Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
-rasm. Tijorat banklari passiv operatsiyalari tarkibi
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
7-rasm. Tijorat banklari passiv operatsiyalari tarkibi
2 Bank tizimi faoliyati davlatning iqtisodiy xolati bilan o`zviy xolda bog’lik va unga o`ziga yarasha ta`sir ko`rsatadi, ayniqsa xozirgi bozor iqtisodiga o`tish sharoitida, mamlakatdagi moliya – kredit tizimining tashkil etilganligi, iqtisodiy tsikllarning barqarorligini bank faoliyati ko`rsatkichlari orqali ko`rishimiz mumkin. Banklarning iqtisodiy faoliyatidan kelib chiqadigan bo`lsak bank faoliyatida xam 1 Гарбузов В.Ф., Финансовокредитный словар. 391 бет. 2 Муаллиф томонидан мустақил ишлаб чиқилган 282 o`ziga yarasha extiyojlar va talablar mavjud. Bank passivlarini ikkita katta guruxga bo`lib o`rganadi: 1 Bank o`z kapitali va unga tenglashtirilgan moddalarni tashkil etish bilan bog’liq operatsiyalar; Jalb qilingan mablag’lar, depozit va nodepozit operatsiyalar. Tijorat banklarning o`z mablag’lari tarkibiga ularni passiv operatsiyalari orqali quyidagilar kiritilgan: 1) Aktsiyadorlik kapitali (Oddiy, Imtiyozli) 2) Qo`shimcha kapital, 3) Zaxira kapitali (Zaxiralar va maxsus fondlar, deval’vatsiya) 4) Taqsimlanmagan foyda 5) Qayta baxolash ortiqchasidan iborat. YUqorida aytib o`tganimizdek, o`z mablag’lari ustav kapital, rezerv kapital, maxsus fondlar, o`tgan yillardagi taqsimlanmagan foydalar, rezervlar, qayta baxolash natijalaridan iborat. SHundan, tijorat banklar ustav kapitali ular tomonidan chiqargan aktsiyalarning nominal qiymatiga teng bo`lib, bankning boshlangich ish faoliyatida bank faoliyatini yuritishi uchun kerakli darajada mablag’ga ega bo`lish maqsadida o`zi uchun etarli bo`lgan miqdorda joylashtiriladi. SHuningdek, rivojlangan mamlakatlarda fond bozorlariga joylashtirilgan aktsiyalarning nominalidan yuqori bo`lgan bozor narxlari qo`shimcha ravishda nominalidan ortiqcha qismi qo`shimcha kapitalda xisobga olinadi. Mamlakatimiz tijorat banklarining passiv operatsiyalarini tarkibida ularni depozit mablag’larini shakllantirish manbasi tijorat banklarini aktiv operatsiyalarini tashkil etishda muhim va hal qiluvchi o`ringa ega. CHunki passiv operatsiyalarni ichida ularning depozit mablag’lari tijorat banklari o`z aktivlarini oshirish hisobiga o`z likvidliligi va rentabelligini oshirish imkoniga ega bo`ladi. Depozit operatsiyalar – banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko`ra muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalardir. Pul qo`yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga bo`linadi: 1. yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar); 2. jismoniy shaxslar; 1 Усоскин В.М, Современный коммерческий банк, 1994 йил, 91 бет 283 Mablag’larni olish shakliga ko`ra depozitlar quyidagilarga bo`linadi: 3. muddatli depozit mablag’lar; 4. talab qilib olingunga qadar depozit mablag’lar; 5. aholining jamg’arma qo`yilmalari. O`z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi. Muddatli depozit mablag’lar ularning muddatidan kelib chiqib tasniflanadi; 6. 3 oy muddatgacha depozitlar; 7. 3 oydan 6 oygacha depozitlar; 8. 6 oydan 9 oygacha depozitlar; 9. 9 oydan 12 oygacha depozitlar; 10. 12 oydan yuqori bo`lgan depozit mablag’lar. Muddatli depozitlar bu banklar tomonidan ma`lum muddatga jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlarlar qo`yilgan muddatda o`zgarmas bo`lishi lozim va ular joriy to`lovlar uchun ishlatilmaydi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling