Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

6.16-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari. 
Bundan tashqari, inflyatsion kutilmalar kredit va depozit foiz 
stavkalari hamda kredit xizmatlari foydalanuvchilarining talabi 
shakllanishiga ta`sir o`tkazish orqali ularning iqtisodiyotdagi 
kreditlashga bo`lgan kayfiyatida ham namoyon bo`ladi. Xususan, 
inflyatsion 
kutilmalar 
oshishi 
kuzatilganda 
depozitlarning 
jozibadorligini saqlab qolish maqsadida ularning foiz stavkalari 
oshiriladi va bu o`z o`rnida kredit resurslari qimmatlashuviga hamda 
kredit foiz stavkalarining ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Kredit foiz 
stavkalarining o`sishi esa aholi va korxonalarning kelgusida kredit 
olish rejalariga ta`sir qiladi. SHuningdek, agar kredit stavkalari oshishi 
kreditga bo`lgan talab pasayishiga olib kelmasa, kelgusida bu holat 
iqtisodiyotda inflyatsion bosim oshishiga olib keladi. 
Sentyabrdagi so`rovlar natijalariga ko`ra, kredit stavkalari oshishi 
bo`yicha 
aholining 
kutilmalari 
ortib 
bormoqda. 
Xususan, 
respondentlarning uchdan ikki qismi kelgusi 12 oy davomida yillik 
kredit foiz stavkalari 16–25 foiz darajasida bo`lishini kutishmoqda (-
rasm). SHu bilan birga, respondentlarning yarmidan oshig’i qisqa 
muddatli istiqbolda bank kreditini (asosan avtokredit, iste`mol krediti 
va ipoteka) olish niyati borligini ta`kidlab o`tishgan. Bu esa aholining 
kredit resurslariga bo`lgan talabi yuqori darajadaligini ko`rsatadi. 


136 
Bunda aholini faol kreditlash iste`mol talabini rag’batlantirib, narxlar 
dinamikasiga oshiruvchi ta`sir ko`rsatadi. 
6.17-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari. 
Aholining joriy kredit va jamg’arma kayfiyatlari keyingi yilda 
iqtisodiy faollik oshishini ko`rsatmoqda, bu esa inflyatsiyaga talab 
nuqtai nazaridan bosim saqlanib qolishini anglatadi. Ta`kidlash joizki, 
iqtisodiyotda yalpi talab va iqtisodiy faollik oshib borayotgan paytda 
importni cheklash siyosati olib borilishi kelgusi inflyatsion bosimning 
keskin oshishiga olib kelishi mumkin. 
O`zbekiston iqtisodiyotida shakllangan mavjud inflyatsion 
kutilmalar sharoitida kelgusida ichki narxlar oshishini sekinlashtirish 
uchun qat`iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish lozim bo`ladi. 
Markaziy bank o`rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini 
yuritishda ushbu shart-sharoitlarni inobatga oladi. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling