Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Denominatsiya va uni amalga oshirish tartibi. Nullifikatsiya
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
7.3. Denominatsiya va uni amalga oshirish tartibi. Nullifikatsiya va uni amalga oshirish tartibi. Denominatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi. Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o`z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolarni o`sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo`nalishda olib boriladi: 1) Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo`lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko`tarish) va pul massasini cheklashni o`z ichiga oladi. SHuni ta`kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni sekinlashuviga sabab bo`ladi; 2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo`lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o`sishini ma`lum chegarasi o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo`yiladi. Daromadlar siyosati o`z mohmiyatiga ko`ra qat`iy siyosat hisoblanadi va u aholi o`rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi. Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi karash olib borish tajribasida biz ta`kidlab o`tgan ikki yo`nalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan. Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda: 142 -milliy iqtisodiyotni sog’lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash; - raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish; - xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish; -tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag’batlantirish; - soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarning rag’batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish; - davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash; - mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog’ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish; - pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish; - tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag’batlantirish; - erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish; - davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish; - davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanishdan iboratdir. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling