Buxoro davlat universiteti Biologiya kafedrasi Ixtiologiya fani asoslaridan


Hazm tizimining tuzilishi va uzunligi baliqlarda ozuqa xususiyati bilan bog`liq


Download 13.62 Kb.
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi13.62 Kb.
#1380333
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Baliqlarning ovqat hazm qilish tizimi haqida umumiy tushun-hozir.org

Hazm tizimining tuzilishi va uzunligi baliqlarda ozuqa xususiyati bilan bog`liq.
Masalan, o`simlikxo`r baliqlardan do`ngpeshonada ichak uzunligi tanaga nisbatan 15 marotaba uzun, hammaxo`r karas va karplarda 2-3 baravar,
yirtqich baliqlardan oq sla, jerex va
cho`rtanda 0,6-1,2 marotaba uzun bo`ladi.
JIGAR: Baliq tanasidagi eng katta bez bu jigar hisoblanadi. Hazm tiziminidan qon jigarga qarab yo`l oladi. Qon jigar orqali juda sekin harakatlanadi. Jigar hujayralarida o`t moddasi hosil bo`ladi. Jigar oziq moddalar bilan tushgan yot zarrachalarni ham zararsizlantiradi. Bundan tashqari jigarda zahira modda sifatida glikogen to`planadi. Baliq jigarining rangi, zichligi va massasi uning turiga, yoshiga, jinsiga va holatiga bog`liq. Masalan, karpsimonlarning jigari kuzga borib maksimal darajada og`irlikka ega bo`lar ekan.
Oshqozon osti bezi: Ko`pchilik baliqlarda mikroskopik holatda aniqlanmagan oshqozon osti bezi jigar bilan tutashib ketgan, uni faqat gistologik tekshirishda aniqlash mumkin. Shu munosabat bilan har ikkala bez birgalikda gepotopankreas deyiladi. Oshqozon osti bezi hujayralarida hazm fermentlari suntezlanadi va ichaklarga o`tadi natijada oqsil, yog` va uglevodlarga ta`sir etadi. Bundan tashqari insulin garmonini ham sintezlab qonga beradi. Shunday qilib bu bez ham endokrin, ham ekzokrin funksiyalarni bajaradi.
Tog`ayli baliqlar hozirgi baliqlar ichida eng qadimgisi hisoblanadi. Asosan, dengiz va okean suvlarida tarqalgan bo`lib, 600 tur baliqni o`z ichiga oladi. Skeleti faqat tog`aydan tashkil topgan, ba`zilarida ohak tuzlari to`planishi mumkin. Lekin hech qachon suyak bo`lmaydi.
Jabra yoriqlari 5-7 juft bo`ladi va to`g`ridan- to`g`ri tashqariga ochiladi. Havo pufakchalri yo`q. Kloakasi bor. Ichaklarining ichida spiral klapan bor.
Akulaning hazm sistemasi og`iz bo`shlig`iga olib kiradigan og`iz teshigidan boshlanadi. Uning og`zida o`tkir tishlar bir necha qator bo`lib joylashgan. Og`iz bo`shlig`i jabra teshiklari ochiladigan halqumga tutashadi. Halqumdan keyin qizilo`ngach boshlanadi. Qizilo`ngachdan keyin V harfuga o`xshab bukilgan oshqozon keladi. Oshqozonning oldingi qismi
Download 13.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling