Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Kreditning printsiplari. Kreditning zarurligini belgilovchi


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
8.3. Kreditning printsiplari. Kreditning zarurligini belgilovchi 
omillar.
Kredit munosabatlari iktisodiyotda mavjud anik uslubiy asoslarga 
tayanadi. Uning asosiy elementlari bo`lgan ssuda kapitali bozori 
operatsiyalari ma`lum tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoyillar 
kredit rivojlanishining birinchi boskichida ko`zga tashlangan edi. 


155 
Keyinchalik esa ular umumdavlat va xalkaro kredit konunchiligida 
yakkol uz aksini topdi. Iktisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha 
tamoyillarga ega. Bular kreditning qaytarib berishliligi, kreditning 
muddatliligi, kreditning ta`minlanganligi, maqsadliligi va to`lovlilik 
tamoyillaridir.
Kreditning qaytarib berishlilik tamoyili. 
Bu tamoyil kreditning mustakil iktisodiy kategoriya ekanligi 
shartidir, kaytib berishlik kreditning umumiy belgisi hisoblanadi, 
kaytib berishlilik o`z-o`zidan vujudga kelmaydi: u moddiy 
jarayonlarga, qiymatning aylanishini tugashiga asoslanadi. Ammo 
doiraviy aylanishning tugashi – bu qaytarib berishi emas, fakat 
qaytarib berish uchun zamin tayyorlashdir. Kreditni qaytarish 
aylanishdan chikkan mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larining 
qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi, qaytarib berishlilik 
ikki yoklama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun xam, qarz oluvchi 
uchun xam bir xil darajada muximdir. 
Qiymatni qaytaruvchi xarakatida xukukiy tomoni xam muximdir. 
Muayyan bir muddatga beriladigan kiymatga egalik xukuki 
kreditordan qarz oluvchiga o`tmaydi. 
Qarzga beriladigan kiymat fakat muayyan bir muddatgina o`z 
egasi qo`lidan uzoqlashadi, lekin egasini o`zgartirmaydi. 
Bo`sh turgan resurslarni akkumulyatsiya qiluvchi banklar bu 
resurslardan o`z resurslari sifatida foydalana olmaydi. Bank qarzga 
beruvchi mablag’ning egasi bo`lib korxona, tashkilot, alohida shaxslar 
xisoblanadi. 
Qaytarib berishlilik muayyan shartnomada o`zining o`rnini 
topadi. 
Qaytarib berishlilik ob`ektiv belgi xisoblanadi. Kreditni qaytarib 
berishlilik tomoni uni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu 
jumladan, moliyadan farq qilish imkonini beradi. 
Kreditdan samarali foydalanish asosidagi qaytarib berishlilik – 
butun bank faoliyatining markaziy punkti hisoblanadi. Kreditning bu 
tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz 
summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko`chirish yo`li bilan 
to`lanadi. SHu yo`l bilan banklar kredit resurslarining qayta 
tiklanishini ta`minlaydilar. Sobiq ittifok davrida markazlashgan rejali 
iktisodiyot sharoitida kreditlashning «qaytarilmagan ssuda» deb 
ataladigan norasmiy tushunchasi bor edi. Kreditlashning bu shakli 


156 
xalq xo`jaligining ko`p tarmoklarida ayniksa qishloq xo`jaligi 
soxasida keng tarqalgan edi. Kredit davlat banki tomonidan qarz 
oluvchining moliyaviy ahvolini hisobga olmagan holda berilar edi. 
O`zining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra qaytarilmaydigan ssudalar 
byudjet subsidiyalarini qo`shimcha shakli sifatida namoyon bo`ladi. 
Bozor iktisodiyoti sharoitida «qaytarilmas kredit» tushunchasi bozor 
iktisodiyoti tamoyillariga yot bo`lib bunday kreditning amaliyotda 
bo`lishi iktisodiyot uchun juda xavfli hisoblanadi. 
Kreditning muddatliligi. 
Bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni o`z vaqtida 
qaytarib berish muddatini, ya`ni kreditning qanday muddatga 
berilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda shu muddatlilik tamoyiliga 
ko`ra uzoq va qisqa muddatli kreditlarga bo`linadi. 
Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo`lgan har 
qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida ko`rsatilgan ma`lum 
muddatda kreditni qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi. Kreditning 
muddatliligi har ikkala tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun 
muhimdir. Agar kreditor foizni bilan o`z vaqtida qaytarib olsa, uni 
egasiga qaytarish yoki yana kreditga berish imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Qarz oluvchi kreditni samarali ishlatib, uni o`z vaqtida kreditorga 
qaytarish va shu bilan shartnomadagi jazo choralaridan qutulishidan 
manfaatdor. Kreditning muddati bo`yicha kredit shartnomada 
ko`rsatilgan shartlarning buzilishi natijasida qarz beruvchi qarz 
oluvchiga iqtisodiy choralar (jarimalar shaklida, kredit bo`yicha foiz 
darajasini oshirish, kreditni muddatini qisqartirish va boshqa) ni 
qo`llash mumkin.
Kreditning ta`minlanganligi. 
Bu ta`moyil yordamida xalk xo`jaligining rivojlanishida qiymat 
va moddiy ishlab chiqarish o`rtasida bo`lishi zarur bo`lgan 
proportsiyalarning bir meyorda bo`lishi ta`minlanadi. Bu tamoyilning 
asosiy moxiyati shundaki, bunda xo`jalik aylanishida ishtirok etuvchi 
bank mablag’larining xar bir so`miga muayyan boyliklarning bir 
so`mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan xalq xo`jaligi 
tarmoqlariga berilgan kreditlar to`liq tovar moddiy boyliklari va 
ma`lum xarajatlar bilan ta`minlangan bo`lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, kreditning ta`minlanganlik ta`moyili qarz 
oluvchi o`ziga olgan majburiyatlarni buzish sharoitida qarz 
beruvchining mulkdorlik manfaatlarini ximoya qilishni ta`minlaydi va 


157 
o`zining amaliy aksini kreditni biror garov yoki moliyaviy kafolat 
asosida berishda topadi. Bu umumiktisodiyot barqarorlikka erishish 
davrida ayniqsa muhimdir. 
4. To`lovlilik tamoyili. 
Bu 
tamoyil 
aylanma 
fondlarning 
doiraviy 
aylanishini, 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta`minlovchi to`lov 
resurslari summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. 
Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari 
uchun kreditorga foiz shaklida to`lovni o`tkazadilar. Kreditning 
to`lovligi uni to`liq summada o`z egasiga qaytarilishinigina emas, shu 
bilan kredit uchun foiz shaklidagi to`lov bilan qaytarilishini 
ifodalaydi. Demak, kreditor o`z mablag’larini xech vaqt o`z xajmida 
qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga 
berganligi uchun muayyan to`lov talab kiladi. (foizsiz imtiyozli 
kreditlar bundan mustasno). 
Kreditning to`lovliligi nafakat banklar faoliyatining maqsadiga, 
balki korxonalarning bevosita foydasiga bog’lik bo`ladi va ijobiy 
ta`sir ko`rsatadi. 
Kredit uchun xaq to`lashning iqtisodiy moxiyati qarz beruvchi va 
qarz oluvchi o`rtasidagi qo`shimcha olingan foydaning taqsimlanishini 
qayd qilishda namoyon bo`ladi.
5. Kreditning maqsadliligi. 
Bu tamoyilning moxiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan 
olingan kreditlar anik bir maqsadni amalga oshirishga yo`naltirilgan 
bo`lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo`naltirilganligi, masalan, 
tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish 
xarajatlarini qoplashga va xakozo anik biror ob`ektga maqsadli 
yunaltirilganligi korxona bilan bank o`rtasida tuziladigan kredit 
shartnomada ko`rsatilgan bo`ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina 
kredit shartnomada ko`rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak. 
Bunda kredit muayyan, anik ob`ektga: ishlab chiqarish 
xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor maxsulotga, 
jo`natilgan tovarlarga, xisob-kitob xujjatlariga va xakozolarga 
beriladi. 
YUqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya 
sifatida mavjud bo`lishi va xarakat qilishining muxim tomonlarini 
o`zida ifodalaydi. 


158 
Kreditning 
samaradorligini 
ta`minlash 
maqsadida 
g’arb 
mamlakatlari amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi 
qo`llaniladi. Bu qoida kreditlashda «5 «S» lar qoidasi» deb yuritiladi. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling