Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganish bo‘yicha olingan
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
2.2. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganish bo‘yicha olingan
natijalar tahlili Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotni tashkil etish o‘quvchilarda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish borasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, maqsadga muvofiq mos xulosalar chiqarish, zarur tavsiya va takliflar berish imkonini beradi. Pedagogik amaliyotda muammo holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish holatini eksperimental o‘rganish o‘zida mujassamlashtirgan tadqiqotni o‘tkazishdan iborat bo‘ldi. Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotni tashkil etish jarayoninida S.I.Fomichev metodikasidan foydalandik. 4 Qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda quyidagi metodlardan foydalanildi: - Belgilangan vazifalarga muvofiq ravishda tadqiqot mavzusiga doir ilmiy va metodik adabiyotlar yuzasidan ma’lumotlarni o‘rganish; -Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish holatini o‘rganish. Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini eksperimental yo‘nalishda tadqiq etish rejalashtirildi. Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot 3-sinf o‘quvchilarining mehnat malakalari va mazkur ish faoliyatlarida muloqotga kirishish malakasini tekshirdik. Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarni bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini o‘rganish quyidagi vazifalarni hal etishni ko‘zda tutdi: - Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash; 4 Фомичев С.И. Формирование трудовых умений и навыков у школьников с недоразвитием интеллекта на основе конструктивной деятельности: Пед. фан. номз. … дисс. – Т.: 2003. 63 - Maxsus maktabda mehnat darslarining potensial imkoniyatlarini belgilash; - Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda konstruktorlash bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash; - Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish jarayonida predmet-amaliy faoliyat xususiyatlarini aniqlash; Tatqiqot jarayonida mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish jarayonini kuzatish, individual-psixologik pedagogik eksperiment, metodlaridan foydalandik. Ta’kidlovchi eksperiment sakkizta topshiriq majmuasidan iborat bo‘lib, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda mehnat darslaridagi faoliyat uchun zaruriy lug‘at boyligini aniqlash, material namunalarini shakli bo‘yicha farqlash, o‘lchov asboblaridan foydalanish, grafik namunaga ko‘ra konstruktorlash bilim, ko‘nikma, malakalarni aniqlashga qaratilgan. Ta’kidlovchi eksperiment jarayonida o‘quvchilarning mehnat materiallari, mehnat qurollari, detallar, mehnat faoliyati ketma-ketligi bo‘yicha barcha nutqiy murojaatlari bayonnomaga qayd qilindi. Topshiriqlar majmuasi xarakteri va maqsadiga ko‘ra farqlandi: 1-Topshiriq: Mehnat faoliyati predmetlari haqidagi bilimlarni aniqlashga qaratilgan. 2-Topshiriq: Mehnat faoliyati uchun zaruriy lug‘at boyligining holatini aniqlashga qaratilgan. 3-Topshiriq: Mehnat quroli haqidagi tasavvurlarni aniqlashga qaratilgan. 4-Topshiriq: Shakl va hajmni idrok etish va nomlash xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. 5-Topshiriq: Nutqiy ko‘rsatma bo‘yicha topshiriqni bajarish malakasini aniqlashga qaratilgan. 6-Topshiriq: Mehnat faoliyatini mustaqil rejalashtirish malakasini aniqlashga qaratilgan. 64 7-Topshiriq: “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallarini namuna asosida yig‘ish malakasini aniqlashga qaratilgan. 8-Topshiriq: “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallarini namuna asosida qo‘shimcha shart bilan yig‘ish malakasini aniqlashga qaratilgan. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling