Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta
III. 2. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2023.Darslik N.T.Tosheva
III. 2. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi, inson tarbiyasi uning xalq baxt-saodati yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishga yetakchi omil deb qaraydi, chunki bu to‘plangan ijtimoiy tajribani yetkazish uchun yosh avlodga ta’sir ko‘rsatishning maxsus uyushtirilgan sistemasidir. U oilada, bolalar bog‘chasida, maktabda, mehnat jamoalarida amalga oshirilib, turmushni, faoliyatni, muomalani tashkil etishga qara- tilgandir. 54 Shaxsni shakllantirishga muhit (ijtimoiy va tabiiy muhit) katta ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy muhit shaxsni rivojlantirishda ustun ahamiyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi xususiyatini belgilab beradi. Tabiiy muhit (iqlim sharoitlari, o‘simliklar, hayvonot dunyosining ahvoli) ham shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat tabiiy boyliklarni muhofaza qilib va ko‘paytirib, kishilarni hayvonlarni, o‘simliklarni, suv havzalarini va hokazolarni muhofaza etishga jalb qiladi, tabiat bilan faol muloqotda bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi, bu esa o‘z navbatida odamga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Shaxsning hayotiy faoliyatida ijtimoiy muhit unga ijobiy, yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ijtimoiy jamiyat shaxs imko- niyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Bu jami- yatning ma’naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog‘liq. Muhit deganda shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi olam voqelik, hodisalar majmui tushuniladi. “Muhit” tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro muhit (oila) xusu- siyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o‘zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog‘da u nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, maktab, do‘stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy rivojlantiruvchi va inqirozga eltuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling