojlanishini haqiqiy baholash, ta’limni 
rejalashtirish va pedagogning ta'limni amalga oshirishga tayyorlanish 
ma’lumot olish imkonini beradi. Natijalar ota-onalarning roziligi bilan 
ota-onalar qo‘mitasi vakillari ishtirokida pedagogik kengash da 
muhokama etiladi. Bunda bosh1ang‘ich sinf o‘qituvchilari taklif 
etiladi. Erishilgan natijalar bolalarning maktab ta’1imiga muvaf-
faqiyatli o‘tishi uchun pedagog ishini rejalashtirishda qo‘1lanadi. 
Pedagogik diagnostika maqsadlarni amalga oshirishda tarbiyachi 
tomonidan bolalarni kuzatish katta ahamiyatga ega. Kuzatish – bolalar 
rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlarni ularni tabiiy sharoitda (uyda, 
guruhda, ochiq maydonchada), kun davomida turli vaziyatda, butun 
yil davomida to‘plangan ma’lumotlarni lıujjatlashtirib borgan holda 
baholashning eng samarali va ishonchli usulidir. Pedagogning ishi 
ayni pedagogik kuzatuvdan boshlanishi zarur, chunki u bolani 
tushunishga, bolani tushunishdan esa u va oila a’zolari bilan o‘zaro 
aloqalarning strategiyasini tanlab olish imkonini yaratadi. 
Kuzatish – bu bolaning ishlayotgan yoki o‘ynayotgan paytida, 
uning faoliyatiga aralashmagan holda kuzatish jarayonidir. Pedagog 
bolani kuzatish orqali xatti-harakatining turi, bilim olish bo‘yicha 
qiziqishlari, ko‘nikmalar darajasi va rivojlanishdagi ijobiy o‘zga-
rishlarni aniqlaydi. 
Hujjatlashtirish kuzatilayotgan jarayonlar natijasini qayd etishdan 
iborat. 
Qayd etish kuzatilayotgan faollikni hujjatlashtirish jarayoni 
bo‘1ib, aksariyat pedagoglar bu ishni tabiiy ravishda amalga oshirsa 
ham, bolalarni muntazam kuzatish to‘liq ma’lumot to‘plash imko-
niyatini beradi. 
Kuzatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad: 


263 
Har bir bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari va ko‘nikmalarini 
aniqlash uchun; Bugun bolalarni shaxs bilishni, ularda intiluvchanlik, 
rag‘batlantirish va bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘1iq 
qondirishga yordam beradi; 
Vaqt o‘tishi va ta'lim natijalariga ko‘ra boladagi o‘zgarish va 
rivojlanishni tushunish uchun, bunda bolalarning jismoniy rivojlanib 
va hissiy jihatdan, yil davomida nutqining rivojlanishini va savodga 
tayyorlanishini ko‘rish imkoniyatini yaratadi; 
O‘qitish muhitiga o‘zgarishlar kiritish uchun - bunda bolalar 
uchun tayyorlangan joy va materiallardan ular qanday foydalana-
yotganligini kuzatib, mavjud materiallar bolalarning 
ehtiyojiga javob berish-bermasligi, ko‘pincha materiallarga 
zarurat bor-yo‘qligi masalasiga javob topish mumkin; 
E’tibor talab qiladigan holatlarni aniqlash uchun bunda bolalarda 
qondirilishi zarur bo‘lgan alohida ehtiyojlar bor yoki yo‘qligini 
ko‘rish imkoniyatini beradi. Bu eshitish, tayanch-harakat apparati va 
bola rivojlanishidagi boshqa jismoniy va ruhiy muammolar bilan 
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu kabi muammolar aniqlanishi bilan o‘z 
vaqtida tegishli mutaxassislarga murojaat etish zarur. 
Muammoviy vaziyatlarni mukammal tarzda hal etish usullarini 
aniqlash uchun pedagogga muayyan vaziyatda boladan qanday xatti-
harakat kutish mumkinligini aniqlash va shu orqali bolalarga o‘z xatti-
harakatini boshqarishni o‘rganishga yordam beradi. 
Rejalashtirishga o‘zgartirish1ar kiritish uchun. Pedagog kuzatishi 
natijalaridan foydalanib, u yoki bu narsani o‘zgartirishga ehtiyojini, 
bolalarning ehtiyojlarigamos ravishda rejalashtirishga mos ravishda 
rejaga qanday o‘zgartirish1ar kiritish lozimligini aniqlaydi. 
Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari mutaxassislari 
foydalanishi mumkin bo‘1gan ma’lumotlarni olish uchun. Kuzatish 
bolalarni, ularning qiziqishlaı’i, yutuqlari, muloqot va o‘zaro aloqa 
ko‘nikmalarini, muammolarini alohida ehtiyojlarini tushunishni 
hamda xulosalarining asosliligini tushunishga yordam beradi. 
Pedagoglar ota-onalar bilan ishlash jarayonida oilaga bola- lar, 
ı:larning kuchli va zaif tomonlari, alohida ehtiyojlari hamda xo‘proq 
bilishga ko‘mak1ashadi. Bu ma’1umot almashinuvi c!ainakam 
hamkorlik mehnatini yaratadi. 

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling