Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
9.3. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari va shart-
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
177 9.3. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari va shart- sharoitlari. Hozirgi davrda bank kreditlarini berish tizimi tijorat kreditlari berish tizimiga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Buning asosiy sababi pulning yuqori likvidli akti ekanligidir. Kreditning sub`ektlari bo`lib quydagilar hisoblanadi. - Banklar; - nobank kredit tashkilotlari, kredit uyushmalari, lombardlar, mikromoliyalash tashkilotlari, kredit korperativlari va boshqalar; - korxonalar; - jismoniy shaxslar; - davlat; - davlat organi; - halqaro moliya kredit tashkilotlari. Kredit-qiymatning harakati bo`lib pul va tavar ko`rinishidagi mablag’larni qaytarib berishlilik, muddatlilik va foiz to`lashlilik asosida berish natijasida yuzaga keladi. Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin: birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo`sh qolgan mablag’larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi; ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi. Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo`lishi zarur. SHu masala bo`yicha ba`zi iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan kredit yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko`proq e`tibor berilganini ko`rsatib o`tish mumkin. Ba`zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur, deb ta`kidlanadi. Agar bu fikr to`g’ri deb qaraydigan bo`lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo`ladi, chunki u qarz berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan ob`ektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog’liq bo`lib qoladi. 178 Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinki, kreditning ob`ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir. Kreditga zarurat tug’ilganda quyidagi manbalardagi bo`sh mablag’lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir: ➢ asosiy fondlarni tiklash, kapital tamirlash uchun ajratiladigan amortizatsiya sifatidagi pul mablag’lari; ➢ tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo`sh pul mablag’lari; ➢ tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini to`lash vaqtlari orasida vaqtincha bo`sh turib qolgan pul mablag’lari; ➢ kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig’iladigan va kapitallashtirish uchun mo`ljallangan qo`shimcha mablag’lar; shaxsiy sektor daromadlari, jamg’armalari va boshqa bo`sh pul mablag’lari Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha olib kelish xato hisoblanadi. Alohida olingan bir omilning o`zi kredit berilishi uchun u yoki bu darajada etarli bo`lmasligi mumkin. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling