Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


I BOB. ZAMONAVIY SHE’RIYATDA VAQT TUSHUNCHASINI IFODALASH SHAKLLARI


Download 86.93 Kb.
bet9/25
Sana02.01.2022
Hajmi86.93 Kb.
#187121
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Zamonaviy she’riyatda vaqtning tabiat hodisalari orqali babiiy ifodasi

I BOB. ZAMONAVIY SHE’RIYATDA VAQT TUSHUNCHASINI IFODALASH SHAKLLARI
1-fasl. Adabiyotda vaqt tushunchasi ifodasi
Vaqt hodisasiни fizika, matematika, astronomiya, адабиёт fanlarи ўзига хос тарзда o‘rganadi. Ҳеч бир jarayonni вақт тушунчасиз англаш ва тушунтириш мумкин эмас. Шунингдек, вақт бadiiy adabiyotning ham zaruriy тасвир объектларидан бириdir.

“Tarix – bu vaqt doirasida kechadigan jarayonlarni o‘rganish bo‘lib, lekin vaqt nima ekanini hech kim bilmaydi”, deb yozadi mashhur olim L.Gumilev.

Buyuk donishmand Aristotel o‘zining ­“Fizika” asarida vaqt haqida to‘xtalar ekan, masalani “vaqt mavjud narsalar sirasiga kiradimi yoki nomavjud narsalar sirasiga, so‘ng uning tabiati qanaqa” tarzida qo‘yadi. Binobarin, vaqt fizikaviy aniq yoki poetik hissiy shaklda o‘rganilmasin, hamisha sirli hodisa bo‘lib qolaveradi.

Falsafiy nuqtayi nazardan vaqtga ta’rif berilganda, vaqt borliqning ob’ektiv reallashuv shakli deb qaraladi. Harakatdagi borliq doimo muayyan zamon va makonda mavjud bo‘ladi, uning mavjudlik belgilari haqida fikr yuritilganda ham, harakat shakllari talqinida ham vaqt tushunchasiga duch kelamiz. Badiiy vaqt vaqtning boshqa shakl va tiplari singari davomiylikka egadir, bu davomiylik voqealarning davriy damomiyligini tashkil etgan asar fabulasini qamrab oladi. Voqealar davomiyligi turli mumtoz asarlarda makon va zamon birligidan tortib epik ifodalanishgacha, ba’zan bir necha avlod hayotining davrlarini qamrab olishi mumkin.

Borliqning shakli sifatida vaqt uzluksizdir, chunki borliq doimiy va tugamasdir. U g‘oyib bo‘lmaydi va boshqattan yaratilmaydi ham. Lekin ob’ektiv borliq hodisalari juda uzoq vaqtni tashkil qilib, u bir qancha individual vaqtlar yig‘indisi sifatida gavdalanadi.

Insoniyat yaratilib, yer yuzida yashay boshlagandan hozirga qadar tabiatni anglash, koinot sir-sinoatlarini tushunishga harakat qilib keladi. Koinot va tabiatga oid ilk qarashlar mif (asotir) shaklida og`izdan-og`izga ko’chib, hozirga qadar yetib keldi. Miflarda ajdodlarimiz tabiat va koinot jismlari jonli va insonlardek hayot tarziga ega deb o’ylashgan. “Adabiyot folklor orqali mifologiyaga borib taqaladi”, – deganda E.M.Meletinskiy haq edi. Z.Freyd, K.Yung, E.Fromm tadqiqotlarida, eng avvalo, mif inson ruhiyatining ifodasi, degan yagona qarash yotadi.

Mifologik tasavvur yoki mifologik ijod ilohiyot tushunchalari asosida dunyoning yaratilishi, fazo va vaqtda cheksiz va chegarasizligi, bir butunligi, doimiyligi va abadiyligi to’g`risidagi qarashlarda yaxlit bir umumiylik kasb etadi. Dunyoning doimiyligi va vaqtinchaligi, uning makon va vaqtda chekliligi va cheksizligi to’g`risidagi qarashlar butun insoniyat tarixida dastlab afsonalar va diniy tushunchalarda, keyinchalik falsafa, adabiyot fanlarida ifodalanib, muhokama qilinib kelingan. Mifning makon va zamonda mavjudligining aniq va inkor qilib bo’lmas asosi shuki, mifologik koinotning uzviylik xususiyati va uning cheklanganlik manzarasi “Ҳali o’zini tabiatdan ajratib olmagan qadimgi odam”ning mifologik tasavvuri va sezimida namoyon bo’ladi. Mifologik vaqt qadimgi odamning koinot va tabiat bilan номувофиқ birlashuvidan yuzaga keladi. Shu asosda mifologik vaqtning quyidagi xususiyatlari shakllanadi:


  1. tabiat bilan aloqadorlik va hatto tabiat hodisalariga bo’ysunishlik;

  2. vaqtning xilma-xil, goh cho’zilgan, goh zichlangan xususiyati umumiylik va xususiylik kategoriyasi asosida bir butunlikni yuzaga keltirishi;

  3. vaqtning doimiyligi: dunyo mifologik xaritasida harakatni qaysi joydan boshlab, qaysi nuqtada tugallanganligining ahamiyatsizligi;

  4. barcha ob’ektlarda kosmik markazning mavjudligi;

  5. tutashgan kosmos ichidagi narsa va hodisalarning o’zaro almashinuvchanligi, ya’ni umumiylikda xususiylik va xususiylikda umumiylik belgilarining mavjudligi;

  6. vaqt oqimidagi sabab va natija ajralmas hodisa ekanligi;

  7. shaxsning butunlik qismi sifatida talqin qilinishi, ya’ni inson o’zini hali jamoa urug`doshlaridan ayri tasavvur etolmasligi;

  8. vaqtning abadiylik cho’qqisi sifatida e’tirof etilishi ва ҳоказо.

Asardagi badiiy vaqt undagi voqea-hodisalarning o’zaro sabab-oqibat, узвий bog`liqligi orqali his qilinadi. Badiiy asarda tasvirlangan badiiy vaqt bu – faqat тақвим bo’yicha hisob-kitob emas, balki voqea-hodisalarning mosligi, ketma-ketligidir.

Insoniyat ma’naviy taraqqiyotining ilk bosqichi sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan mifologiya ibtidoiy madaniyatning negizi, olamni idrok etishning asosiy vositasi, badiiy tafakkurning ibtidosi hisoblangan. Mifologiyaning asosini koinot, tabiat, inson, samo jismlari, narsa va hodisalarning paydo bo’lishi haqidagi asotirlar tashkil etadi.

Makon va zamon badiiy asarning ajralmas qismi bo’lib, voqealar tizimining ketma-ketligi, haqqoniy va hayotiyligini ta’min etuvchi adabiy hodisadir. Badiiy vaqt hikoya qilib berish jarayoni bilan chambarchas bog`liq. Ma’lumki, insoniyatning ilk qarashlari, tasavvur-tushunchalari og`zaki shaklda ifoda topgan. Adabiy matnda ma’lum makon va zamonda ro’y bergan, ro’y beradigan va ro’y berayotgan voqea-hodisalar тизими aks etadi. Badiiy vaqt mavjud bo’lsagina asar o’zining to’liq ma’nosiga ega bo’ladi.

Borliqqa hozirgi zamon tushunchalari bilan yondashish, u orqali dunyoni sanъat asarlarida aks ettirishda vaqt kategoriyasi katta ahamiyat kasb etadi.

Vaqt haqidagi tushunchalarning rivojlanib borayotganligi hozirgi adabiyotning muhim yutuqlaridan biridir. Adabiyotda harakatning ko’p tomonlama shakllarini va borliq manzarasini badiiy asarda tasvirlash borgan sari ko’payib bormoqda. Adabiyot sanъatning boshqa sohalaridan ko’ra ko’proq vaqt san’atiga aylanib bormoqda. Vaqt uning ob’ekti, sub’ekti va tasvirlash quroldir.

Insoniyat, hayvonot, o’simlik dunyosi, yerning geologik tortishishi va tuzilishi, yulduzlar olami, umuman, borliqdagi majudotlar hamisha, har tomonlama o’zgarishda ekanligi anglanadi. Moddiy va ruhiy olamni tarixiylik nuqtai nazardan tushunish, anglash falsafa va san’atning barcha qismini o’z ichiga oladi.



Badiiy ijodda zamon va makonning o’lchamlari shartli tarzda o’zgarib turadi. “Zamon siqilishi va uzayishi, to’xtashi va orqaga qaytishi mumkin. Shu kabi munosabatlar qorishib ketishi, turli usullar vositasida o’zgarishi эҳтимоли бор. Shu asosda real shakl va badiiy shakl o’rtasida shartlilik deb ataluvchi oraliq hosil bo’ladi”.


Download 86.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling