Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


part” so‘zlarida [p] va ikkinchi banddagi “


Download 0.93 Mb.
bet32/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

part” so‘zlarida [p] va ikkinchi banddagi “children’s cheeks” so‘zlarida esa [tʃ] tovushlari takrorlangan va o‘ziga xos ohangdorlik kasb etgan. Buni turg‘un alliteratsiya deyish mumkin.
23-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

Not a red rose or a satin heart.
I give you an onion.
It is a moon wrapped in brown paper.
It promises light like the careful undressing of love.
Here.
It will blind you with tears
like a lover.
It will make your reflection
a wobbling photo of grief.
I am trying to be truthful.
Not a cute card or a kissogram.
I give you an onion.146

Ruhbaxsh dastur misol ustoz sabog‘i
Barham berdi gina-quduratlarga
“Toshkentnoma” bo‘lib adib mayog‘i
Chorladi ijodga, yo‘lga, safarga ...147

Men uchun har maktub bir butun olam,


Har xat ola kelar qalbimga bahor.
Onajonim yozar: “Sog‘misan, bolam?”
“Boshingiz omonmi?! – deya so‘rar yor…
Har kun xat olaman yaqin-olisdan
Ammadan, xoladan, tog‘a-jiyandan.
Ishchi kasbimdan,
Sinfdosh qizdan,
Nechun xat kelmaydi, do‘stginam sendan?148

Shoir Habib Sa’dullaning alliteratsiya qatnashgan she’rlarida qo‘shimchalar takroridan hosil bo‘lganligini ham kuzatish mumkin. Demak, alliteratsiyaning 2-turi b) qo‘shimchalarning aynan takroridan iborat ko‘rinishi qo‘llangan. Yuqoridagi misollarda dastlab ijodga, yo‘lga, safarga so‘zlaridagi jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga hamda ammadan, xoladan, tog‘a-jiyandan kabi qarindoshlik ma’nosini ifodalovchi shaxs otlariga qo‘shilgan -dan chiqish kelishigi qo‘shimchalari alliteratsiyani hosil qilgan. Kerol Enn Daffining “Valentin” nomli she’ri muhabbat mavzusida yozilgan. Shoirning lirik qahramoni – ishqdan ozorlangan shaxs. Shu bois unda kamon sevgi ramzini ifodalab keladi. “Valentin” kunida sevishganlar bir-birlariga sovg‘alar beradilar. Bu sovg‘aning nima bo‘lishi sevgining oldida u qadar ahamiyatli emas. Chunki haqiqiy muhabbat his-kechinmalarda, qadr-qimmatda namoyon bo‘ladi. Ya’ni oshiq sevmasa-yu, qimmatbaho sovg‘a bersa, unday sevgining keragi yo‘q. She’r misralaridan shunday fikrlarni anglash mumkin. Bunda oshiq ma'shuqaga piyoz beradi. Bundan tashqari shoir avliyo Valentin kunida sevishganlarning bir-biriga sovg‘a berishlarini yoqlamaydi. Lirik qahramon sevishganlarning bir-biriga “qizil atirgul” va yurak shaklidagi sovg‘alar berishlarini u qadar oqlamaydi. Shuning uchun u har kunlik oshxonasidagi asosiy sabzavot – piyozni berishni ma’qul ko‘radi. Bu ramziy ma’noda muhabbatning barqaror, abadiy tuyg‘u ekanligini ta’kidlaydi. She’rdagi “cute card or a kissogram” satrda alliteratsiya qo‘llangan. Ingliz tilida “c” va “k” harflari [k] tovushini ifodalab keladi va tovush takrorini hosil qiladi. Bu bilan shoir tabriknoma, o‘pich berish kabi an’anaviy sovg‘alarni qoralaydi. Muhabbatga nisbatan his-tuyg‘ularni yangicha ifodalash uchun piyozni tanlaydi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling