Bank kreditining maqsadliligi. Jahon amaliyotida umumiy biror
ehtiyojni qoplash uchun ishlatiladigan kreditlar mavjud. Bunda bank
tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchining moliyaviy
resurslarga bo`lgan turli ehtiyojlarini qondirish uchun o`z ixtiyori
bo`yicha ishlatiladi. Hozirgi sharoitda ular qisqa muddatli kreditlash
sohasida cheklangan tarzda qo`llaniladi, o`rta va uzoq muddatli
kreditlashda umuman qo`llanilmaydi. Bizning amaliyotimizda banklar
tomonidan biror maqsadni amalga oshirish uchungina kreditlar
beriladi.
Kreditning
qaysi
maqsad
uchun
berilayotganligi
kredit
shartnomasida ko`rsatiladi va bank tomonidan berilgan resurslar qarz
oluvchi tomonidan faqatgina shartnomada ko`rsatilgan masalani hal
etish uchun ishlatiladi. (masalan, olinayotgan tovarlar bo`yicha
hisoblashish, ish haqi to`lash va h.k. uchun) Qarz oluvchi tomonidan
ko`rsatilgan majburiyatlarning buzilishida bitimda ko`rsatilgan
jarimalar qo`llaniladi.
Qarz oluvchilarning kategoriyalari. O`zining faoliyat doirasiga
qarab, qarz oluvchi korxona va tashkilotlar bir necha guruhlarga
bo`linishi mumkin. Masalan, agrar sohada kredit oluvchilar. Bu
sohaning bo`lishi – maxsus kredit muasasalari – agrobanklarning,
keyinchalik qishloq xo`jaligi sohalariga xizmat ko`rsatuvchi boshqa
banklar Paxtabank, G’allabank va boshqa shu turdagi banklarning
tashkil topishini belgilab beruvchi asos hisoblanadi. Bu banklar
faoliyatining o`ziga xos xususiyati qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi
bilan bog’liq bo`lgan mavsumiylikni e`tiborga olgan holda kreditlash
hisoblanadi.
Banklararo kreditlar – bank kreditining keng tarqalgan
shakllardan biri. Banklararo kreditning joriy stavkasi ma`lum bir
tijorat bankning boshqa turlardagi ssudalar berish siyosatini aniqlab
beruvchi muhim omil hisoblanadi. Bu me`yorning aniq miqdori (hisob
stavkasi) Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |