Oshiq- Birovni juda sevib, unga shaydo bo'lib qolgan, birovga muhabbat qo'ygan kishi; xushtor. Oshiqi beqaror.
Mansur- Halloj Husayn Ibn Mansur (858— 922) — tasavvufyaati oʻta soʻl oqimning yirik vakili. Gʻoyaviy jihatdan qarmatlarta yaqin boʻlgan.
Dor- I. Arabcha qo'shma so'zlar – tarkibida aniqlik artikli bo'lgan izofali birikmalarning birinchi qismi; uy, maskan, makon ma'nolarini bildiradi, mas., dorulbaqo, dorulfano.
II. 1. Dorbozlar oʻynaydigan qurilma; 2. Oʻlim jazosi amalga oshiriladigan moslama.
Nasriy bayoni: Toat ibodat egalari taqvo bilan namoz oʻqiydi, nasib qilsa Jannatga borganlarida hurlar ularni quchadi. Ollohning haqiqiy oshiq qullari Mansur Halloj kabi jonidan kechadi, hattoki dor ustida Olloh uchun qurbon boʻlishga rozi boʻladi.
Islomda olijanob axloqning eng muhim tushunchalari taʼriflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari undaydi. Bular: ehson, kechirimli boʻlish, sabr- toqat, rostgoʻylik, shirinsoʻzlik, ota- onani, oʻzidan katta yoshdagilarni hurmat qilish, or- nomus, sadoqat va boshqalardir. Musulmonlar bir-birlarini yaxshilik va olijanob axloqqa chorlashlari, nojoʻya ishlardan qaytarishlari Alloh tarafidan farz qilingan. Islom axloqning asosida hallollik va taqvo yotadi. Kimki jismoniy va maʼnaviy pok boʻlsa, unday kimsa axloqsizlik toifa kirmaydi. Shundan xulosa qilib aytish joizki, Yassaviyning ushbu taqvo haqidagi toʻrtligida Haqning ibodatiga boʻlish uchun qanday yoʻl tutilishi, undagi talablarni qisman boʻlsada yaxlitlab koʻrsatishga muvaffaq boʻlgan. Yassaviyning turkona ohangida ufurib turgan soʻzlar maʼnosini anglash qiyin emas, bundan tashqari barmoq vaznida yozilganligi uning yanada tushunarliligini oshirishga xizmat qilgan. Mansur Halloj tilga olinar ekan, avvalambor, uni butun dunyoga tanitgan ishqi, taqvosi namuna sifatida gavdalantirilgan. Agar Ollohning haqiqiy ishida oshiq boʻlmoqni istasang Mansur singari oʻz joningni dorga tikishga ham tayyor boʻlishing joiz. Aytish joizki, ushbu yilda kirmagan shaxs oshiqlik haqida bunday badiiy ifodalar haqida soʻz yuritishi mumkin, ammo Yassaviydek ohangni yarata olmaydi. Bundan Yassaviyning mutasavvıf shoir ekanligi koʻrinadi. .
Bandaning qay darajada taqvodorligi ham yolgʻiz Allohga ayon. Allohning kuzatuvchanlikni his qilish zohiriy amallar taʼsirida emas, qalbdagi Allohdan qoʻrquv hissi bilan hosil boʻladi. Alloh taolo insonning qalbiga nazar soladi, yaʼni, bandasiga qalbidagi yaxshilik yoki yomonlikka jazo-mukofot beradi. Qancha-qancha badavlat, boobroʻ, kelishgan odamlar borki, qalblari huvillab yotibdi. Hech narsasi yoʻq, xokisor insonlar borki, qalblari taqvoga toʻla. Shuning uchun ham birovni kamsitish gunoh sanaladi.
Do’st tilagon ul bo’stonda qaror qilmas,
Haqiqatlik oshiqlari ishqsiz bo’lmas.
Ko’ngul mulkin bersa anga ko’zga ilmas,
Taqvo qilur ichor nabot sharbatinda.
Lugʻat:
Do'stlaringiz bilan baham: |