Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.93 Mb.
bet9/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

Birinchidan, she’riy sintaksis badiiy asardagi lingvistik vositalarni tartibga solish tizimi bo‘lib, fikr emotsionalligini, bo‘yoqdorligini oshirishga yordam beradi, badiiy asardagi rang-barang nutqiy qurilishlar, obrazli vositalar, jumla tuzish usullarini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchidan, poetik sintaksis bo‘yicha adabiyotshunoslikda ikki yo‘nalishda ish olib borilganligi kuzatiladi. Binobarin, poetik sintaksis nazariyasi maxsus tekshirilgan tadqiqotlar sirasiga R.Yakobson, M.Fergyuson, T.Ostin, R.Kureton, N.Fabb, I.Kovtunova, A.Lebedev, N.Patroyeva singari ingliz va rus, B.Sarimsoqov, T.Boboyev, D.Quvvatova, D.Tadjibayeva kabi o‘zbek olimlari ishlari kiradi. I.Kovtunova “poetik sintaksis” terminini fanga olib kirdi, uning nazariy asoslarini yaratdi. Jumladan, olima poetik sintaksis va nasriy asarlar sintaksisi o‘rtasidagi asosiy farqni she’riy nutqqa xos bo‘lgan tilning sintaktik vositalarining maxsus semantikasi va funksiyalarida kuzatgan, shu bilan birga, she’riy matnning sintaktik birligi hajmi minimal (ibora, sodda gap) va maksimal (grafik, ritmik-musiqiy va struktur-semantik sintaktik birlik sifatidagi she’riy bayt) tarzda namoyon bo‘lishini qayd etgan.
Uchinchidan, A.Lebedev poetik sintaksisning parallelizm, anafora, antiteza, xiazm singari figuralari haqida fikr yuritgan, bu unsurlarni P.Vyazemskiy she’rlari orqali asoslagan. N.Patroyeva she’riyatda qo‘llaniladigan takrorlarniing vazifasini, matndagi o‘rnini to‘g‘ri izohlab bergan. B.Sarimsoqov Navoiy lirikasi misolida baytda so‘z qo‘llash, poetik jumla qurish masalasini yoritgan. T.Boboyev esa o‘zbek adabiyotshunosligida poetik sintaksis muammosini yaxlit o‘rgangan va uning ichki ko‘rinishlarini tasnif etgan.
To‘rtinchidan, dunyo adabiyotshunosligi va tilshunosligida poetik sintaksisning har bir unsuri deyarli alohida tekshirilgan. Bu jihatdan olimlar K.K.Mar va S.Vin tovush takrori - alliteratsiyaning tadqiqini, A.Lebedev esa antitezaning xususiyatlarini, M.Vekkesser esa polisindetonning vazifalarini alohida o’rganishgan. Sh.Voloskiy sintaksisni skeletga qiyoslab, u to‘ldirilsa yangi, hayajonli poetik nutq hosil bo‘lishini aytgan.
Beshinchidan, adabiyot nazariyalari va muayyan davr she’riyati, muayyan shoirlar ijodi o‘rganilgan tadqiqotlarda poetik sintaksisga oid qarashlar aks etgan. Binobarin, F.M.Golovenchenko, V.M.Jirmunskiy, Ye.V.Stepanov, V.Tomashevskiy kabi rus, U.Lextsalu, G.Liyv, O.Mutt singari ingliz olimlarining tadqiqotlari ahamiyatli. Bu tadqiqotlarda stilistik vositalar, stilistik qurilmalar, takrorlash vositalari, alliteratsiya, anafora kabilarning she’riy matndagi badiiy vazifalari ochib berilgan.
Oltinchidan, o‘zbek adabiyotshunosligida amalga oshirilgan ishlarda ham poetik sintaksisning ayrim unsurlari mumtoz va zamonaviy she’riyat misolida yoritib berilgan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling