Buxoro davlat universiteti Biologiya kafedrasi Ixtiologiya fani asoslaridan
Download 13.62 Kb.
|
Reja Baliqlarning ovqat hazm qilish tizimi haqida umumiy tushun-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba`zi baliqlarda og`izning turlicha bo`lishi
- 2.So`ruvchi og`iz apparatiga ega bo`lgan baliqlar.
- 3. Maydalovchi og`izli baliqlar.
- Hazm qilish tizimi.
1.Yuqoriga qaragan og`iz
2.Oxirgi og`iz 3.Pastga qaragan og`iz 4.Oldinga bo`rtib turuvchi og`iz Old og`iz- Zog‘ora baliq, olabug‘a kabilar ro‘parasidan chiqqan ovqatni tutib yeyishi sababli og‘zi boshining oldiga o‘rnashgan bo‘ladi. Bunday baliqlarning og‘zi old og‘iz deb ataladi. Tepa og`iz- Tarashabaliq, munajjimbaliq, qizilqanot kabi yemishini tepadan tutib eydigan baliqlarning og‘zi yuqoriga qaragan bo‘lgani sababli tepa og‘iz deb ataladi. Ostki og`iz- Parrak kabi oziqni pastdan tutib yeydigan va og‘iz boshining ostiga o‘rnashgan baliqlar og‘zi ostki og‘iz deb ataladi.(osyotrsimon baliqlar) ббBa`zi baliqlarda og`izning turlicha bo`lishi: А-Boshining pastki qismidagi og`iz (osyotr); Б-Yuqoridagi og`iz (qilich baliq); В-To`g`ri og`iz (kumushtovon); Г-Pastki og`iz (podust) 1.Tutib oluvchi og`iz apparatiga ega baliqlar. Bunday baliqlarning og`iz apparati juda katta, jag`larida, dimog`i va tanglayida tishlari bo`ladi. (yela, laqqa, cho`rtan baliq) 2.So`ruvchi og`iz apparatiga ega bo`lgan baliqlar. Bu guruhga kiruvchi baliqlarning og`iz apparati trupkasimon bo`lib, ularda tish yo`q. Dengiz ninasi, oqcha kabi baliqlarning og‘izlari so‘ruvchan bo‘lib, shuning uchun ularning og‘zi nay shaklida tuzilgan. Bu baliqlar suv ostidagi umurtqasiz jonivorlar bilan oziqlanadi. 3. Maydalovchi og`izli baliqlar.Bunday guruhga kiruvchi baliqning og`zida xartumi va tishi bo`ladi. Bunday baliqlar mollyuskalarning chig`anog`i va nina terili arining qattiq po`stini maydalaydi. Savatbaliq, lappakbaliq kabilarning og‘zi tumshuqqa o‘xshash bo`lib, mollyuska va marjon kabi jonivorlarning toshdek qattiq kosalarini g‘ajib, maydalashga yaxshi moslashgan. Hazm qilish tizimi. Baliqlarning hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach va ichakdan iborat. Ko‘pchilik baliqlarning jag‘larida bir necha qator tishlar joylashgan. Baliqlar tishlari yordamida o‘ljasini tutadi va ushlab turadi. Yutilgan oziq halqum va qizilo‘ngach orqali oshqozonga tushadi. Zog‘ora va ayrim boshqa baliqlarning tishlari bo‘lmaydi; oshqozoni yaxshi rivojlanmagan. Ular yutgan oziq bevosita ichakka tushadi. Zog‘ora baliq mayda umurtqasizlar, tuban suv o‘tlari, yashil o‘simliklarning yosh novdalari va barglari bilan oziqlanadi. Barcha gidrobiontlar singari baliqda ham so`lak bezlari bo`lmaydi. Baliqlarning tili harakat qilmaydi, og`iz bo`shlig`i cho`zilishi jihatdan oziq turiga qarab moslashgan bo`ladi. Og`iz va og`iz bo`shlig`i odatga ko`ra tishlar bilan qurollangan. Yirtqich baliqlarda tishlar jag`larda joylashgan. Og`iz bo`shlig`ida mayda plankton organizmlar ham kiradi, nafas chiqarish paytida jabra tichinkalari yordamida bu mayda organizmlar saqlanadi. Planktofag baliqlarda (do`ngpeshona, chexon, siglar) jabra tichinkalar juda nozk bo`ladi. Fitoplankton do`ngpeshona jabrasida uning tichinkasi to`rsimon bo`lganligi sababli fil`trlanadi, yirtqich baliqlarda jabra tichinkalari ancha kalta va kam sonli, ba`zi bir baliqlarda umuman bo`lmaydi. Ovqat yutilgandan keyin halqum va qizil o‘ngachi orqali oshqozoniga boradi. Zog‘ora baliq o‘ljasini butunligicha yutadi. Shuning uchun uning oshqozoni cho‘ziluvchan bo‘ladi. Oshqozoni devoridagi juda mayda bezlar oshqozon shirasini ajratib chiqaradi. Oziq oshqozon devori bezlari ishlab chiqargan shira ta’sirida hazm bo‘la boshlaydi. Oshqozonning bez hujayralari oqsilni parchalovchi sekretsiya pepsin fermentini ishlab chiqaradi. Bu shira ta’sirida ovqat hazm bo‘la boshlaydi. Oshqozonda ozuqaning asosiy qismi hazm bo`lishga tayyor bo`ladi. Qisman o‘zgargan ovqat keyin ichakka o‘tadi. Chala hazm bo‘lgan oziq ingichka ichakka tushadi. Ichaklar shirasida boshqa fermentlar bo`ladi. Bu fermentlar oqsil, yog` va uglevodlarni parchalaydi. Fermentlar ta`sirida oqsil aminokislotalargacha, yog`lar esa yog` kislota va glitsiringacha, uglevodlar monosaxaridlargacha parchalanadi. Bu yerda oziqqa oshqozonosti bezi shirasi va jigar ajratib chiqaradigan o‘t suyuqligi ta’sir qiladi. O‘t suyuqligi zaxirasi o‘t pufagida to‘planadi. Ichaklarda parchalangan oziq moddalar qon va limfaga so`rilishi amalga oshadi. Oziq moddalar ichak devorlari orqali qonga o‘tib, hazm bo‘lmagan qismi esa orqa ichakka o‘tib, orqa teshigi orqali chiqarib tashlanadi. Oshqozoni bo`lmagan baliqlarda ichak trakti maxsus differen- siallashmagan nay shaklida bo`lib, hazm tiziming asosiy qismi hisoblanadi. Karpsimonlar ichak sistemasining oldingi qismi kengaygan bo`lib, oshqozonni eslatadi. Lekin bu bezning tashqi analogiyasi hisoblanadi.Oshqozonga xos xususiyat yo`q. Bu baliq larda ozuqa ichakda hazm bo`ladi va shu yerdan qonga so`riladi. Download 13.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling