Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Nazorat uchun savollar 
1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari va ularning 
tashkiliy tuzilishini yoritib bering?
2. Tijorat banklarining funktsiyalari hamda ular faoliyatini tashkil 
qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslarini tushuntirib bering?
3. Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va ularning tashkiliy 
tuzilishini ochib bering?
4. Jamiyatda vaqtinchalik bo`sh pul mablag’larining yuzaga 
kelishi va pul mablag’larini tijorat banklarida to`planishi iqtisodiy 
ahamiyatini yoritib bering?
 
 
 


276 
17-MODUL. TIJORAT BANKLARINING AKTIV VA 
PASSIV OPERATSIYALARI 
 
17.1. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari va ularni 
amalga oshirish asoslari.
17.2. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari. Tijorat 
banklari passivlarining barqarorligi.
17.3. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari.
17.4. 
Banklarning 
qimmatli 
qog’ozlar bilan amalga 
oshiriladigan investitsion operatsiyalari. 
17.5.Tijorat 
banklarining 
komission 
vositachilik 
operatsiyalari.
17.6. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan amalga 
oshiriladigan 
emission 
operatsiyalari. 
Banklarning 
ssuda 
kapitallari bozoridan resurslar jalb etishi.
 
17.1. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari va ularni amalga 
oshirish asoslari.
Banklar o`rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabo`l qilish va 
boshqa davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. 
Keyinchalik puldorlar o`z bo`sh turgan mablag’laridan foyda olish 
maksadida ularni vaktincha foydalanishga mablag’ zarur bo`lgan 
korxonalarga ssudalar berishgan.
Mobilizatsiyalashgan 
pul 
mablag’lari banklar mijozlarini 
kreditlash uchun va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni 
qo`llabquvvatlash uchun foydalanadi. Daromad olish maqsadida bank 
resurslarini 
joylashtirish 
bilan 
bog’liq bo`lgan operatsiyalar 
banklarning aktiv operatsiyalari deyiladi.
Veksel operatsiyalari veksellarni qayd yoki hisobga olish 
bo`yicha operatsiyalar va veksellar bo`yicha ssudalar berish 
operatsiyalariga bo`linadi. 
Markaziy bankning xududiy boshqarmalarida berilgan veksellarni 
qayta hisobdan o`tkazishi mumkin. Vekselni hisobga olib bank uning 
vaqtinchalik egasi bo`ladi va vekselni emitent qilgan yoki uni hisobga 
olish uchun taqdim qilgan shaxsga ma`lum miqdorda pul to`laydi. Bu 
operatsiya uchun bank mijozdan qayd etish foizi yoki diskont deb 


277 
ataluvchi ma`lum foiz undiradi. Diskont – bu vekselda ko`rsatilgan 
summa bilan veksel egasiga to`lanadigan summa o`rtasidagi farqdir. 
Bozor iqtisodiyoti va jaxon xo`jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi 
xam rivojlana bordi. Xozirgi sharoitda banklar tobora ko`proq fakat 
sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas. 
Tijorat banklari quyidagi aktiv operatsiyalarni bajaradi: 
aktiv ssuda operatsiyalari; 
bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari; 
bankning o`z mablag’lari xisobidan amalga oshiradigan 
operatsiyalar va boshkalar. 
SHu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko`rsatadigan 
moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks 
ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar 
valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar brokerlar sifatida 
maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik xaqi oladilar. 
Tijorat banklarning samarali faoliyatini ta`minlash maqsadida 
bank nazorati va monitorngini amalga oshirish, tijorat banklari 
faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish va xalkaro talablarga 
moslash, yangi schetlar tizimiga o`tish, chet el banklarining 
shu`balarini ochish, to`lov tizimini takomillashtirish, tijorat 
banklarning 
qimmatbaxo 
qog’ozlar 
bilan 
operatsiyalarini 
rivojlantirish, pul va valyuta bozorida banklarning aktiv faoliyatini 
ta`minlash kabi dolzarb masalalar hozirgi kunda mustakil bank 
tizimining rivojlanishi tufayli o`z echimini topmokda. 
Xalk xo`jaligidagi vaktincha bo`sh turgan mablag’larni yig’ish va 
ularni kapitalga aylantirish banklarning ilk funktsyalaridan biri 
xisoblanadi. Bu funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir 
tomondan, xukukiy va jismoniy shaxslar jalb kilingan mablag’lari 
buyicha ma`lum mikdorda daromadga ega bo`ladilar, ikkinchi 
tomonidan bu mablag’lar banklarning kreditlash kudratini tashkil 
kiladi va bu resurslarga asoslangan xolda. banklar ssuda 
operatsiyalarini olib boradi. Vaktincha bo`sh mablag’lar banklar 
ishtirokisiz bir korxona (tarmok) tomonidan ikkinchi korxona 
(tarmok)ga 
vaktincha 
foydalanishga 
beriladigan 
bo`lsa, 
bu 
munosabatlarni tashkil qilishda ma`lum kiyinchiliklar yuzaga kelishi 
mumkin: 


278 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling