Reja: Baliqlarning ovqat hazm qilish tizimi haqida umumiy tushunchalar
Buxoro davlat universiteti
Biologiya kafedrasi
Ixtiologiya fani asoslaridan
“Baliqlarning ovqat hazm qilish tizimi”
mavzusidagi ochiq dars namoyishi
Tuzuvchi: Sadullayeva Dilrabo Mardonovna
II bosqich magistrant.
REJA:
Baliqlarning ovqat hazm qilish tizimi haqida umumiy tushunchalar.
Tog`ayli baliqlarning ovqat hazm qilish tizimi.
Suyakli baliqlarning ovqat hazm qilish tizimi.
Лектор: к.м.н., ассистент Ефимова Е.Ю.
Baliqlarning oziqlanish xarakteri xilma-xil bo`lib, deyarli hamma tirik mavjudodlar bilan oziqlanadi. Baliqlarning oziqasi suv havzasining sharoiti, yil fasllari, ularning yoshiga qarab ancha o`zgarib turadi.
1.O`simlikxo`r baliqlarga xumbosh, oq amur, qizilqanot, qora baliq, va xramulalar kiradi. Ularni yuvosh baliqlar ham deb atashadi, jag`larida tishlari yo`q, halqumida tishlari bor. Bu o‘simlikxo‘r baliqlarning og‘zi boshining ostiga o‘rnashgan, ko‘pincha tishlari bo‘lmaydi, pastki labi xuddi pichoqdek o‘tkir, gohida usti shox modda bilan qoplangan bo‘ladi.
2. Hayvonxo`r baliqlarga zog`ora baliq, ciga va boshqa baliq turlari kirib, bular umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.Seldlar va ba’zi karpsimonlar kabi planktonxo‘r baliqlarning og‘izlari katta, lekin tortiluvchan emas, tishlari mayda, uzun va yaxshi rivojlangan yoki butunlay bo‘lmaydi.
3.Yirtqich baliqlarga akula, cho`rtan, yela, laqqa baliq va losos baliqlar kirib, bular asosan boshqa baliqlar bilan oziqlanadi. Yirtqich baliqlarning shaklan uchi qayrilgan konusga o`xshash tishlari bo`ladi. Baliqlarning oziq tutishi ham turlicha. Ba`zi baliqlar(cho`rtan baliq) o`ljasini pistirmada yashirinib, poylab ushlasa, boshqa baliqlar(ela, oq qayroq) o`ljasini orqasidan quvadi, yana boshqasi o`ljasini suv tagidan topadi, ba`zilari esa suv betiga tushgan hasharotlarni ushlaydi. Baliqlar yilning issiq davrlarida qish fasliga nisbatan intensiv ravishda oziqlanadi. Bizning mamlakatimizda yashaydigan ko`pchilik baliqlar(losos) qish faslida umuman oziqlanmaydi va karaxt holga o`tadi.
Baliqlarning ovqat tutadigan birdan bir bir a’zosi
og‘zidir. Ularning ozig`i turli-tuman bo‘lganidan
og‘iz va tishlarining tuzilishi ham har xil.
Tish baliqlarda o‘ljani tutish, maydalash, uzib olish
kabi vazifalarni bajaradi, ozig`i qandayligiga qarab
ba’zi baliqlarning faqat jag‘laridagina emas, balki til, tanglay va halqumida ham tishlari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |