Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Pul islohotlarini amalga oshirish usullari
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
7.2. Pul islohotlarini amalga oshirish usullari. Agar inflyatsiya sur’atlari yukori bulsa, denominatsiya o`tkazish xech kanday samara bermasligi mumkin. Fakat pul isloxotini o`tkazish yuli bilan pul tizimini barkarorlashtirish mumkin bo`ladi. Pul isloxotini o`tkazish quyidagi yo`llar bilan amalga oshirilishi lumkin: - muomaladagi pul massasini kamaytirish maksadida, deflyatsiya kursi bo`yicha pullarni yangi pullarga almashtirish: - axoli va korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to`lik yoki qisman ) xarakatsiz ushlab turish ( qotirib qo`yish): - ikkala usulni birgalikda qo`llash yo`li orqali pul isloxotini o`tkazish: bu usul xalqaro amaliyotda “shok yuli” bilan davolash nomi bilan mashxurdir. Bu usul 1948 yilda G’arbiy Germaniyada xarbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o`tishda qo`llanilgan. “SHok yo’li” bilan davolashda ish haqini to`lashni to`xtatib qo`yish, ishlab chikarishni qisqartirish, pul islohotini o`tkazish, ish o`rinlarini qisqartirish kabi qattiq choralar qo`llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Germaniyada 1948 yilning iyun oyida o`tkazilgan pul islohatida axolining nakd pullari va jamg’garmalari 6,5 yangi nemets markasiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi. Aholining pul jamg’armalarini to`lash vaqtincha to`xtatilgan, keyinchalik faqat 30 foiz atrofida to`langan va xar bir kishiga 60 nemets markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyx markasidagi qarzi, mamlakatda bo`lgan disbalans tugatilgan va shu yo`l bilan inflyatsiyaning o`sish sur`atlari tuxtatilgan. “SHok yuli” bilan davolash YAponiyada 1949-50 yillarda o`tkazilgan va u “Dodj rejasi” degan nomini olgan.Bu rejaga asosan YAponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar amalga oshirilgan.Erkin baxoga o`tish bilan bir vaqtning o`zida er islohati o`tkazildi, byudjet kamomadini yo`kotish yo`llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi, korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, axoli jamg’armalari ishlatilmasdan qotirib 141 qo`yildi. Iqtisodni “shok yuli” bilan davolash SHarqiy Evropa mamlakatlari -Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda ham qo`llanilgan. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling