Yassaviy hikmatlarida taqvo talqini ishtirok etgan toʻrtliklar
Zohid qullar taqvo qilib namoz o’qur,
Nasib qilsa anda borib hurlar quchur,
Oshiq qullar Mansur yanglig' jondin kechur,
Qurbon bo’lur dor ustida jonon uchun.
Do’st tilagon ul bo’stonda qaror qilmas,
Haqiqatlik oshiqlari ishqsiz bo’lmas.
Ko’ngul mulkin bersa anga ko’zga ilmas,
Taqvo qilur ichor nabot sharbatinda.
Shariatning sharoitin tark etmayin,
Tariqatning ishlarini ado qilsun.
Tariqatda parhez qilib taqvo qilg'on,
Ko’rub, bilib, halolidin judo qilsun.
Shariatni so’zladi, tariqatni izladi,
Haqiqatni ko’zladi, yo Mustafo Muhammad.
Sabr ayladi qanoat, taqvo aylab qilovat.
Kecha-kunduz ibodat, yo Mustafo Muhammad.
Tahlil
Zohid qullar taqvo qilib namoz o’qur,
Nasib qilsa anda borib hurlar quchur,
Oshiq qullar Mansur yanglig' jondin kechur,
Qurbon bo’lur dor ustida jonon uchun.
Lugʻat:
Zohid-sabr-qanoatli, taqvodor; tarki dunyo qilgan kishi] – 1).. din. Tarki dunyo qilgan dindor kishi. -Siz yoshlar soddasiz-da.. zohidlarni hamisha mehrob, minbarda tasavvur qilasizlar, – dedi mufti Mirzoga. A. Hakimov, Ilon izidan.2). Zohid (erkaklar ismi).
Qul- Ekspluatatorlik jamiyatining ilk davrlarida xususiy mulk, mol qatori olib-sotilgan, butunlay xo'jayinga qaram bo'lgan, hyech qanday haq-huquq va molu mulkka ega bo'lmagan xizmatkor.
Taqvo-din. - 1 Mustahkam diniy e'tiqod; xudojo'ylik, dindorlik. 2 Harom-xarishdan hazar qilish, o'zini saqlash, tiyish.
Namoz- Musulmonlarning kuniga besh mahal qilinadigan ibodatlari majmui va ularning har biri. Ertalabki namoz. Kechki namoz. Juma namozi.
Hur- Islom an'anasi va Qur'onga ko'ra, taqvodorlar bilan birgalikda jannatda yashaydigan, jismoniy va ma'naviy kamchiliklardan xoli bo'lgan nihoyatda go'zal qiz(lar).
Do'stlaringiz bilan baham: |