Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


O‘shal soniyani sezib oldindan


Download 86.93 Kb.
bet12/25
Sana02.01.2022
Hajmi86.93 Kb.
#187121
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Zamonaviy she’riyatda vaqtning tabiat hodisalari orqali babiiy ifodasi

O‘shal soniyani sezib oldindan,

Eng oliy lahzada turibman bu dam.

“Vaqt” she’rida esa “Umrdan o‘tajak har lahza uchun” haykal qo‘yishga da’vat etiladi. Bu insonni tinimsiz ijodga, yaratishga, lahzani bo‘ysundirishga undash demakdir. Binobarin, inson yaratgan buyuk ma’naviy obidalar ushbu “eng oliy lahzada” dunyoga kelgan va o‘tkinchi, chopag‘on vaqtga qo‘yilgan sobit haykallar emasmi?

Damlar bebaho, avval aytilganidek, she’rning to’rtinchi bandida “Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun “Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz”, deyilgan, bu ma’lum. Lekin bu bandda ma’noning yangi o‘rami yuz ko‘rsatmoqda. Ya’ni damga jon bag‘ishlovchi, uni tiriltiruvchi insonдир. Tirik vaqt, oniy lahza o‘tmishning, o‘tib ketgan vaqtning yuz yiliga teng. Yuz yil bu yerda ko‘plikni bildiruvchi bir belgi xolos. Уni o‘tmish tomon cheksizlik qadar cho‘zish mumkin. Lekin bu uncha muhim emas, muhimi – bizdan, nafas olayotgan vaqtimizda kechayotgan vaqt, hozir – lahza o‘tib ketgan, o‘tmishga aylangan lak-lak vaqtdan behad qimmat. O‘sha o‘tmish vaqt hozir – lahzaga tobe. Lekin hozir – lahza tizginsiz, chopag‘on, uni to‘xtatib bo‘lmaydi. She’rda quyma tarzda aytilganidek, “Nurlar qadami-la chopgan sekundning Barini tutolmas ayhannos ovoz”. Lekin uni to‘xtatib bo‘lmasa-da, u har lahzada (bejiz u lahza emas) yangilanib turaveradi va hozir – lahza sifatida hamisha hukmron mavqeda turadi: dam shu damdir, o‘zga damni dam dema. O‘zga dam esa endi o‘tmish, u hamma tomonga cheksiz yo‘nalgan bo‘shliq – fazoga singib ketadi.

XX asr fizika fanida ulug‘ kashfiyotlar – nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikaning fazo va vaqt haqidagi olamshumul g‘oyasida uch o‘lchamli fazo o‘rniga to‘rt o‘lchamli fazo (to‘rtinchi o‘lcham – vaqt) tushunchasi yetakchi mavqega ko‘tarildi. Mazkur g‘oyani ilk marta nemis fizigi G.Minkovskiy “Fazo va vaqt” (1908) maqolasida isbotladi. U shunday yozadi: “Bundan keyin fazo o‘z-o‘zicha va vaqt o‘z-o‘zicha yo‘qlikka yuz tutib, endi faqat ularning nozik birikuvigina o‘z mustaqilligini saqlab qolishi zarur”.

Buyuk fizik, nisbiylik nazariyasi ijodkori A.Eynshteynga bag‘ishlangan kitobda yozilishicha, “Nisbiylik nazariyasi fazo va vaqt orasidagi bog‘liqlikni ochib berdi”. Yana shu yerda yozilishicha. “Olamning eng oddiy unsure – bu voqea deb atalmish narsa. U xuddi zum o‘chib-yonadigan chiroqning oniy chaqnashi monand “xol-xol” hodisaga o‘xshaydi”.

Nisbiylik nazariyasida olamning fazo – vaqt strukturasi haqida gap ketganda unga shunday ta’rif beriladi: fazo – vaqt olamdagi barcha hodisalar to‘plami bo‘lib, bunda bir hodisaning ikkinchi hodisaga ta’sir etish nisbati alohida e’tiborga ega.

Voqea-hodisalar xol-xol bo‘lib ro‘y beraveradi, beto‘xtov o‘taveradi. Vaqt kechaveradi. “Vaqt” she’rida aytilganidek:


Download 86.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling