Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Zamona soati zang urar mudom


Download 86.93 Kb.
bet13/25
Sana02.01.2022
Hajmi86.93 Kb.
#187121
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Zamonaviy she’riyatda vaqtning tabiat hodisalari orqali babiiy ifodasi

Zamona soati zang urar mudom,

Minglab hodisalar minutlarga qayd.

Ezoterik ilmlarga oid kitoblarda yozilishicha, “Vaqt uch o‘lchamli fazo chegarasidan tashqari chiqadi. Biz his qiladigan vaqt to‘rtinchi o‘lchamdir”.

Vaqt fazodan tashqari chiqqan, undan ajralgan holda fazoga ta’sir o‘tkazadi, unga harakat, keng ma’noda olganda hayot baxsh etadi. Zero, fazo vaqtda, vaqt orqali va ta’bir joiz bo‘lsa, vaqt vujudida yashaydi. Yana yozilishicha, “Agar biz vaqtni chiziq deb tasavvur qilsak, ushbu chiziq har bir nuqtasida abadiylik chizig‘i bilan kesishadi. Abadiylik vaqtdan bir o‘lchamga ortiq. Shuning uchun agar vaqt to‘rtinchi o‘lcham bo‘ladigan bo‘lsa, abadiylik beshinchi o‘lchamdir”.

Bunday to‘xtamga, aytish joizki, kvant mexanika, ya’ni zamonaviy fizika kelmagan. Bu uning ezoterik ilmlar oldida ojizligini ko‘rsatmaydi, fizika fani aniq ilmiy asos va dalillarga tayanib ish ko‘rishini anglatadi, xolos. Abadiylik, ya’ni beshinchi o‘lcham haqida gap ketganda yana bir holatni aytmoq lozim. Yangi fizika asoslarini yaratgan olimlarning barchasi botiniy jihatdan sakkiz ming olamni yaratgan Tangrini tan olishgan. Abadiylik esa qodir Olloh izmi va huzuridagi sir-sinoatdir. Ne tongki, “Vaqt” she’ri ham abadiylikka doxil muazzam band bilan yakun topadi.

Ushbu she’rdan ikkita kichik xulosa chiqarsak: birinchidan, shoir ijodi, nazm va nasrda vaqt badiiy kontseptsiya maqomiga ega; ikkinchidan, “Vaqt” she’rida vaqt falsafasi lahza falsafasi tarzda namoyon bo‘ladi. Binobarin, lahza falsafasi yalpi vaqt falsafasining xususiy ko‘rinishi deyish mumkin.

Маълумки, шоир Faxriyorning kattagina hajmga ega bo’lgan «Yoziq» she’ri bor. Unda inson, xalq, millat va uning taqdri, yozig`iga bitilgan bitiklar, millatimiz tarixi, kechmishi, o’tmishdoshlarimizning boshidan kechirgan ko’rgiliklari to’g`risida gap ketadi, biroq she’rni tushunish uchun kitobxonda baribir ma’naviy bilim, salohiyat kerak bo’ladi:

Gulning kosasiga quyib ichar Vaqt

Meni limmo-lim.

Jonim qurbaqaga aylanadi:

VAQT!


Kim?

Devmikin, jonimni qirq farishtaga

Nimtalab nonushta hozirlayotgan

«Karnay bo’lsin ishtaha»,

Oy esa botgan.

She’r sarlavhasi ostida «Ovoz chiqarib o’qimaslik sharti bilan» deb yozib qo’yilgan. Bu bilan shoir, balki aytilishi ko’zlanayotgan fikrlar sirli, ba’zi yopiq haqiqatlar ekanligiga ishora qilmoqchi bo’ladi.

She’rda Vaqt lirik qahramonni gulnig kosasiga solib ichadi, demak, umr o’tmoqda. Ammo shu onda ruhidan ayrilgan jonning qurbaqadan farqi qolmaydi. Bu bilan shoir ruhsiz jismning qurbaqadan farqi yo’qligi haqida gapirmoqchi. To’g`ri, ruh so’zi she’rda tilga olinmagan, biroq keyingi satrlardagi farishtalar haqda aytilgan fikrning o’zi insonning bu dunyoni tark etishi haqida gap ketayotganligini tasdiqlaydi.

Ko’rinyaptiki, bu she’rda vaqt so’zi to’ppadan-to’g`ri tilga olinmoqda. Lekin shunday she’rlar ham borki, ularda vaqt so’zi tilga olinmagan esa-da, vaqtga ishora sezilib turadi.

Машҳур рус адиби Лев Толстой: “Вақт ором нималигини билмайдиган ниҳоясиз ҳаракатдир. У уни бошқача тушуниш мумкин эмас”, – дейди.

«Сендан ҳаракат, мендан баракот», деган Яратувчимиз. Бу гапнинг замирида вақт ва имконият деган тушунчалар ётади. Вақтингни ва имкониятингни беҳуда сарф қилма, демоқда Аллоҳ. Яратувчи томонидан инсон умри ўлчаб берилган. Қадимда одамлар минг йил яшар эканлар. Эҳтимол. Масалан, афсоналарда айтилишича, Луқмони ҳаким минг йил умр кўрибди, ўлар чоғида фарзандларига «Мен дунёнинг бу эшигидан кириб, анави эшигидан чиқиб кетяпман», деган экан. Қаранг-а, минг йил яшаган одам ҳаётга тўймабди. Пайғамбаримиз «Имконият бўлса, бу дунёда яшаб юрганинг афзал», деган экан. Бу гаплар замирида ҳам ВАҚТ деган тушунча ётади. Инсон ўзига берилган вақтдан унумли фойдаланиши улкан ҳикматдир. Вақт “Вақтинг кетди – бахтинг кетди”, “Вақтинг кетди – нақдинг кетди”, “Вақт – олий ҳакам”, “Барвақт қилинган ҳаракат, Ҳосилга берар баракат”, “Вақтли ҳаракат – охири баракат”, “Ўтган вақт йўқолган олтиндан қиммат”, “Ҳар бир ишнинг вақти бор”, “Вақт билганнинг бахти ёр”, “Вақт – ғанимат,  Ўтса – надомат”, “Вақт – қози”, “Вақтдан ютдинг – бахтдан ютдинг”.

Хуллас, вақт тушунчаси ва вақтга муносабат талқини оғзаки ва ёзма адабиётимизда ҳамиша ўзига хос ўрин тутиб келган. Бунда вақтни талқин қилишнинг турли бадиий шаклларидан фойдаланилган.


Download 86.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling