Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 86.93 Kb.
bet16/25
Sana02.01.2022
Hajmi86.93 Kb.
#187121
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Zamonaviy she’riyatda vaqtning tabiat hodisalari orqali babiiy ifodasi

Ho’qandi latifda

Karnayguldan uchar bolari kuyi,

Rayxonlar tebranib, chaladi g’ijjak,

Gumbazlarga yetar tufroqning bo’yi,

Sipohiy teraklar qoqmaydi mijja,

Dil uyg’oq.

Shoir Ho’qandi latifгa bahor faslining kirib kelishini ajoyib tashbehlar orqali, bahor so’zini ishlatmay turib sirli ravishda tasvirlaydi. “Karnayguldan uchar bolari kuyi” misrasida shoir bu заминga bahor faslining kirib kelganini, gullar ochilib, unda asalarilarning asal yig’a boshlaganini, gullarning ustida g’ujg’on bo’lib “kuy”lashini go’zal ifodalarda aks ettirgan. “Gumbazlarga yetar tufroqning bo’yi” misrasida bahor faslida yomg’ir yog’ish hodisasini, atrofga dimoqqa xush yoquvchi hidlarning ufurishini, bu xushbo’y hidlar “gumbazlar”, ya’ni ko’kka qadar yetib borganini ta’kidlaydi. O’simliklar orqali bahor faslining go’zal manzarasini chizib bergan shoir yana bir she’rida shunday yozadi:



O’shanda oq osmon, qo’ng’ir yer guvoh…

Ismimni bilardi qayrag’och bargi.

Yuragim tomida yotgan qizg’aldoq-

Kapalak haqida qo’shiq aytardi.(“O’shanda”)

Shoir qachondir bo’lib o’tgan bu voqeaniнг aynan bahor faslida bo’lganini eslab yozadi. Oq osmon, qo’ng’ir yer bahor fasliга хос манзара. Kuzatishlar natijasida shuni aytish mumkinki, bu faslda osmon tiniq va musaffo bo’ladi. Yomg’irlar yog’gandan keyin yer qahraton qishdan so’ng “qayta jonlanadi”, qo’ng’ir tus ola boshlaydi. Qo’ng’ir tuproqdan o’simliklar una boshlaydi.

Shoir she’rda bahor faslini tasvirlaydi, ammo she’rning boshqa ma’nosini shu fasl orqali ifoda etadi.

Xalqimizda баҳор ҳақида shunday iboralar mavjud: “Уg’onish fasli”, “Бahor – fasllar kelinchagi”, “Бahor – yangilanish fasli” kabi. Nega aynan bahor fasli umrning go’zal onlari bo’lmish yoshlik chog’iga tenglashtiriladi? Nega bahorni fasllar kelinchagi deymiz? Bahor yangilanish fasli deyilishiga sabab nimada? Bu savollarga javob topish uchun ko’z oldimizga bahor faslining ilk kunlarini keltiraylik. Qahraton qishda muzlab, “yalang’och qolgan” daraxtlar bahor kelishi bilan yangidan kurtak ocha boshlaydi. Go’yoki hayotdan umidini uzgan insonning hayotiga qayta mazmun kirgandek. Sovuqdan muzlab yotgan yerlar bahor kelishi bilan sekin-asta “bezanadilar”. “Boshlariga yashil chambarak” (Rauf Parfi) taqib, bahorning yoqimli shabadasida sollana boshlaydilar. Yangi navqiron nihollar o’tqaziladi, go’zallikda bir-biridan qolishmaydigan gullar, yam-yashil gilamdek tovlanadigan maysalar qad ko’taradi. Daryolar yana to’lib-toshib oqa boshlaydi. O’lkada yana hayot qaynaydi. Tabiatga qayta jon kirgandek tuyuladi. Xuddi qayta tug’ilgandek. Bunday go’zal manzarani ko’rib go’yo hayotda hech qanday muammo-yu tashvishlar yo’qdek.

Шoir yoshlik chog’lariни хотирлар экан, умр баҳорининг ўша онларига хаёлан саёҳат қилади. “Yuragim tomida yotgan qizg’aldoq” misrasi orqali shoir o’zining dardli kechinmalarini tasvirlaydi. Qizg’aldoq bahorda tog’larda yoki tomlarda o’suvchi gul turiga kiradi. Shuning bilan у badiiy adabiyotda баҳор тасвирини ифодаловчи деталь сифатида кўп қўлланиши кузатилади. Қizg’aldoq бадиий ижодда кўпинча dili pora, dardga to’lgan yuragi qon bo’lgan инсон obrazини гавдалантиришга хизмат қилади. Shoir birgina мана шу gul образи orqali ham vaqtga, ham o’sha vaqtda sodir bo’lgan va bir umr uni o’rtab kelayotgan dardga ishora qilмоқда.

Demak, she’rda o’simliklar nafaqat tabiat tasviri, balki кўнгилдаги дардли хотираларни ochib beruvchi ramziy belgi sifatida ham namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, shoir ijodida “Navro‘z guli, boychechagim, bormisan” kabi yana bir qancha bahor гуллари образи орқали бу шукуҳли фаслni kuylovchi misralar borki, улар ўзига хослиги билан эътиборни тортади.

Zulfiyaxonimning sevimli shogirdlaridan biri bo’lgan, zamonaviy she’riyatimizning ko’zga ko’ringan vakili Qutlibeka Rahimboyeva ijodida ham юқоридаги каби бадиий рамзларни кўплаб учратиш мумкин. Жумладан, шoiraning bahor faslini tarannum etuvchi she’rлари ниҳоятда мўл. Айниқса, унинг “Uyg’onish fasli” deb nomlanган she’riy to’plamи bahor faslini kuylaшга бағишлангани билан эътиборни тортади. Шоира бу тўпламига, асосан, yoshlik chog’larida yozgan she’rlarini kiritgan.

Shoira “Uyg’onish fasli manzaralari” nomli she’rida bahorning uyg’onish fasli ekanligiga ishora qilibgina qolmay, faslning go’zal tabiatini chizib beradi:




Download 86.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling