Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


-fasl. She’riyatda osmon jismlari va tabiat hodisalari orqali vaqtga ishora


Download 86.93 Kb.
bet19/25
Sana02.01.2022
Hajmi86.93 Kb.
#187121
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Zamonaviy she’riyatda vaqtning tabiat hodisalari orqali babiiy ifodasi

3-fasl. She’riyatda osmon jismlari va tabiat hodisalari orqali vaqtga ishora

Qish faslini ta’riflar ekan:

ayozdan qorayib yotardi yo’llar;

Shamol teraklarning boshiga minib,

Yupqa yaproqlarin yulardi.

Anorlar ko’milgan sokin sayxonlik

Tortmasdi hech kimning e’tiborini. (Qorli tong hayoli)

deb yozadi.

Iqbol Mirzo. “Ko’ngil”

Munojot

Ho’qandi latifda

Shamollar shomondir, ariqlar –raqqos,

Ingrab, chayqaladi oshiq chinorlar…

Men seni qo’msadim

Sel quydi sharros

Qo’ziqorin tomon chumoli chopar

Bepanoh…

Ho’qandi latifda

Kamalak – qalblarga tutashgan ko’prik,

Yurakdan otilar yetti xil bo’yoq

Ufqda ko’pirar yettirang ko’pik…

Bulutdek ro’molchang qamchil, yo Alloh!

Yo Alloh!

Paxta


Dala. Mezon. Qizlar. Tarozi.

Paxsali duvollar. Ismsiz qirlar.

***

Ariqlar yuzida yuzardi hovur –



Kumush baliqlarning issiq nafasi.

Qor bosdi chinorlar shoxiga dovur,

Chinorlar – qorlarning soyasi.

Muzlar quchog’ida isidi vido,

Uzilgan tor kabi ajralishdik biz.

SENI SOG‘INIB

Men senga zor, sen ham menga zormisan?

Muz ichida asradim men ko‘nglimni,

Sen o‘zingni asrab, baxtiyormisan?

KUZDA

Sharob ichmay turib, yurardim sarxush,

Boshimdan yulduzni elardi gardish.

Kunlarim kechardi ko‘rgan kabi tush,

Endi o‘sha kunlar tushga aylandi.

Qutlibeka Rahimboyeva. “Uyg’onish fasli”

Uyg’onish fasli manzaralari

Kun kulib uyg’ondi gulyuz oylarday,

Dunyoda yorug’lik qayta tirildi.

Muz to’ng’ib uyg’ondi baland joylarda

Horigan daryoga yana kuch kirdi.

O’zbekiston. Bahor.

Quyosh – bir mehribon:

Tog’larning bo’yniga mingan muz – yukni

Ohista itarib tushirdi.

Lolalar aqlli:

Anorrang ko’ylaklar kiyib, toshlarning,

Ko’rimsiz joylarni yashirdi.

Yalpizlar kuyunchak:

Ikki qirg’oq aro siqilmasin deb,

To’planib kelishdi suvning qoshiga.

Daraxtlar bir ahil:

Shavq bilan qo’liga tizgan gullarin

Baravar ko’tardi bari boshiga.

Qizg’aldoq jur’atli:

Tomlarning ustiga yugurib chiqib,

Shamolda yiqilmay turibdi kulib.

Bulutlar fidoyi:

Marvarid, durlarin sochib tashladi,

O’tkir chaqmoq bilan ko’ksini tilib.

Yer qattiq quvondi, uning quvonchi

Yuziga yoyildi bo’lib gul, chechak.

Shunchalar yaxshi bu o’lkada endi

Eng yaxshi odamlar yashashi kerak.

Vatan xususida 10-sinf qizlariga saboq

Moviy buloqlarning umri uzundir

Kuygan sahrolarning kunlari uzun

Loyqa daryolarning unlari uzun.

Uning quvonchi-da uzundan-uzun.

…baxmal maysalarning bo’yin unuting.



NAVRO’Z

Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
2001

Abdulla Oripov

VAFO QILURMISAN, BAHORIM

Ruhimda yo‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Yoz o‘tdi, kuz o‘tdi, qish o‘tdi,
Boshlardan sinovli ish o‘tdi.
Yurakka izg‘irin - nish o‘tdi,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Yam-yashil qirlarni sog‘indim,
Chechakzor yerlarni sog‘indim,
U inja sirlarni sog‘indim,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Lolaning lablari xandadir,
Dog‘i ham tubida - andadir.
Qxshashi ruh ila tandadir,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Intiqmiz do‘st bilan, yor bilan,
She’r bilan, soz bilan - tor bilan,
Diydorlash bizningdek xor bilan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!
1991

Abdulla Oripov

Xatdan so’ng.

So’ng loyli so’qmoqdan uyga qaytaman,

Muzlarning ostidan jilmayar suvlar...

***

Mana, qish tindirdi shovqinni;



Chirildoq qushlarni ohista aldab,

Issiq o’lkalarga jo’natdi.

Ezma yaproqlarni uzdirib tashlab,

Shamolni qaydadir muzlatdi.

Baqiroq soylarning betini esa

Yiltiroq oynaklar qo’yib bekitdi.

Hatto yomg’irni ham bulutga qamab

Mahkam bog’lab qo’ydi uzoq osmonga.

… ilk bor yomg’irlarning to’riga tushding,

Uchding shamolli kun yelkanlarida,

Loy kechding, ich-ichdan titrab uvishding,

Isinding qamishzor gulxanlarida.

Sadriddin Salimov

***


“Kokilingni qimirlat, Haydar!

Bolangni suv eltmoqda, Haydar!

Seni uyqu eltmoqda, Haydar!”

Bobo tongdan bug’doy shopirar.

Quyilganda Hamal yomg’iri sharros

Dalada boshyalang yelardi opam.

Dil orzusi go’yo etardi parvoz,

Kuylab- kuylab uyga kelardi opam.

Shavkat Rahmon. “Ochiq kunlar”

***


Qorli uvalarda

qorli qo’toslar,

temir xalqalar bor burunlarida

bir joyda aylanar

buyuk cho’llarning

daraga qamalgan

quyunlariday.

Qorlar yog’di,

Og’ridi jonim,

Uxlayotgan bog’lar poyida

Kuylolmasdim va eng yomoni

Yashil edim yanvar oyida…

Orolga

Olovlanib,

Jizillab kuygan

Qumtepalar ichida Orol

Talvasada to’lg’onib yotar,

Kunlar sayin ahvoli xarob.

Rauf Parfi. “Xotirot”

***


Aylanib tushar qor yo’limga

Qo’lingni qo’ygil yor, ko’nglimga.

Vatan haqida Bernd Ientsshidga maktubim

…Tashqarida qor yog’moqda ezgin – ezgin,

Oppoq-oppoq, lo’ppi-lo’ppi. Nelarni yog’ar qor?

***


Cheksiz –cheksiz daqiqalaedan iboratdir

Mening chorak asrlik umrim.

…gap boshqa ustoz, boshqa.

Ey, umrim, haqqimdir axir, bir soatning

o’zida bir mazmun:

***


Pag’a- pag’a oppoq qor yog’ar,

Bog’lar kiymish ilohiy libos.

Yuragimni bir otash dog’lar –

Quyosh tutib kelayotir yoz.

Xurshid DAVRON

Ko`z o`ngimda bepoyon bog’lar,


YAproqlarda tilla rang g’ubor.
YAqinlashib qolgandek tog’lar,
Havo shunday tiniq, beg’ubor.

SHitirlagan kechki yomg’ir, ham


Tumanlarni quchoqlagan tong,
Qop-qoraygan dalayu qir ham,
Bari menga tanish, qadrdon.

Daraxtlarda lovillar gulxan,


YUragimda uning tafti bor.
Bog’chadagi xazonlar bilan
Uchib yurar kechagi bahor.

Meni tashlab ketmoqchi do`stni


To`xtatmoqchi bo`lganday, shu on
Men jimgina qo`lim cho`zaman
YOnayotgan gulxanlar tomon.

* * *


Eshiklar to`satdan bir quchoq nurni
Sochib yuboradi tunning ko`ksiga.
Eshikni yopaman, tinch ko`chalarni
Kezib termilaman oyning raqsiga.

* * *


Mezon kechdi.
Qanday shoshib kechdi bu mezon.
Hosil to`la aravasi loylarga botib
Sochi oqardi.

Mezon kechdi.


Qanday ma`yus kechdi bu mezon.
Oromni, uyquni unutib qaridi.
YUlduzlarga ulashib berdi
Daraxt uchlarida qolgan noklarni.

CHinni kosalarga sharobni quyib,


Keling, mezon bilan xayrlashaylik.


Download 86.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling