Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


  9.2. Sudxo`rlik kreditining yuzaga kelishi. Tijorat krediti va bank


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 


174 
9.2. Sudxo`rlik kreditining yuzaga kelishi. Tijorat krediti va bank 
kreditining paydo bo`lishi.
Kreditning o`ziga xos shakli. Xorijda bu tarixan keng tarqalgan 
kredit bo`lib xisoblanadi. Amalda sudxurlik krediti Markaziy bank 
tomonidan tegishli litsenziyaga ega bo`lmagan jismoniy shaxslar, 
shuningdek xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan mablag’larni 
vaqtincha foydalanishga berish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Kreditning rolini kreditni intensifikatsiyalash dastagi va 
rag’batlantiruvchisi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda 
bajaradigan funktsiyalarining natijasi sifatida aniklashtirish mumkin. 
Kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy 
ishlab chiqarishning uzluksizligini ta`minlaydi. 
Korxonalarga beriladigan kredit ularni vaktinchalik moliyaviy 
resurslarga bulgan extiyojini kondiradi va takror ishlab chiqarish 
jarayonini uzluksiz davom etishini ta`minlaydi. 
Pul mablag’lariga extiyoj ishlab chiqarishnining nafakat 
mavsumiy, shuningdek boshka sabablariga xam bog’lik. Barcha 
xollarda kreditni jalb etish asosiy va aylanma fondlarining uzluksiz 
doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish jarayoni va tovarlar muomalasini 
tezlashtirishni ta`minlaydi. 
Boshka iktisodiy kategoriyalar singari kredit maxsulot ishlab 
chiqarish va muomala soxasini ragbatlantiradi. SHuningdek kredit 
ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni 
bajarishiga muxim ta`sir ko`rsatadi. 
Kredit shunday ishlab chiqarish vositalari sotib olish va kiritishga 
ishlatilishi kerakki, bunda bu vositalar asosida mexnat unumdorligini 
va mexnatni fond bilan qurollanish darajalari oshsin. 
Kreditning muxim roli sof daromadni ishlatish sharoitlarini 
to`lashligini ta`minlashdan iborat. Sof daromadni kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatish uchun avval uni ishlab 
chiqarishni kengaytirish talab qiladigan darajada pul ko`rinishida 
jamg’arish kerak. 
Kredit davlatning iqtisodiy dastaglaridan biri sifatida butun 
iktisodiyotning rivojlanishiga va aloxida korxona faoliyatiga 
rag’batlantiruvchi ta`sir ko`rsatadi. 
Kredit ishlab chiqarishga ijtimoiy xarajatlarni iktisod kilish yuli 
bilan ta`sir etadi. 


175 
Ammo, 
kredit 
tovar-moddiy 
boyliklardagi 
jonli 
yoki 
buyumlashgan mexnatni bevosita iktisod kila olmaydi, chunki uning 
uzi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi. 
Iktisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining 
birinchi shakllaridan bo`lib, veksel’ muomalasini vujudga keltirgan va 
nakd pulsiz xisob kitoblarining rivojlanishiga yordam bergan. Tijorat 
kreditining sub’ektlari sifatida turli shaxslar: mol etkazib beruvchi va 
mol sotib oluvchi korxonalar, kryoditning ob`ekta sifatida sotilayotgan 
tovar ishtirok kiladi. Tijorat krediti uzining amaliy kurinishini
xuquqiy shaxslar o`rtasida tovar va xizmatlarning to`lov muddatini
cho`zish orkali sotish shaklidagi moliya xo`jalik munosabatlarida 
topadi. Bu kredit shaklining asosiy maksadi tovarlarni sotishni 
tezlashtirish va shu orkali foyda olishdan iborat. 
Tijorat kreditning an`nanaviy vositasi bo`lib, qarz oluvchining 
qarz beruvchiga nisbatan moliyaviy majburiyatlarini aks ettiruvchi 
veksel’ xisoblanadi. Veksel bu qarz majburiyati bo`lib, qarz oluvchi 
o`z zimmasiga qarzni ko`rsatilgan summada, ko`rsatilgan joyda, 
belgilangan muddatda to`lash majburiyatini oladi. 
Amaliyotda vekselning ikki turi kullaniladi. Oddiy va o`tkazma 
veksel. Oddiy vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi korxonaga 
beradi va tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun unga to`lash 
majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
O`tkazma vekselda kreditor tomonidan belgilangan tovar va 
xizmatlar summasi uning topshirigiga asosan uchinchi shaxsga yoki 
vekselni ko`rsatuvchiga o`tkazilishi zarur. Kreditorning vekselda 
ko`rsatilgan summani uchinchi shaxsga to`lash to`g’risidagi 
buyro`g’ini ifodalovchi xujjat amaliyotda tratta deb xam yuritiladi. 
Tijorat krediti bank kreditidan quyidagi xususiyatlari bilan farq 
qiladi: 
1.Kreditor 
(qarz 
beruvchi) 
rolida 
maxsus 
kredit-moliya 
tashkilotlari emas, balki tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish xamda 
sotish bilan shug’ullanuvchi turli xuquqiy shaxslar ishtirok qiladi; 
2. Tijorat krediti fakatgina tovar shaklida beriladi; 
3. Tijorat kreditida ssuda kapitali, sanoat va savdo kapitali bilan 
integratsiyalashgan xolda xarakat qiladi. Bu bozor iktisodiyoti 
sharoitda turli ixtisosdagi va faoliyat yo`nalishdagi korxonalarni o`z 
ichiga oluvchi xolding, moliyaviy kompaniyalarning vujudga 
kelishida o`z amaliy aksini topadi; 


176 
4. Berilgan vaqt oralig’ida tijorat kreditining o`rtacha qiymati 
bank foiziiing o`rtacha stavkasidan doimo kichik bo`ladi; 
5.Qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi shartnoma 
rasmiylashtirilganda tijorat krediti bo`yicha tulov (foiz stavkasi) 
aloxida aniqlanmaydi. Foiz to`lovi tovar baxosiga qo`shilgan xolda 
rasmiylashtiriladi. 
Iktisodiyotda 
keng 
tarqalgan 
kredit 
munosabatlarining 
shakllaridan biridir. Uning ob`ekti pul mablag’larini bevosita ssudaga 
berish jarayoni xisoblanadi. Bank kreditini beruvchi kredit 
muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy 
bankdan maxsus litsenziya (ruxsatnoma) olgan bo`lishlari zarur. Qarz 
oluvchi sifatida xuquqiy shaxslar, axoli, davlat, xorijiy davlat 
mijozlari ishtirok kilishlari mumkin. Kredit munosabatlarining 
vositasi bo`lib, kredit shartnoma yoki kredit kelishuvi xisoblanadi. Bu 
kredit turi bo`yicha olinadigan daromad yoki stavka tomonlar bilan 
kelishiladi va bank foizi yoki ssuda foizi kurinishida bo`ladi. 
Jahon amaliyotida bank kreditidan foydalanishda uning turli xil 
xususiyatlari xisobga olinadi. 
Qiska muddatli bank kreditlari qarz oluvchi korxonaning xo`jalik 
faoliyatida aylanma mablag’lar etishmovchiligini to`ldirish uchun 
qo`llaniladi. Bozor iktisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bunday 
jarayonning bo`lishi ssuda kapitali bozorida mustakil segment pul 
bozorining yuzaga kelishiga olib keladi. Qisqa muddatli kreditlar fond 
bozorida, savdo va xizmatlar ko`rsatishda, banklararo kreditlash 
rejimida ko`proq qo`llaniladi. 
Xozirgi sharoitda qisqa muddatli kreditlar quyidagi ko`rsatkichlar 
bilan xarakterlanadi: 
• kreditlarning juda qisqa muddatlarga (ba’zida bir oygacha 
muddatga) berilishi; 
• kreditning muddati va foiz stavkasining bir biriga teskari 
proportsional ( kreditning muddati juda qisqa bo`lsada, foiz stavkasi 
juda yukori ) bo`lishi; 
• ishlab chiqarish soasidan ko`proq muomala soxasiga xizmat 
ko`rsatish; 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling