Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 0.93 Mb.
|
latinskiy dissertatsiya222
Ritorik so‘roq. Bunda so‘zlovchi yangi ma’lumot olishni ko‘zda tutmaydi, shuning uchun so‘roqqa javob talab qilinmaydi. So‘roq orqali hukm ifodalanadi. Ritorik so‘roq gaplar ko‘tarinki, kuchli hissiyot bilan aytiladi. Bunday gaplar uch xil:
tasdiq javob ifodalaydigan ritorik so‘roq gaplar; Masalan: O‘z uyini, o‘z Vatanini kim sevmaydi? (Турсуной Содиқова) 2) inkor ma’noli javob ifodalanadigan ritorik so‘roq: Muhabbat yoritgan uyda ham shuncha — Bemavrid, bemahal o‘charmi chiroq? Yaqin yo‘llar birdan tusharmi yiroq? Nogahon ochilmay so‘larmi g‘uncha? (Saida Zunnunova) 3) mazmunidan javob anglashilmaydigan ritorik so‘roq gaplar: Axir, qaysi yil dehqon uchun yengil kelgan? Qaysi yil osonlik bilan hosil ko‘tarilgan? Tabiat hech qachon ehsonlarini osonlikcha hadya etgan emas. (Vohid Zohidov)82. Ritorik so‘roq ham poetik sintaksis unsuri sifatida fikrni ta’sirchan ifodalashga xizmat qiladi. Ellipsis – bu gapning ba’zi bog‘lovchi turkumlari bo‘lmagan shaklidir. Bu ibora to‘liq emas, unda aloqaning ba’zi elementlari yo‘q. Odatda, ellipsis bu yetishmayotgan atamalarni tiklash oson bo‘lgan shaklni ifodalaydi. So‘zlashuv nutqida biz ko‘pincha ba’zi so‘zlarni o‘tkazib yuboramiz, chunki ular vaziyatdan aniq ko‘rinadi. Elliptik shakllar odatda so‘zlashuv shakllaridir. Ular iboraga muayyan ixchamlik, alohida ifodalilik, energiya beradi. Ellipsis – so‘zlashuv nutqining o‘ziga xos xususiyati, lekin har doim ham emas. Og‘zaki nutqqa e’tibor bermasdan yozma nutqda ellipsis paydo boladi83. Demak, ellipsis faqat badiiy nutq hodisasi bo‘lmay, og‘zaki so‘zlashuvning ham muhim xususiyati hisoblanadi. Yuqorida tilga olganimiz poetik sintaksis unsurlari ingliz va o‘zbek she’riyatida faol qo‘llangan va she’riy matn emotsionalligi, bo‘yoqdorligini ta’minlagan, mazmunni kuchaytirishga xizmat qilgan. (Ularning she’rdagi vazifalari haqida keyingi boblarda alohida to‘xtalamiz). Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling