Buxoro davlat universiteti Biologiya kafedrasi Ixtiologiya fani asoslaridan
Download 13.62 Kb.
|
Reja Baliqlarning ovqat hazm qilish tizimi haqida umumiy tushun-hozir.org
kardinal da oziq pepsin fermenti ta`sirida kimyoviy yo`l bilan parchalanadi, hazm bo`lish juda sekin, 5 sutkagacha davom etadi, oziq luqmasi oshqozonning keying keyingi qismi –plorikka o`tadi.
Bu yerda oziq bo`tqasiga tripsin fermenti ta`sirida ishlov beriladi. Oshqozononig plorik qismidan juda kalta ingichka ichak boshlanadi. Ingichka ichak bilan oshqozonning orasida oshqozon osti bezi yotadi. Jigari 3 palladan iborat bo`lib, katta jigarida o`t pufagi bor, unga jigarda ishlangan o`t suyuqligi yig`ilib o`t yo`li orqali ingichka ichakka quyiladi. Ingichka ichakdan keyin yto`g`on ichak va kloakaga ochiladigan to`g`ri ichak keladi. Yo`g`on ichak juda keng bo`lib, 12-13 burmadan iborat spiral klapanlar joylashgan, bu klapanlar ovqat hazm qilish yuzasini kengaytiradi. Yo`g`on ichakda oziqning hazm bo`lishi va uning so`rilishi nihoyasiga yetadi. To`g`ri ichakning o`rta qismidan barmoqsimon, ichi bo`sh o`simta-rektal bezi bo`lib u tuz almashinish organi vazifasini bajaradi. Oshqozonning keyingi bukilgan, ya`ni pilorik qismida konussimon taloq- qora jigar joylashgan. Tog`ayli baliqlarning 3 pallali jigari 14-25 % ni tashkil qiladi. Tog`ayli baliqlarning jigarida juda ko`p yog` zaxirasi to`planadi. Yog` zaxirasi jigar massasining 60-70%ini tashkil qilib nafaqat baliqning yog` zaxirasi balki gidrostatik organ vazifasini o`taydi, ya`ni gavdaning sezuvchanlik qobiliyatini oshiradi. Baliqlarning jigarida hayvon karxmali-glikogen va vitaminlar to`planadi. Akula jigaridan baliq yog` olinadi. Uning tarkibida ko`p miqdorda A vitamin mavjud va oziqa sifatida hamda tibbiyotda ishlatiladi. Akula yog`idan optik asboblarni yog`lash uchun va pardozlash maqsadida ham foydalaniladi. Akula va skatlarning terisidan turli tuman teri buyumlar, jumladan, poyabzal tayyorlanadi. Suyakli baliqlarning og`iz teshigi odatda boshning oldiga ochiladi. Kloakasi yo`q, orqa chiqaruv teshigi va siydik tanosil teshigi mustaqil tashqariga ochialdi. Zog`ora baliqning og`iz bo`shlig`idan keyin barcha baliqlardagidek halqum boshlanadi. Og`iz va halqum bo`shliqlari orasida aniq chegara yo`q. Boshqa baliqlarga o`xshash zog`ora baliqda haqiqiy til bo`lmaydi. Til singari uchi og`iz bo`shlig`iga chiqib turadigan til osti yoyining kapsulasi faqat shilimshiq parda bilan qoplangan bo`lib, u mustaqil bo`lmagani tufayli harakat qila olmaydi. Har tomondan 5 tadan jabra yorig`i bo`lgan halqum qisqa qizilo`ngachga, qizilo`ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan kam differensiallashgan haqiqiy ichak boshlanadi, bu ichakning oldingi bo`limini o`n ikki barmoqli ichak, so`ngra ingichka ichak va anal teshigi bilan tugaydigan to`g`ri ichak tashkil etadi. Jigari oshqozonning ostida va yon tomonlarda joylashgan bo`lib, uning pallari orasida o`t suyuqligi bilan to`la o`t pufagi bo`ladi. O`t pufagidan o`n ikki barmoqli ichakka ochiladigan o`t yo`li chiqadi. Oshqazon osti bezi ichak tutqichi bo`ylab tarqalgan. Ichak bog`ichiga esa uzunchoq to`q qizil rangli taloq o`rnashgan. Tana bo`shlig`ining yuqori qismida, ya`ni ichakning ustida gidrostatik organ-suzgich pufak joylashgan. Suyakli baliqlarning jigari tog`ayli baliqlarning jigaridan ancha kichik va tana massasining 1-8%ini tashkil qiladi. Qorin bo`shlig`ining orqa qismini to`ldirib turadigan havo pufakchasi bor. Uning ichida azot, karbonat angidrid va kislorod bo`ladi. Lekin eng ko`pi azotdir. Havo pufakchasi kengayganda baliqning solishtirma og`irligi kamayadi, puchayganda esa ortadi bu gidrostat apparat hisoblanadi. Ichak bog`ichiga taloq o`rnashgan. Katta jigarda o`t pufagi bor. Oshqozon osti bezi ichak tutqich bo`ylab joylashgan. ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ http://hozir.org Download 13.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling