Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/70
Sana29.12.2021
Hajmi1.46 Mb.
#183503
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi

                                             Uslubiy ko'rsatmalar. 
Kanatli yo'ldan yurish mashqi zal bo'ylab ketma-ket yurib bajariladi. Bolalar 
to'xtamasdan  ikki-uch  aylana  mustaqil  yuradilar.  Yurishdan  so'ng  stullarga 
o'tiradilar.  Bolalar  qarshisiga  orasini  35-40  sm  qoldirib  besh-oltita  kubik 
qo'yadilar.  Bolalar  kubiklar  ustidan  ikki-uch  marta,  navbat  bilan  hatlab 
o'tadilar.Koptokni otish va ilish mashqini har bir bola tik turib, uch marta ketma-


114
 
 
ket bajaradi.  Bola  va  tarbiyachi  o'rtasida  masofa  40  sm.ni  tashkil  etadi.  Mashqni 
ikkita katta odam bir vaqtda olib boradi. Bayroqqa tomon odatdagi yugurish kabi, 
hatlab  o'tish  bilan  yugurish  mashqi  ham  zal  bo'ylab  o'tirgan  bolalar  qarshisida 
bajariladi.  Yugurish  chizig'i  va  bayroqli  stullar  orasidagi  masofa  5  metr.  Mashq 
16-mashg'ulotdagidek 
o'tqaziladi. 
Mashqda 
hatlab 
o'tish 
uchun 
bitta 
skameykadan  foydalaniladi.  Mashqni  ovoz  signali  asosida  ikki  bola  bir  vaqtda 
bajaradi.  Oyoq  uchida  sakrab  siljish  mashqi  ovoz  signali  asosida  juft  bo'lib 
bajariladi.  Sakrashda  bolalar  ikki  oyoqlari  bilan  itargan  holda,  qo'llarini  belga 
qo'yadilar.  Avval,  mashqni  namoyish  qilish  kerak.  Ba'zi  bolalar  mashqni 
bajarishga  qiynalib,  chap  yoki  o'ng  oyoqni  o'zi  bilan  itariladilar.  Bu  holatga 
e'tiborni  qaratish  kerak  emas.  Hozircha  esa  ular  to'g'ri  mashqni  ko'rib  borish 
orqali  malakalarini  oshirib  borishlari  kifoya  bo'ladi.  Sakrash  masofasi  3  metrga 
yaqin  bo'ladi.  Joyda  aylanib  cho'kkalash  mashqini  bolalar  avval  tarbiyachi  bilan 
birga, keyin esa mustaqil bajaradilar. Aylanish tugaganini anglatuvchi signal aniq 
va  baland  ovozda  bo'lishi  kerakligini  esda  tutish  kerak.  Bolalar  bir-birlariga 
halaqit  bermasliklari  uchun  erkinroq  joylashtirish  kerak.Zalning  qarshi  devori 
tomon  yurish  va  yugurish  mashqini  signal  asosida  bajaradilar  (bolalar  barabanni 
ko'rmaydilar).  Tarbiyachi  joyida  turib,  bolalar  xatolarini  to'g'rilaydi.  Yurish  va 
yugurish mashqlarini almashtirish hollari bolalar uchun kutilmaganda o'tqazilishi 
kerak.  O'zgartirish  har  doim  bir  xil  bo'lmasligi  lozim,  ya'ni  yurish-yugurish-
yurish-yugurish  tarzida  emas,  balki  yurish-yurish-yugurish-yugurish  tarzida 
o'tkazilish kerak. 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling