Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/70
Sana29.12.2021
Hajmi1.46 Mb.
#183503
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi

19-Mashg'ulot  
Mashg'ulot  maqsadi:  bolalarda  harakatni  bajarishga  o'rgatish,  bolalarda 
harakat ko'nikmalarini shakllantirish, bolalarda lug'at boyligini kengaytirish. 
Jihozlar: kanat, zinali piramida, ikkita bayroq, gilam poyondoz. 
Lug'at: koptokni yumalating, aylaning, bayroq. 
Mashg'ulot mazmuni: 
1.  Doira bo'ylab, yotqizilgan kanat bo'ylab ketma-ket yurish 
2.  Stulda o'tirib, oyoq kaftlari bilan kanatni yumalatish 
3.  Gilamchada  o'tirib,  koptokni  bir-biriga  yumalatish  (juftlikda  10-12 
marta) 
4.  Qo'llar belda, burilishlar bilan oyoq uchida sakrash (20-30 sek) 
5.  Zinali  piramida  reykalari  orasidan  sirg'alish  bilan  gilamli  poyondozda 
emaklash (2 marta) 
6.  Joyda aylanib cho'kkalab turish (3-4 marta) 
7.  Bayroq tarafga yugurish (2 marta) 


112
 
 
8.  To'xtashlar bilan ketma-ket yurish (baraban sadosi to'xtagach) 
9.  Doira bo'ylab ketma-ket sekin yugurish. 
                                          Uslubiy ko'rsatmalar 
Mashg'ulot  boshida  bolalar  mustaqil  ketma-ket  yuradilar.  Eshituv-ko'ruv 
signali  asosida  to'xtaydilar.  So'ngra  tarbiyachi  baraban  bilan  parda  orqasiga 
berkinib  oladi,  bolalar  esa  eshituvga  asoslanib,  harakatni  davom  ettiradilar. 
Mashg'ulotning  keyingi  bosqichida  bolalar  oyoq  ostiga  kanat  yotqizadilar. 
So'ngra  tarbiyachi  bolalar  qarshisiga  o'tirib,  navbat  bilan  har  bir  oyog'i  bilan 
kanatni  to'ptay  boshlaydi.  Qisqa  tanaffusdan  so'ng  tarbiyachi  kanatni  oyoq  kafti 
bilan  dumalatishni  boshlaydi.  Bolalar  tarbiyachi  harakatiga  taqlid  qiladilar. 
Keyingi  mashg'ulotda  bolalar  stullar  yonida  to'shalgan  gilam  poyondoz  ustiga 
qarama-qarshi bo'lib o'tirib, bir-birlariga o'rtacha koptokni yumalatadilar. Bolalar 
o'rtasidagi  masofa  1  metr.  Oyoq  uchida  burilib  sakrash  mashqini  hamma  guruh 
bir  vaqtda  bajaradi.  Tarbiyachi  mashqni  bolalar  qarshisida  bajaradi.  Piramida 
reykalari  orasidan  o'tish  mashqini  bolalar  oldinma  ketin  bajaradilar.  Har  biri 
avval  gilamchadan  emaklaydi,  so'ngra  piramida  reykalari  orasidan  o'tib,  oxirida 
joylariga  borib  o'tiradilar.  Joyda  turib  aylanib,  cho'kkalash  mashqini  guruh  bir 
vaqtda bajaradi. Tarbiyachi bolalar qarshisiga turib, qo'li belda holatida, mashqni 
namoyish  qiladi,  barabanni  past,  sekin  ovozi  ostida  sekin  aylana  boshlaydi, 
baland  sado  chalingach  qo'llarni  pastga  tushirib,  cho'kkalaydi,  so'ngra  mashqni 
yana  bir  marta  takrorlagach  bolalarni  turg'izadi.  Cho'kkalash  uchun  chalingan 
baraban  ovozi  davom  etmasligi  lozim.  Uch-to'rt  marta  cho'kkalagach  guruh 
mashqni to'xtatib, stullarga o'tiradi. 
Zal  bo'ylab  bayroqqa  yugurish  mashqi  ikkitadan  bo'lib  bajariladi. 
Bayroqchalar qo'yilgan stullar o'zaro 1 metr uzoqlikda va yugurish chizig'idan 4-
5  m.  uzoqlikda  qo'yiladi.  Ovoz  signali  asosida  bolalar  stulchalar  tomonga 
yuguradilar, bayroqni  olib  bir necha marta silkitib, joyiga qo'yadilar  va joylariga 
yugurib  borib,  o'tiradilar.  Yugurish  chizig'i  oldiga  esa  ikkinchi  juftlikni  taklif 
qilinadi.  To'xtashlar  bilan  yurish  mashqi  mustaqil  bajariladi.  Bolalar  ketma-ket 
doira  bo'ylab  yuradilar.  Pedagog  yurish,  to'xtash  signallarini  berib  turadi, 


113
 
 
tarbiyachi  esa  bolalar  mashqini  nazorat  qiladi,  xatolarini  tuzatib,  ularga 
ko'maklashadi.Mashqni  yaxshi  bajarayotgan  bolalarni  maqtashni  unutmaslik 
lozim.  Bolalar  signalni  yaxshiroq  eshitishlari  uchun  signalning  oxirgi  ovozini 
baland  urish  kerak.  Ketma-ket  sekin  yugurish  mashqini  tarbiyachi  ketidan 
bajaradilar. Tinch yurishdan keyin bolalarni saflab, zaldan olib chiqib ketiladi. 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling