Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.93 Mb.
bet11/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

Assonans (lot. assonare – javob qaytaraman) – fonetik-stilistik usul bo‘lib, u quyidagicha ikki ma’noda qo‘llaniladi:
1.Misrada, bandda, jumlada bir xil unli tovushlarning takrorlanishi assonans deb yuritiladi.
2.Faqat unlilar hamohang bo‘lib kelgan to‘liq bo‘lmagan qofiya ham assonans deb yuritiladi63.
Ko‘rinadiki, T.Boboyev o‘zbek she’riyatida qo‘llangan poetik sintaksis figuralarining mazmuni va mohiyatiga ko‘ra izchil tasnif qilgan. Shu jihatdan zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida ko‘p qo‘llaniladigan unsurlarning xususiyatlarini yoritishga va ularning morfologik strukturasini aniqlashga harakat qilamiz.
Takrorlar ham poetik sintaksisning kuchaytiruvchi unsurlariga kiradi. Ular bir xil so‘z yoki so‘z birikmasini takrorlashdan iborat sintaktik uslubiy vositadir. Ular ingliz tilshunosligida ikkiga bo‘lib tasnif etilgan.64

Binobarin, leksik takrorda bir so‘z aynan takrorlanishi mumkin. Oddiy takrorning stilistik vazifasi ko‘p jihatdan takrorlangan so‘zning leksik ma’nosiga, shuningdek, kontekstga bog‘liq. Sintaktik takrorda esa so‘z birikmasi, gap takrorlanishi mumkin. Aslida sintaktik takror sifatida tilga olingan anafora, epifora, anadiplosis, freyming (ramkalash) va sintaktik tavtologiya singarilar ham leksik takror holida bo‘lishi mumkin. Takrorning bu xillari orasida she’riyatda ko‘p qo‘llaniladigani anaforadir. “Anafora (gr. anaphora “orqaga olib ketuvchi”) – bir xil so‘z yoki so‘zlarni ikki yoki undan ortiq ketma-ket bo‘lak, gap yoki qator boshida takrorlashdan yuzaga keladigan poetik sintaksis unsuri. Anafora nasrdagi gapga o‘ziga xos ritm bag‘ishlab, uni she’riyatga yaqinlashtiradi. U nutqqa hissiy ta’sirchanlik baxsh etadi.”65. Oksford lug‘atida anafora bir xil so‘z yoki ibora ketma-ket qatorlar, bandlar yoki jumlalarda (va odatda boshida) takrorlanadigan ritorik takrorlash figurasi, deb ta’riflangan66. Anafora (yunoncha – so‘zni takrorlash) – nutqning har bir parallel elementida boshlang‘ich so‘zning takrorlanishi67dir. Haqiqatan, anafora ritorikada so‘z, ketma-ket gaplar yoki misra satrlari boshida takrorlanadigan nutq shakli hisoblanadi. Anaforalar morfologik jihatdan ot, sifat, ravish, olmosh, fe’l turkumlaridan tuziladi. Anaforadan foydalanish – bu boshlang‘ich qismlarni (so‘zlar, iboralar, gaplar) takrorlashdir. Bu takrorlar, asosan, mustaqil so‘z turkumlaridan tarkib topadi. Anafora nihoyatda qisqa bo‘lishi mumkin68. Anafora sheriyatda eng ko‘p qo‘llaniladigan poetik sintaksis unsuri hisoblanadi. Lug‘aviy ma’nosi “oldinga, yuqoriga chiqarish69 bo‘lgan bu hodisa misra boshida aynan takrorlanuvchi so‘z, bir necha so‘z, so‘z birikmasi, gapdir. Shunga ko‘ra anaforani tarkibiga ko‘ra leksik, sintaktik anafora ko‘rinishida namoyon bo‘lganligi kuzatiladi. Mazmun jihatdan bu unsur she’rda ifodalangan poetik fikrni kuchaytirishga, lirik qahramon qalbida kechadigan turli mahzun va masrur holatlarni ta’sirchan ifodalashga xizmat qiladi.
Takror shakllaridan she’riyatda ko‘p qo‘llanadigan poetik sintaksisning kuchaytiruvchi figuralaridan biri epiforadir. Epifora lotincha so‘z bo‘lib, epi – keyin, foros – ma’no demakdir. She’riyatda ko‘p qo‘llanadigan bu hodisa unli yoki undosh tovushlarning, misralar, gaplar, abzatslar oxirida bir xil konstruksiyalarning takrorlanishidan hosil bo‘ladi. Epifora (gr. “epi” – “oxir” + strepho – “manzil”) so‘zlarning nisbatan tugallangan nutq bo‘laklari oxirida ketma-ket bo‘laklar yoki jumlalarda takrorlanishidir70. Bu sintaktik qolip anaforaga qarama-qarshi qurilmadir. Binobarin, anaforadan ham ko‘proq epifora bir xil jumlalarni yopish tufayli nasrga ritm beradi. Epifora turli stilistik funksiyalar uchun ishlatilishi mumkin, u nutqning bir qismiga urg‘u berishi mumkin71. Adabiyotshunoslikda epistrofiya yoki epifora tarzida qo‘llaniluvchi bu hodisa bir xil so‘z yoki iboraning bir nechta band yoki jumla oxirida takrorlanishini nazarda tutadi. “Epistrof” yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “burilish” degan ma’noni bildiradi72. Epistrof – anaforaning o‘xshashi. Epistrof muayyan bir ritm yaratishda, fikr qaratilgan so‘zni ta’kidlashga xizmat qiladi. Anafora og‘zaki va yozma nutqda, epifora esa, asosan, yozma nutqda qo‘llaniladi. Takrorlarning bu ko‘rinishlari hissiyotli nutqni ifodalaydi73.
Pasaytiruvchi figuralardan she’riyatda eng ko‘p qo‘llaniladigani ellipsis va sukutdir. “Elliptik shakllar odatda so‘zlashuv shakllaridir. Ular iboraga muayyan ixchamlik, alohida ifodalilik, energiya beradi. Ellipsis – so‘zlashuv nutqining o‘ziga xos xususiyati, lekin har doim ham emas. Og‘zaki nutqqa e’tibor bermasdan yozma nutqda ellipsis paydo bo‘ladi”74. Darhaqiqat, ellipsis orqali poetik nutqda ham fikr ixchamligiga erishish mumkin. U sintaktik jihatidan gapning ega va kesimdan iborat shaklidir. Ellipsis – so‘zlashuv nutqining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi75. Haqiqatan, ellipsis sintaktik jihatdan ega va ot-kesimdan, ega va fe’l-kesimdan iborat bo‘lishi she’riyatda an’anaviy hisoblanadi. Bu unsurning yana bir xususiyati – u orqali falsafiy mazmunni yorqin va ixcham ifodalashga erishish mumkinligidadir.
Ingliz tilshunosligida alliteratsiyaning ichki tasnif qilinganligi kuzatiladi.
1. Turg‘un alliteratsiya. Bunda kumulyativ effekt berish uchun boshlang‘ich harf bir necha marta takrorlanadi va odatda, poetik fikrni ta’kidlash uchun ishlatiladi.
2. Kesishgan alliteratsiya. Bunda ikki yoki undan ortiq boshlang‘ich harflar o‘ziga xos muvozanatni berish uchun qolipga, ehtimol, almashinib to‘qiladi. Ikkinchisi she’riyatga xosdir. Masalan:
Into this Universe, and Why not knowing,
Nor Whence, like Water, willy-nilly flowing,
And out of it, as Wind along the Waste,
I know not Wither, willy-nilly blowing76.
Mana , kesishgan alliteratsiyaga misollar:
No longer mourn for me when I am dead
Than you shall hear the surly sullen bell
Give warning to the world that I am fled
From this vile world, with vilest worms to dwell:
Nay, if you read this line, remember not
The hand that writ it; for I love you so
That I in your sweet thoughts would be forgot
If thinking on me then should make you woe.77
Bu satrlarda kuchli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri urg‘u bo‘lgan joyda, xuddi “surly sullen bell” da bo‘lgani kabi, turg‘un alliteratsiya borligi, lekin fikrning hissiylashuvi bilan alliteratsiya qolipi murakkablashib borganligi ko‘rinadi.
Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyati namunalarini o‘rganish asosida ularda ko‘proq takrorlar (anafora, epifora, alliteratsiya), ellipsis, sukut, inversiya, ritorik so‘roq, ritorik murojaat kabilarning keng qo‘llanganligi aniqlandi.
Zamonaviy she’riyatda ko‘p qo‘llaniladigan poetik sintaksis unsurlaridan faoli alliteratsiyadir. Alliteratsiya – odatda boshlang‘ich undosh tovushlarni ikki yoki undan ortiq qo‘shni so‘zlar yoki bo‘g‘inlarda aynan takrorlashdan hosil bo‘ladi. Uning vazifasi nutqqa hissiy rang qo‘shishdan iborat. Alliteratsiya maxsus ekspressiv vosita sifatida uzoq vaqtdan beri ingliz she’riyatining odatiy vositasi bo‘lib kelgan. Alliteratsiya sheэriyatda ham, nasrda ham keng qo‘llanilishda davom etmoqda78. Boshqa bir adabiy lug‘atda alliteratsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘langan so‘zlar guruhidagi urg‘uli boshlang‘ich tovushlarning takrorlanishi sifatida ta’riflangan79. Alliteratsiya - nutq tovushining yaqin so‘zlar ketma-ketligida takrorlanishi. Bu atama odatda faqat undosh tovushlarga nisbatan qo‘llaniladi va faqat takrorlanuvchi tovush so‘z yoki so‘z ichidagi urg‘uli bo‘g‘ini boshlanishi bilan belgilanadi. Qadimgi ingliz alliterativ metrida alliteratsiya she’r chizig‘ining asosiy qurilmasi hisoblanadi: misra qofiyasiz; har bir chiziq hal qiluvchi pauza yoki sezura bilan ikkita kuchli kuchlanishning ikkita yarim chizig‘iga bo‘linadi; va birinchi yarim qatordagi ikkita urg‘uli bo‘g‘indan kamida bittasi va odatda ikkalasi ikkinchi yarim qatorning birinchi urg‘uli bo‘g‘ini bilan alliteratsiya qilinadi80. Ko‘rinadiki, alliteratsiya she’rda ekspressiv vosita vazifasini bajaradi, shu bilan birga, misralar boshidagi aynan takrorlanuvchi tovushni anglatib keladi. Takrorlashning bosh tamoyiliga ko‘ra, qofiyadan ko‘ra alliteratsiya bo‘lgan bunday she’rlar alliterativ misra deb nomlanadi. Bu esa har qanday unli bilan alliteratsiyalanishiga imkon beradi81.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling