Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


II BOB. ZAMONAVIY SHE’RIYATDA VAQTNING RAMZIY IFODALANISHI


Download 86.93 Kb.
bet15/25
Sana02.01.2022
Hajmi86.93 Kb.
#187121
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Zamonaviy she’riyatda vaqtning tabiat hodisalari orqali babiiy ifodasi

II BOB. ZAMONAVIY SHE’RIYATDA VAQTNING RAMZIY IFODALANISHI
1-fasl. She’riyatda o’simliklar dunyosi orqali vaqtga ishora
Tabiatda yuz beradigan hodisalardan badiiy vaqtga ishora etuvchi bir qancha misollarni keltirish mumkin. Shunga ko’ra ushbu bobni uch qismga bo’lib o’rganishni lozim topdik:

  1. O’simliklar dunyosi orqali vaqtga ishora.

  2. Hayvonot dunyosi orqali vaqtga ishora.

  3. Osmon jismlari va tabiat hodisalari orqali vaqtga ishora.

Ushbu bobimizning mazmunini ochib berishda Iqbol Mirzoning “Ko’ngil”, Qutlibeka Rahimboyevaning “Uyg’onish fasli”, Shavkat Rahmonning “Ochiq kunlar”, Abdumajid Azimning “Oshiq dilim” nomli she’riy to’plamlaridan hamda Xurshid Davron va Sadriddin Salimov kabi shoirlarimizning she’rlaridan foydalandik.

Мазкур йўналишda o’simliklar dunyosining vaqtga ishorasini, ya’niki, shoir ma’lum bir vaqtni ifoda etishda o’simliklar dunyosiга хос предметлар тасвириdan маҳорат билан, o’rinli qo’llay olганиni hamda she’rда бу тасвир qanday ramziy ma’noларга эгалигини англашга тўғри келади.

She’riyat ahli borki, ona tabiatdan ilhom oladi. Shu bois peyzaj tasvirida betakrorlikka intilmagan ijodkorni topish amri mahol. She’riyatimizda o’zining betakror she’rlari bilan nom chiqargan Abdug’ani Sulaymon ham tabiatning ana shunday ohorli chizgilarini berishga harakat qiladi. Uning “Manzara” she’ridagi turfa rang liboslar kiyib, tovusday tovlangan gulbadan bahor tasviri fikrimizni tasdiqlay олаdi:

Chechaklar yuz ochib, chiroy ko’rsatib,

Haqning san’atiga havas uyg’otar.

Qaldirg’och “Valjavr” surasin o’qib,

Ahli ishq darsida zikr o’rgatar.

Ko’m- ko’k maysazorda lola olovi

Gulkosa to’la may, mastdir bulbullar

Tilida qahqaha, qo’lda yalovi,

Samoning ko’zyoshi yerga dovullar.

Chechaklar chiroyiga boqib, Haqning san’atidan hayratlanish tuyg’usi, qaldirg’ochning “Valjavr” surasini o’qib ishq darsida zikr o’rgatishi – tabiat tasvirining yorqin poetik talqini. Ayniqsa, “lola olovi”, “samoning ko’z yoshi” singari metaforalar she’rning badiiy jozibasini oshirgan. She’rning so’nggi misrasidagi “Shudir “kelinchak”ka berilgan ta’rif” degan poetik xulosa orqali shoir bahor fasliniнг fasllar kelinchagi ekanligiga ramziy ishora etmoqda. Garchi shoir ushbu she’rning biror bir misrasida “bahor” so’zini ishlatmagan bo’lsa-da, she’rning boshdan-oyoq mazmuni bahorga ishora qilayotganligiни англаш қийин эмас.

A.Sulaymon she’rda bahor faslining ko’rkamligini, uning betakror manzarasini ochib berish maqsadida o’simliklar dunyosi предметлариga бирма-бир murojaat qiladi: chechaklar, ko’m- ko’k maysazor, lola olovi, gulkosa kabilar шулар жумласидандир.

Albatta, she’rda so’zlarni mutanosib qo’llay olish shoir mahoratini talab qiladi. Shoir she’rda bahorga ishora qiluvchi yana bir qator so’zlarni: qaldirg’och, bulbullar, samoning ko’zyoshi (yomg’ir) mutanosib qo’llay olganki, bunda shoir mahoratiga qoyil qolmasdan iloj yo’q.

Umuman olganda, shoir ushbu she’rиda bahor so’zini qo’llamay turib, bahor faslining to’laqonli manzarasini chizib bergan.

Tabiat tasviri va ijodkor ruhiyati mutanosib ifodalangan bu kabi misralar Abdug’ani Sulaymon she’rlarida ko’plab uchraydi. Ular shoirning so’z ustida mutassil izlanishidan darak beradi.

Shuningdek, zamonaviy she’riyatimizning zabardast вакилlaridan biri bo’lmish Iqbol Mirzoni tabiatning nozik qo’li bilan yaratilgan mo’jizalarni nazm orqali yuksak did bilan she’rga tiza olgan shoir desak, hech adashmagan bo’lamiz. Iqbol Mirzo she’rlarida tabiat tasviriни кўпинча ochiq-oydin emas, balki insonning eng oliy, qimmatbaho boyligi bo’lmish vaqtni unga ishora qiluvchi timsollar orqali yashirin tarzda beradi. Bu esa shoirning yuksak mahoratidan dalolatdir.

Шoirlarning deyarli barchasi o’z ijodida tabiat tasviriga alohida o’rin beradi. Ammo tabiat tasvirini dilni titratuvchi, etni junbushga keltiruvchi go’zal qilib tasvirlash hamma shoirning ham qo’lidan kelavermaydi. Iqbol Mirzo she’rlarida tabiat tasviri orqali badiiy vaqtga ishoralarning ana shunday go’zal namunalaridan bahramand bo’lamiz.

She’riy ijod – qog’oz qoralash emas. O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov she’rda uch narsa uyg’un kelishi zarurligini ta’kidlaydi: betakror mazmun, go’zal tashbeh, sirli ruh. She’r ana shundagina, yuksak talablarga javob berishi mumkin. Iqbol Mirzoning “Munojot” nomli she’rida, A.Oripov aytganidek uch narsa uyg’unlashib, go’zal she’riy misralarni yaratgan:


Download 86.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling