Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllanishi


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
18.2. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllanishi.
Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontseptsiyasi 1850 
yilda Germaniyada, aholining kam ta`minlangan qatlamlarining 
moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo`lgan. 
Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini 
tuzgan German SHultse-Delich va kredit uyushmalari faoliyatining 
asosiy qoidalarini birinchi bo`lib bayon etgan hamda keyinroq kredit 
uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko`mak 
bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. 
Frederik Rayfayzeng bu inson birinchi bo`lib kredit uyushmalar uchun 
faoliyat 
printsiplarini 
yozadi 
va 
keyinchalik 
KREDIT 
UYUSHMALARI 
ASSOTSIATSIYASINI 
tashkil 
etadi. 
Bu 
assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, 
mijozlar bilan ta`minlash bilan shug’ullangan. 
Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo`lib, u 
uyushma a`zolariga tegishli va ularga demokratik printsiplar asosida 
xizmat ko`rsatadi. Kredit uyushmasining maqsadi jamg’armalarni jalb 
qilish, umumiy mablag’lardan a`zolarga kreditlar berishda foydalanish 
va uyushma a`zolarining moliyaviy ahvolini yaxshilovchi boshqa 
moliya xizmatlarini ko`rsatishdan iborat. 
Kredit uyushmalarni ro`yxatdan o`tkazish va litsenziya berishni 
amalga oshiruvchi organ bo`lib “Markaziy bank tug’risida”gi qonunga 
binoan, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. 
YUkorida aytilganidek, kredit uyushmalarining asosiy maksadi bo`lib 
o`zining a`zolariga yuqori sifatli va tezkor hizmatlar ko`rsatishdan 
iboratdir. 
Markaziy bank to`g’risidagi qonunga, “Kredit uyushmalari 
to`g’risida”gi qonunga ko`ra kredit uyushmalari faoliyatini 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tartibga soladi. U kredit 
uyushmalari uchun majburiy bo`lgan moliya operatsiyalarini 
o`tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini 
belgilaydi. 


298 
Quyidagi xujjatlar kredit uyushmalari faoliyatini tartibga soladi: 
➢ O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi; 
➢ O`zbekiston Respublikasi “Kredit uyushmalari tug’risida”gi 
qonuni; 
➢ O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining me`yoriy 
hujjatlari. 
Kredit uyushmasining ta`sis hujjati bo`lib uning ustavi 
hisoblanadi. Ustav kredit uyushmasi muassislarining umumiy 
yig’ilishida qabul qilinishi kerak. Kredit uyushmasi a`zosi, auditor, 
istalgan manfaatdor shaxsning talabiga ko`ra kredit uyushmasi unga 
ustav bilan tanishish imkoniyatini berishi shart.
Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit 
uyushmasi o`z ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar 
taqdim etadi – ya`ni, u siyosat yoki hukumatga emas, balki 
ishtirokchilarga mo`ljallangan. Kredit uyushmasining faoliyati 
moliyaviy 
subsidiyalarga 
bog’liq emas. Kreditlash uchun 
mo`ljallangan mablag’larning asosiy manbai jamg’arma depozitlari 
hisoblanadi. Ushbu mablag’larning o`sishi jamg’armalarni safarbar 
qilishning 
o`sishiga, 
kredit 
uyushmasining 
ichida 
esa 
– 
kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali o`sishga bog’liqdir. 
Kredit uyushmasi (KU) kooperativ bo`lib, unga a`zo bo`lgan har 
bir kishi uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay 
hisob varag’ingiz sizning “ulushingiz”ni bildiradi. Biroq pay badallari 
birjadagi kursi o`sishi yoki tushib ketishi mumkin bo`lgan 
aktsiyalardan farq qiladi. Pay badallari hisob varaqlari bo`yicha 
dividendlar to`lanadi. Kredit uyushmasi kooperativ bo`lganligi sababli 
u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina taqsimlay oladi. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling