Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

1. Tovar moddiy boyliklar.
2. Ishlab chiqarish xarajatlari.
3. Hisob kitoblar uchun zarur bo`lgan mablag’lar. 
Qurilish uchun "oraliq" kreditlari bino va inshootlar, offislar, 
savdo markazlari va shu kabilarni qurish uchun beriladi. Aniqrog’i 
kredit, bino va inshootlarni qurishda kerak bo`ladigan qurilish 


286 
materiallari, qurish jihozlarini sotib olishga, quruvchi ishchilarni 
yollashga beriladi. Bu kabi kreditlar kredit oluvchining boshqa bir 
o`zoq muddatli ta`minoti ostida beriladi. 
Qimmatli qog’ozlar dilerlariga kreditlar, davlat qimmatli 
qog’ozlari va xususiy qimmatli qog’ozlar dilerlari ba`zi vaqtlarda 
qisqa muddatlarda yangi qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun 
mablag’ga ehtiyoj sezadilar. Bu kabi kreditlarni ko`pgina banklar 
"jon" deb taqdim etadilar. Sababi, bu kreditlar davlat qimmatli 
qog’ozlari bilan ta`minlangan bo`ladi. Bundan tashqari, bu kreditlar 
juda qisqa muddatlarga beriladi.(bir kundan bir necha kungacha). 
CHakana 
tovaroborotga 
kreditlar. 
Banklar 
avtomobillar, 
elektrmaishiy 
jihozlar, 
mebellar 
va 
boshqa 
o`zoq 
muddat 
ishlatiladigan tovarlarni qarzga sotib olishni, dilerlar qarzga sotish 
shartnomasini imzolaganidan so`ng paydo bo`ladigan debitorlik 
qarzini moliyalashtirish orqali kredit beradi. Bu kabi kreditlashni 
debitorlik qarzini sotib olish deb ham izohlash mumkin. 
Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning 
kredit portfelida o`z ifodasini topadi.
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy 
o`rni va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini 
tasniflash mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy 
valyutada olib boradilar va ba`zi hollarda qayta moliyalashtirish va 
xususiy mablag’lari hisobidan beriladigan kreditlar, masalan, Milliy 
bank va shunga o`xshash banklarda qattiq valyutada ham ifodalanishi 
mumkin. 
Hozirgi 
vaqtda 
markazlashtirilgan 
kreditlar 
davlatning 
qarorlariga asosan ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy 
valyutada beriladi. Qayta moliyalashtirish va bankning o`z mablag’lari 
hisobidan beriladigan kreditlar mijoz kreditga layoqatli bo`lganda 
milliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasida berilishi mumkin.
O`zoq muddatli kreditlar quyidagi kreditlash ob`ektlariga 
yo`naltirilishi mumkin: 
• 
ishlab chiqarish ob`ektlarini qurish uchun;
• 
ishlab chiqarish ob`ektlarini qayta ta`mirlash, texnik 
qurollantirish va kengaytirish uchun;
• 
texnikalar, asbob uskunalar va transport vositalarini sotib 
olish uchun;


287 
• 
yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish 
uchun;
• 
noishlab chiqarish sohasidagi ob`ektlarni qurish va hokazo. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling