Kafedra mudiri: t.f.n. Badritdinova M.N
____________
Ushbu ishchi dastur o‘quv dasturi va o‘quv reja asosida 5510100- Davolash ishi 5111000 - Kasbiy ta’lim (5510100 - Davolash ishi ) yo‘nalishi bo‘yicha tuzilgan va Buxoro davlat tibbiyot instituti markaziy uslubiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Bayonnoma № _____ “____”______________2022 y.
Fakultet dekani: t.f.d. professor Safoyev B.B
____________
Uslubchi: Odilova R.H.
____________
Kirish
Ushbu dastur endokrinologiya fani turli aspektlarining rivojlanish boskichlarini amaliy kunikmalar va teoretik bilimlarni kamrab olgan xolda bo‘lg‘usi umumiy amaliyot vrachlarida klinik fikrlash, kasallik va uning belgilarini asoslash uchun zamin yaratib beradi. Dastur kvalifikatsion tavsifnomaga binoan, qandli diabet 2 tip, ekzogen-konstitutsional semizlik, gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarga, xamda yodtanqislik holatlarda yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi - keng tarqalgan endokrin kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda mustaqil ravishda amaliy ko‘nikmalarni bajarish va davolash, sindromal-nozologik, qiyosiy tashhislash, profilaktik chora-tadbirlarni ko‘rish va endokrin sictemadagi kasalliklarning turli varianti va shakllarida davolashga individual yondoshuvni o‘rgatishdir.
Fanning vazifalari:
Keng tarqalgan endokrin kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinik belgilari, asoratlari, davolash tamoyillari, birlamchi va ikkilamchi profilaktika bo‘yicha bilimlarni shakllantirish;
Keng tarqalgan endokrin kasalliklarni differentsial dignostikasini amalga oshirish bo‘yicha bilimlarni shakllantirish;
Diabetik komalarda shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarni shakllantirish;
Pedagogik muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |