Buxoro davlat universiteti fizika-matimatika fakulteti texnologik ta


Download 52.72 Kb.
bet5/8
Sana19.01.2023
Hajmi52.72 Kb.
#1100375
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAHLIYO KURS ISHI

Parhez № 4.
Qaytalanuvchi enterit va kolit kasalligida beriladi. Ovqat tarkibi: Quritilgan oq non, sariyog', guruchli va manniy bo'tqa, go'shtli, baliqli va tovuq go'shtli ovqatlar, limon choy.
Parhez № 5.
Jigar va o't yo'llari kasalliklari, ularning qaytalanuvchi davrida va pankreatit kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Biroz qotgan (suvi qochgan) oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqalar, sariyog', tvorog, kefir, qaynatilgan go'sht, baliq, dimlangan kotlet, quruq pechenye.
Parhez № 6.
Podagra kasalligida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Suvi qochgan oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqa, sariyog', qaynatilgan go'sht, baliq.
Parhez № 7.
Nefrit, piyelonefrit, sistit, uretrit kasalliklarining o'tkir va surunkali, hamda sog'ayish davrida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Sut-qaymoq, tuzsiz non, qaynatilgan go'sht, baliq, sabzavot va mevalar, cheklangan miqdorda tuxum, sog'ayish davrlarida esa sutkasiga 2-3 grammgacha ovqatga tuz qo'shib beriladi.
Parhez № 8.
Semizlik (semirish) kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Sutli ovqatlar, yog'siz go'sht, sabzavot va mevalar.


Parhez № 9.
Qandli diabetkasalligida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Tuxum, sir, pishloq, ko'katlar, shirin bo'lmagan mevalar.
Parhez № 10.
Kompensatsiya holati buzilgan yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarida beriladi. Ovqat tarkibi: Sutli mahsulotlar, oq va qora non, qaynatilgan yog'siz go'shtli, baliqli sho'rvalar, sabzavotlar va mevalar.
Parhez №11.
Sil, kamqonlik va boshqa qonkasalliklarida beriladi. Ovqat tarkibi: Yuqori kaloriyali ovqatlar (tuxum, go'sht, baliq). Oqsil sutkasiga 120 grammgacha ko'paytiriladi.
Parhez № 12.
Nerv tizimi kasalliklarida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar, biroq achchiq, sho'r, nordon mahsulotlar cheklanadi, kofe berilmaydi. Parhez № 13.
O'tkir yuqumli kasalliklarda tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Ko'p miqdorda suyuqliklar (mineral suv, sharbatlar), qaynatilgan sho'rva, tvorog, tuxum sarig'i.
Parhez №14.
Siydik-tosh kasalligida buyuriladi. Ovqat tarkibi:a) siydikda fosfor cho'kmasi bo'lganda un va go'shtli mahsulotlar miqdori cheklanib, ko'proq loviya, no'xatmahsulotlari beriladi.
b) siydikda oksalat cho'kmalari bo'lganda, bemorga loviya, no'xat mahsulotlari berilmaydi chunki, bular tarkibida shavel kislotasi mavjud.Shuning uchun bemorga olma, nok kabi tarkibida shavel kislotasi kam bo'lgan mahsulotlar beriladi.
Parhez №15.
Sog'lom va kasallikdan sog'aygan bemorlar uchun tavsya etiladi. Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar.


Download 52.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling