Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Birinchi bob yuzasidan xulosalar


Download 0.93 Mb.
bet13/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

Birinchi bob yuzasidan xulosalar
Birinchidan, poetik sintaksis she’r tuzilishiga xos xususiyat bo‘lib, rang-barang nutqiy qurilishlar, obrazli vositalar, jumla tuzish usullarini o‘z ichiga oladi. Rus adabiyotshunosligida poetik sintaksis nazariyasi I.Kovtunova, A.Lebedev, N.Patroyeva singari olimlarning ishlarida o‘rganilgan. Xususan, I.Kovtunova “poetik sintaksis” terminini fanga olib kirdi, uning nazariy asoslarini yaratdi. She’riy nutqqa xos bo‘lgan tilning sintaktik vositalarining maxsus semantikasi va funksiyalarini tekshirdi. Olim izlanishlarida she’riy matnning sintaktik birligi hajmi minimal (ibora, sodda gap) va maksimal (grafik, ritmik-musiqiy va struktur-semantik sintaktik birlik sifatidagi she’riy bayt) tarzda namoyon bo‘lishini qayd etgan.
Ikkinchidan, A.Lebedev tadqiqotlarida parallelizm, anafora, antiteza, xiazm singari figuralar, N.Patroyeva ishlarida esa takrorlarniing vazifasi yoritilgan. O‘zbek adabiyotshunosi B.Sarimsoqov Navoiy lirikasi misolida baytda so‘z qo‘llash, poetik jumla qurish masalasini o‘rgangan bo‘lsa, T.Boboyev poetik sintaksisning ichki ko‘rinishlarini tasnif etgan.
Uchinchidan, olimlar K.K.Mar va S.Vinning alliteratsiya tadqiqiga bag‘ishlangan ishlari muhimlik kasb etadi. Adabiyot nazariyalari va muayyan davr she’riyati, muayyan shoirlar ijodi o‘rganilgan tadqiqotlarda poetik sintaksisga oid qarashlar aks etgan. Binobarin, F.M.Golovenchenko, V.M.Jirmunskiy, Ye.V.Stepanov, V.Tomashevskiy kabi rus, U. Lextsalu, G. Liyv, O. Mutt singari ingliz olimlarining tadqiqotlarida stilistik vositalar, stilistik qurilmalar, takrorlash vositalari, alliteratsiya, anafora kabilarning she’riy matndagi badiiy vazifalari ochib berilgan.


II BOB. ZAMONAVIY INGLIZ VA O‘ZBEK SHE’RIYATIDA KUCHAYTIRUVCHI FIGURALARNING QO‘LLANILISHI
2.1. Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida anafora va epiforaning o‘ziga xosligi
Ingliz tilidagi zamonaviy she’riyat ikki asosiy xususiyat bilan ajralib turadigan yozuv uslubidir. Birinchisi, erkin she’rlardan keng foydalanish. Ikkinchisi, romantizm davri g‘oyasi bo‘lmish “men”dan uzoqlashib, ideal o‘quvchi yoki auditoriyaga murojaat qiladi. Ingliz tilidagi modernistik she’riyat, odatda, 20-asrning dastlabki yillarida imajist shoirlarning ijodi bilan bog‘lanadi. Boshqa ko‘plab modernistlar singari, bu shoirlar an’anaviy rasmiyatchilik va haddan tashqari jozibador she’riy diksiya (fikrni bayon etish uslubi)ga urg‘u berib, Viktoriya davri she’riyatining ta’sirchanligiga munosabat bildirishgan. Zamonaviy ingliz she’riyatining asosiy xususiyatlari: ochiq she’riy shakl, erkin she’r, uzluksiz hikoya qilish, qiyoslash, intertekstuallik va klassik illyuziya, boshqa madaniyat va tillardan o‘zlashtirish, noan’anaviy metaforalardan foydalanish, metanarrativ, fragmentlash kabilarda ko‘rinadi. Uning tematik xarakteristikalari – ijtimoiy normalarning parchalanishi va madaniyatlar ta'siri, ma’no va g‘oyaning normal kontekstdan ajratilishi, umidsizlik, tarixni rad etish va afsonaviy o‘tmish o‘rnini o‘zgartirish, xronologik tahlillarsiz, romantik tendensiya, din, insonparvarlik, ong oqimi, XX asrning ulkan texnologik o‘zgarishlari, ekzistensializm, imajizm va syurrealizmlardan iborat. Zamonaviy ingliz she’riyatida quyidagi she’riyat turlarini ajratish mumkin: sonet, ballada, lirik she’r, rondeau, pantoum, elegiya, epigramma, lai, idil, epik she’r, g‘azal, triolet, xaiku, oq she’r, erkin she’r, senryu, akrostik, tanka, limerik. Zamonaviy o‘zbek she’riyatining poetik sintaksisi ham o‘ziga xos. Xususan, anafora kuchaytiruvchi figura sifatida poetik mazmunni yorqin ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, E.Vohidov, A.Oripov va I.Otamurod ijodi misolida anaforaning badiiy vazifalarini ochib berigan.
Ma’lumki, poetik sintaksis unsurlari kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi figuralardan iborat. Zamonaviy o‘zbek shoirlari ijodida uning deyarli barcha ko‘rinishlari qo‘llanilganligini kuzatish mumkin. Xususan, anafora, ellipsis, sukut, inversiya, epifora singarilar poetik fikrni ta’sirchan ifodalashda muhim o‘rin tutadi.
Yangi o‘zbek she’riyati sahifalari nazardan o‘tkazilsa, anaforaning gap shaklida uchrashi ham ko‘zga tashlanadi. Shu jihatdan uni tuzilishiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilish mumkin: 1. Leksik anaforalar. 2. Sintaktik anaforalar.
Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyati namunalarida poetik sintaksisning bir qator unsurlari uchraydi. Shulardan biri anaforadir. Uning quyidagi ko‘rinishlari kuzatiladi:

  1. Leksik anaforalar. Buni Brayan Patten va Erkin Vohidov ijodi misolida asoslashga harakat qilamiz.

1-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

No, said Love,
It was I who brought them,

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling