Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
- Bu sahifa navigatsiya:
- ob`ekti bo`yicha
- xarakteri bo`yicha - davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga;
- shakli bo`yicha - davlat, bank, tijorat; - tashqi savdo tizimida tutgan o`rni bo`yicha - eksportni kredit, importni kreditga; - muddati bo`yicha - qisqa muddatli-1 yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga; - ob`ekti bo`yicha - tovar va valyuta; - ta`minlanganligi bo`yicha - tovar-moddiy boyliklar bilan yoki xujjatlar bilan ta’minlangan kreditlarga bo`linadi. eksportni kreditda davlat tomonidan subsidiya ajratilganligi uchun firma kreditlari bo`yicha foiz stavkalari odatda foiz stavkalarining bozor baxosidan past bo`ladi. Xalqaro bank kreditlarining bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit), evrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan evrovalyuta bozori resurslari xisobidan evrovalyutada, 2 yildan 10 yilgacha bo`lgan muddatga, o`zgaruvchan foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud. 8.6. Kredit qonunlarining zarurligi va ob`ektivligi. Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha olib kelish xato hisoblanadi. Alohida olingan bir 164 omilning o`zi kredit berilishi uchun u yoki bu darajada etarli bo`lmasligi mumkin. Masalan, aytaylik korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishi jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug’iladi. SHunga asosan kredit takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta`minlash zarurligidan kelib chiqadi, degan shartga asoslangan holda kredit berilishi kerak. Ammo bunda qo`shimcha resurslarga muhtojlik o`z o`zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini ifodalamaydi. Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar ham mavjud bo`lishi kerak. Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo`nalishlaridan biri kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur. Tijorat kreditida kreditor va qarzdorlar bo`lib faoliyat kursatuvchilar (ishlab chikaruvchilar) xisoblanadilar. Tijorat kreditining cheklanishlari mavjud bo`lib ular: - faoliyat ko`rsatuvchilarning zaxira kapitallari xajmi bilan cheklanganligi, ya`ni unga xozirgi davrda oborot (muomala) uchun zarur bo`lmagan kapital bilan cheklanganligi; - yo`nalishiga ko`ra, uni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish vositalarini iste`mol qiluvchilarga berishi mumkin, ammo teskarisi bo`lishi mumkin emas. Tijorat kreditidan farkli ularoq bank krediti nafaqat tovarlar muomalasiga xizmat kursatadi, balki yanada kengrok muxitda faoliyat ko`rsatadi. Bank krediti - pul egalari, banklar va boshka kredit institutlari tomonida ishlab chikaruvchilarga, xamda boshka qarz oluvchilarga pul shaklida beriladigan ssudalardir. Bank kreditining ob`ekti- pul kapitalidir. Bank kreditida ishlab chikaruvchi shaxslar (faoliyat kursatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar bo`lib esa ssuda kapitali egalari xisoblanadilar. Bank krediti jamiyat barcha sinflarini pul daromadlari va jamg’armalarini kapitalga aylantirib kapitalni jamg’arilishiga sababchi bo`ladi. Tijorat krediti veksel’ bilan xujjatlashtiriladi. Tijorat kreditining foizi, tovarlar pagonasiga va veksel’ summasiga qo`shiladi va u bank 165 krediti foizidan past bo`ladi. Bank kredit foizining maksadi ssudalar xisobiga daromad (foyda) olishdir. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling