Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
17.4. Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalari. Tijorat banklari aktiv operatsiyalarining yana bir turi fond operatsiyalaridir. Turli qimmatli qog’ozlar uning ob`ekti bo`lib xizmat qiladi. Banklarning qimmatli qog’ozlar bo`yicha operatsiyalarining ikki turi ko`proq qo`llaniladi. Bo`lar qimmatli qog’ozlarni kreditning ta`minlanganligi uchun qabo`l qilish yo`li bilan ssudalar berish va ularni bank tomonidan o`z hisobiga sotib olish yo`li bilan operatsiyalar o`tkazish. Qimmatli qog’ozlar ta`minoti bo`yicha ssudalar ularning to`liq bozor kursi qiymati bo`yicha emas, balki ularning ma`lum bir qismi (6080%) bo`yicha beriladi. Qimmatli qog’ozlar soxta kapitalni ifodalasada, ular bo`yicha ssudalar haqiqiy tovar ishlab chiqarish bilan bog’langan jarayonga xizmat qiladi. Bundan tashqari, qimmatli qog’ozlardagi bank investitsiyalari ham mavjud bo`lib, bu holda bank turli emitentlardan qimmatli qog’ozlarni sotib oladi va bank qimmatli qog’ozlar portfeli vujudga keladi. Bank tomonidan qimmatli qog’ozlarning xarid qilinishidan maqsad – bu qimmatli qog’ozlarni keyinchalik qayta sotish yoki kapitalning o`zoq muddatga qo`yilishi yo`li bilan foyda olishdan iborat. Oxirgi yillarda Respublikaning ko`pgina tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida, davlatning xazina majburiyatlarini ko`p miqdorda sotib olishdi. CHunki qimmatli qog’ozlarning bu turi bankka kafolatlangan daromad keltiradi. Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ta`minoti sifatida ko`chmas mulk, boshqa bank yoki sug’o`rta tashkilotining sug’o`rta kafolati ham qabo`l qilinishi mumkin. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kreditlash jarayoni asosiy o`rinni egallaydi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o`z ichiga oladi: 288 – kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini ko`rib chiqish; – qarz oluvchining to`lovga va kreditga layoqatliligini bank tomonidan o`rganib chiqilishi; – kredit qo`mitasining qarori; – kredit bitimini rasmiylashtirish; – kredit berilishi; – ssuda va u bo`yicha foiz to`lashning bank tomonidan nazorat qilinishi. Kredit va uni to`lash jarayoni kredit shartnomasida ko`rsatilgan bo`lib, kredit va qarz oluvchi o`rtasidagi majburiyat va huquqlarni belgilab beradi. Unda kreditlashning maqsadi va ob`ekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to`lash muddati, kredit ta`minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar ko`rsatiladi. Ssudani to`lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini muntazam tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi Tijorat banklari o`z faoliyati davomida turli xil xizmatlar ko`rsatadilar. Tijorat banklarining bu xizmatlari ular uchun ma`lum daromad olib keladi. Bu daromadlar komission mukofot, o`tkazmalar va yig’imlar shaklida bo`lishi mumkin. Keyingi yillarda bank xizmatlarining turlari va miqdori o`sib, bu soha bank faoliyatining sezilarli yo`nalishiga, ularning daromadining manbalaridan biriga aylanib bormoqda. O`zbekistonda tijorat banklar faoliyatining tahlili shuni ko`rsatadiki, ba`zi banklar daromadlari tarkibida asosiy o`rinni har xil xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi. Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing (Leasing – ingl. «ijara») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog’liq faoliyat turlari keng rivojlanmoqda. Bu operatsiyalarning mohiyati shundaki, banklar mashinauskuna, jihozlar, transport vositalarini sanoat korxonalariga o`zoq muddatli ijaraga beradi va ular bilan lizing shartnomalarini to`zadi. Bu holda bank vositalarni sotib olish uchun sanoat korxonalariga ssuda berish o`rniga ularni o`zi sotib oladi va iste`molchilarga ijaraga bergan holda egalik huquqini o`zida saqlab qoladi. Bunda bank ssuda foizini emas, balki ijara haqini (lizing to`lovini) oladi. Korxonalar uchun esa lizing investitsiyalarni moliyalashtirishning maxsus usullaridan biri hisoblanadi. Tijorat banklari o`z faoliyati davomida turli xil xizmatlar ko`rsatadilar. Tijorat banklarining bu xizmatlari ular uchun ma`lum 289 daromad olib keladi. Bu daromadlar komission mukofot, o`tkazmalar va yig’imlar shaklida bo`lishi mumkin. Keyingi yillarda bank xizmatlarining turlari va miqdori o`sib, bu soha bank faoliyatining sezilarli yo`nalishiga, ularning daromadining manbalaridan biriga aylanib bormoqda. O`zbekistonda tijorat banklar faoliyatining tahlili shuni ko`rsatadiki, ba`zi banklar daromadlari tarkibida asosiy o`rinni har xil xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi. Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing (Leasing – ingl. «ijara») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog’liq faoliyat turlari keng rivojlanmoqda. Bu operatsiyalarning mohiyati shundaki, banklar mashinauskuna, jihozlar, transport vositalarini sanoat korxonalariga o`zoq muddatli ijaraga beradi va ular bilan lizing shartnomalarini to`zadi. Bu holda bank vositalarni sotib olish uchun sanoat korxonalariga ssuda berish o`rniga ularni o`zi sotib oladi va iste`molchilarga ijaraga bergan holda egalik huquqini o`zida saqlab qoladi. Bunda bank ssuda foizini emas, balki ijara haqini (lizing to`lovini) oladi. Korxonalar uchun esa lizing investitsiyalarni moliyalashtirishning maxsus usullaridan biri hisoblanadi. Lizing operatsiyalarida uch sub`ekt – ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va mol etkazib beruvchi ishtirok qiladi. Ijaraga beruvchi bu – moliyaviy xarakterdagi vazifani bajaruvchi, ixtisoslashgan moliyaviy (lizing) korxonadir. Lizing, eng avvalo, moliyaviy investitsiyayalarning vositasi va ishonchli moliyaviy manbalarni talab qilgani uchun jahon amaliyotida lizing kompaniyalari banklar tomonidan nazorat qilinadi yoki ularning sho``ba korxonalari bo`ladi. Ijaraga oluvchi – ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun vositalarni ijaraga oluvchi ishlab chiqarish yoki savdo korxonasidir. Mol etkazib beruvchi tomon lizing shartnomasi ob`ektini ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilot bo`lib, u ishlab chiqarish yoki savdo korxonasi sifatida bo`lishi mumkin. Odatda, mol etkazib beruvchi va ijaraga oluvchi tijorat shartnomasining asosiy shartlarini ishlab chiqadi. SHu bilan bir qatorda, ijaraga beruvchi (bank) moliyalashtirish shartlarini o`rganib chiqadi va ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini imzolaydi. Moliyalashtirish masalasini hal qilishda bank mijozning daromad darajasini o`rganib chiqadi. Lizing ob`ektidan to`g’ri va samarali foydalanish imkoniyatlarini ba`zida mutaxassislar ko`rib 290 chiqishi va qo`shimcha kafolatlar talab etilishi mumkin. SHartnomada lizing operatsiyalari bo`yicha ijara muddati, miqdori, valyutasini, ijara haqini to`lash muddati va shartlari, ijaraga olinuvchining vositaning (asbob-uskunaning) tarkibi, ishga yaroqligi bo`yicha majburiyatlari va boshqa ko`rsatkichlar o`z ifodasini topishi lozim. Amaliyotda lizingning bir necha turlari qo`llaniladi. Bo`lar operativ yoki ishlab chiqarish lizingi, moliyaviy lizing va boshqalardir. Operativ lizing ko`proq ishlab chiqarish davri bilan bog’liq bo`lib; ob`ekt qisqa davrga, ya`ni uning hayotiy yaroqlilik davridan qisqaroq vaqtga ijaraga beriladi. Bu holda ob`ektning amortizatsiyasi (eskirishi) to`liq amalga oshmaydi, ya`ni ob`ektni yana bir necha marta ijaraga berish imkoniyati saqlanib qolinadi. Tijorat banklari va ularning lizing kompaniyalari tomonidan, odatda, ko`proq moliya lizing operatsiyalari o`tkaziladi. Lizingning bu turi eng ko`p tarqalgan lizing shakllaridandir. U shartnomaning o`rta va o`zoq muddatligi bilan tavsiflanadi. Bunda amortizatsiya to`liq bo`lishi yoki ijara ob`ekti qoldiq bahoda qaytarib berilishi mumkin. Bu haqda ijaraga oluvchi ijara muddati tugashidan oldin e`lon qiladi. Moliyaviy lizing haqiqatda ijara ob`ektini o`zoq muddatli kreditlash bo`lib, oddiy savdosotiqdan (egalik huquqi xarid vaqtida iste`molchiga o`tadi) farq qiladi. Lizing kompaniya asosiy vositalarni ijaraga oluvchi korxonaning ko`rsatmasiga binoan sotib oladi. Uni shu korxonaga o`zoq yoki o`rta muddatga (3, 5, 7 yilga) ijara shartnomasiga asosan sotishi va lizing muddati tugagandan keyin qoldiq bahoda sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini tuzishi mumkin. Tijorat banklarining moliyaviy operatsiyalarining yana bir turi bu faktoring operatsiyalari hisoblanadi. Bu operatsiyalar butun xo`jalik ko`lamida to`lovlar aylanishini amalga oshirish bilan bog’liqdir. Faktoring (ingl. Factor – vositachi) – hisob-kitoblarni tashkil etish sohasidagi yangi xizmat turlaridan bo`lib, mijozning aylanma kapitalini kreditlash bilan muvofiqlashadi. Bunday operatsiyalarni chet ellarda, odatda, maxsus faktoring kompaniyalari amalga oshiradilar. Ular banklar bilan bog’liq yoki ularning ixtisoslashgan sho``balari va kompaniyalari hisoblanadi. Moliyaviy aktivlar miqdorining o`sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining ishonch (trast ing. Trust“ishonch” ) 291 operatsiyalarining hajmining oshishiga olib kelmoqda. Bankning bu xizmatlari bank bilan mijoz o`rtasida ishonchlilik munosabatlarining o`rnatilishi bilan bog’liq. Tijorat banklarining trast bo`limlari, mijozlar topshirig’i bo`yicha uning nomidan asosan mulk egaligi bilan bog’liq va boshqa xizmatlarni bajaradi. Banklar trast operatsiyalarini xususiy korxona va firmalar, shaxslar va boshqa tashkilotlar uchun amalga oshiradi. Trast operatsiyalarini uch turga bo`lish mumkin: dalolatnoma, g’amxo`rlik bilan bog’liq operatsiyalar va vositachilik xizmatlari bo`yicha ko`rsatiladigan operatsiyalardir. Merosni boshqarish bilan bog’liq trast operatsiyalari xususiy shaxslar dalolatnomasi bo`yicha amalga oshirilib, bankning trast bo`limi qator majburiyatlarni o`z zimmasiga oladi. Ularning asosiylariga: merosxo`rning merosini sud qarori yoki meros xati asosida to`plash, boshqaruv ma`muriy xarajatlarini to`lash, merosxo`rlar o`rtasida merosni bo`lishi va shu oila a`zolariga xususiy xizmatlarni ko`rsatish kiradi. Bank kreditlashga oid yana bir usul, qimmatli qog’ozlarni qayta sotib olish sharti bilan oldisotdi operatsiyasi yoki qisqacha “repo” operatsiyasidir. Ushbu operatsiyalar odatda qisqa muddatli kreditlashda qo`llaniladi. Agar korxona yaqin kelgusida erkin pul mablag’larini kiritayotgan va o`sha kqmmatli qog’ozlarga investitsiya qilishni rejalashtirayotgan bo`lsa, ushbu vaqt ichida bahzibir xarajatlarni qayta moliyalashtirish yoki agar qimmatli qog’ozlarni korxona sotishni istamasa va foiz stavkalari bozorda pasayishini kutib, ushbu qog’ozlarni kredit evaziga foiz to`lashdan ko`ra, kattaroq daromad olishi kutilayotgan bo`lsa, u xolda, yuqorida aytilganidek, qisqa muddatli kreditlash amalga oshiriladi. Operatsiya mazmuni, bank korxonalarni o`sha vaqtda bozordagi narxdan arzonroq narx bilan sotib oladi va sotish narxidan xam yuqoriroq narxda sotadi, shunda narxlar o`rtasidagi tafovut bankka qisqa muddatli kreditlash stavkasidan xam pastroq daromadni tahminlaydi. Buning bank uchun foydali jixati, bank qimmatli qog’ozlarni bozor narxidan arzonga sotib olib, foiz stavkalarida bo`ladigan to`lovga muqobilligi yuzaga kelganda, bank qog’ozlarni qaytib sotib oladi. Hozirgi banklar aktsiyador tijorat banklari sifatida tashkil qilinib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslashgan va ular ixtisoslashgan banklar bo`lsada, boshqa tarmoqlardagi mijozlarga ham 292 kredit va hisobkitoblar bo`yicha xizmat ko`rsatishlari mumkin. Banklar faoliyatining universallashuvi ular o`rtasida raqobatning yuzaga kelishiga, bu esa ularning bozor iqtisodiyotiga barqaror kirib borishini ta`minlaydi. ● Bank aktsiyadorlarini moddiy jihatdan manfaatdorligini oshirish va ularning bank Boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish bilan bog’liq bo`lgan muammolar. a) Bank aktsiyadorlarining moddiy manfaatdorligini ta`minlash bilan bog’liq bo`lgan muammo) Bank aktsiyadorlarining bank boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish bilan bog’liq bo`lgan muammo 1998 yil 2 oktyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aktsiyadorliktijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari to`g’risida»gi Farmoniga muvofiq: ustav kapitalida davlatga tegishli aktsiyalar paketi 25 foizdan ortiq bo`lgan tijorat banklarining bank kengashi tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ishonchli vakil kiritiladi, uning zimmasiga mazkur aktsiyalar paketini boshqarish vazifasi yuklatiladi; aktsiyadorlik-tijorat banki Kengashi bank filiallarining Boshqaruvi va rahbarlar bilan birgalikda bankni samarali boshqarishni tashkil etish, kreditlar berilishi va ularning o`z vaqtida qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling