1-Topshiriq:
Maqsad: Mehnat faoliyati predmetlari haqidagi bilimlarni aniqlash
Jihoz: Karton
Tadqiqot jarayoni: O‘quvchiga karton qog‘ozi beriladi, va uni tavsiflab
berish so‘raladi.
Ko‘rsatma: “Kartonni diqqat bilan qarab chiq. Uni burchaklarini sanab
chiq.” Topshiriqni bajarish jarayonida qiyinchilik yuzaga kelganda pedagog karton
qog‘ozi burchaklarni qo‘li bilan ko‘rsatadi va bolaga shu harakat takrorlashni taklif
etadi.
2-Topshiriq:
Maqsad: Mehnat faoliyati uchun zaruriy lug‘at boyligini holatini aniqlash
Jihoz: Karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari yozilgan
kartochkalar
Tadqiqot jarayoni: O‘quvchiga karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich,
o‘chirg‘ich so‘zlari yozilgan kartochkalar beriladi va shu so‘zlar ishtirokida gap
tuzish so‘raladi.
Ko‘rsatma: “Karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari
ishtirokida gap tuz” karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari
yozilgan kartochkalar beriladi va shu so‘zlar ishtirokida gap tuzish. Topshiriqni
bajarish jarayonida qiyinchilik yuzaga kelganda pedagog bolaga karton, qaychi,
qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlaridan biri ishtirokida gap tuzib beradi va
shu harakatni takrorlash taklif etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |